Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti qalandar sapayev


Download 96.84 Kb.
bet11/11
Sana21.08.2020
Hajmi96.84 Kb.
#127203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sapayev q hozirgi ozbek tili

SO‘Z TURKUMLARI



So„zlar o„z mavhum grammatik ma’nolari, morfologik belgilari va grammatik kategoriyalariga, so„z yasash, shakl yasash va so„z o„zgartish xususiyati hamda gapda bajargan vazifalariga qarab bir-biridan farq qiladi.

So'zlarning mavhum grammatik ma'nosi, morfologik va sintaktik belgilariga qarab guruhlarga bo'linishi so‘z turkumi deyiladi.

Har bir turkum o„ziga xos mavhum grammatik ma’noni anglatadi va shu turkumga xos grammatik ma’no ifodalovchi vositalarga ega bo„ladi. Jumladan, ot turkumi «predmetlik» ma’nosini (ko‘cha, bino, shahar, sadoqat, do‘stlik, kishi kabi); fe’l turkumi «harakat»ni (o‘qi, yoz, ishla, ko‘kar, tinchi, boshla kabi); sifat turkumi esa «belgi» ma’nosini (yaxshi, katta, go‘zal, baland, shirin, qadimgi, bilimli kabi) anglatadi. Ot, sifat, fe’l va boshqa so„z turkumlari anglatgan bu mavhum ma’nolar grammatik ma’noga kiradi. Bunday mavhum grammatik ma’no so„zlarni turkumlarga ajratishda asosiy belgi hisoblanadi. U, ayniqsa, leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi bir-biriga mos bo„lgan so„zlarda katta o„rin tutadi, so„zlarni turkumlashda grammatik belgilar ham albatta, hisobga olinadi. So„z turkumlarini xarakterlovchi grammatik belgilar xilma-xildir:

1. So„zning morfologik belgilari, asosan, uning maxsus shakl- so„z yasash va so„z o„zgartish shakllariga ega yoki ega emasligida ko„rinadi. Masalan, ot kelishik va egalik qo„shimchasini olib turlansa, fe’l shaxs-son va zamon qo„shimchasini olib tuslanadi.

2. So„zning gapda qanday gap bo„lagi vazifasida kelishi va boshqa so„zlar bilan sintaktik munosabatga kirisha olishi so„z turkumlarining sintaktik belgisiga kiradi. Masalan, predmetlikni bildirgan ot gapda ega va to„ldiruvchi vazifasida keladi. Bu otning muhim grammatik belgisidir. Boshqa so„z turkumlari ega va to„ldiruvchi vazifasida kelish uchun otlashadi (Yomonni tanqid qil, yaxshiga taqlid qil). Otlar gapda fe’l, sifat, son kabi qator so„z turkumlari bilan sintaktik aloqaga kirisha oladi.

Hozirgi o„zbek tilida so„zlar mavhum grammatik ma’nolari, morfologik va sintaktik belgilariga qarab besh guruhga bo„linadi:

  1. mustaqil so'zlar;

  2. yordamchi so'zlar;

  3. modal so'zlar;

  4. undov so'zlar;

  5. taqlidiy so'zlar.

Mustaqil so'zlar leksik va grammatik ma’noga ega bo„lib, gapning biror bo„lagi vazifasida keladigan, shunga muvofiq shakl yasash xususiyatiga ega bo„lgan so„zlardir.

Mustaqil so„zlar voqea-hodisalar haqidagi tushunchalarni (narsa, belgi, harakat, miqdor kabi) ifodalaydi. Shunga ko„ra ularga xos asosiy belgi - leksik ma’no ifodalashidir (bu jihatdan olmosh boshqa mustaqil so„z turkumlaridan ajralib turadi).

Mustaqil so„zlar uchun ikkinchi umumiy belgi gap bo„lagi vazifasida kelishi hisoblanadi.

Uchinchi, juz’iy, lekin muhim belgi - so„z yasash va shakl yasash xususiyatiga ega bo„lishidir. Keyingi hodisalar barcha mustaqil so„z turkumlariga birdek xos emas. Masalan, ot, sifat va fe’lda har ikki hodisa-so„z yasash, shakl yasash mavjud; ravishda, asosan, so„z yasash va qisman shakl yasash (daraja yasalishi) bor va boshqalar. Son va olmoshda so„z yasash hodisasi mavjud emas.

Ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ravish mustaqil turkumlarga kiradi. Ot narsani bildiradi; son, kelishik, egalik, kategoriyalariga ega; gapda ega, to„ldiruvchi, aniqlovchi hamda hol vazifalarida keladi. Sifat narsaning belgisini bildiradi: asliy va nisbiy bo„ladi; qiyosiy va orttirma darajalari bilan xarakterlanadi; gapda aniqlovchi va kesim, otlashganda esa ega, to„ldiruvchi vazifasini bajaradi. Son narsaning miqdorini, sirasini bildiradi, gapda asosan, aniqlovchi, ayrim hollarda kesim, otlashganda ega vazifalarida

keladi. Olmoshlar ot, sifat, son kabi so„z turkumlari o„rnida qo„llanadi, lekin narsa. belgi, miqdor kabilarni ifodalamaydi, balki ularni ko„rsatishga xizmat qiladi. Qaysi so„z turkumi o„rnida qo„llansa, o„sha so„z turkumi bajargan sintaktik vazifalarda keladi. Fe’l narsaning harakati va holatini anglatadi; mayl, zamon, shaxs- son, nisbat (daraja) kategoriyalariga ega; gapda kesim, uning funksional shakllari esa aniqlovchi, hol va to„ldiruvchi vazifasini bajaradi. Ravish esa asosan harakatning belgisini anglatadi, gapda, asosan, hol vazifasida qo„llanadi.

Yordamchi so'zlarning mustaqil so„zlardan farqi shundaki, ular leksik ma’no anglatmaydi, morfologik jihatdan o„zgarmaydi, gap bo„lagi vazifasida kelmaydi, yasalish xususiyati ham yo„q.

Leksik ma’noga ega bo„lmay, faqat xilma-xil munosabatlarni ko„rsatish, so„z va gaplarni o„zaro bog„lash yoki ularga nozik qo„shimcha ma’no qo„shishga xizmat qiladigan so„zlar yordamchi so'zlar deyiladi. Yordamchi so„zlarga ko'makchi, bog'lovchi, yuklama kiradi.

Modal so'zlar so„zlovchining gapda ifodalangan fikrga yoki fikrning borliqqa munosabatini ko„rsatadigan so„zlardir. Ular tasdiq, ishonch, gumon kabi xilma-xil modal ma’nolarni ifodalaydi, gapda kirish so„z va butun bir gap sifatida qo„llanadi.

Undovlar alohida guruhni tashkil qiladi. Ular turli-tuman his- tuyg„ularni, xitob, chaqiriq, undash kabilarni anglatadi.

Taqlidiy so'zlar borliqdagi jonli va jonsiz narsalarning ixtiyoriy hamda ixtiyorsiz ravishda chiqargan tovushlarini taqlidan ifodalaydi.

So„zlarni ma’lum turkumlarga ajratilishi qotib qolgan, o„zgarmaydigan hodisa emas. O„zbek tili grammatik qurilishining rivojlanishi, yangi grammatik xususiyatlarning asta-sekin to„plana borishi natijasida bir turkumdagi ayrim so„z boshqa turkumga o„tishi mumkin. So„zlarning bunday o„zaro o„tish hodisasi so„zning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlarning o„zgarishi bilan bog„langan.

Masalan, o„zbekcha kunda so„zi asli kun (ruscha den) so„zining o„rin kelishik shakliga teng bo„lib, shu shaklida leksik va grammatik jihatdan o„zgarib, ravishga (har kun) ko„chgan. Bu ravishni endi o„rin kelishigidagi ot deb qarab bo„lmaydi (kunda- shunda).

Bir turkum so„zining boshqa turkumga o„tishi hodisasini bir turkum so„zining nutqda boshqa turkum so„zi o„rnida ishlatilishi hodisasidan farqlash kerak. Keyingi holatda yangi so„z hosil bo„lmaydi.

O„zbek tilida bir turkum so„zining boshqa turkum so„zi o„rnida qo„llanishi quyidagicha:

  1. sifatlarning otlashishi: Yaxshiga yondash, yomondan qoch;

  2. otlarning sifat o„rnida qo„llanishi: Keng, tekis asfaltyo‘ldan mashinalar g‘izillab odmoqda;

v) sonlarning otlashishi; Bolalarimizning kattasi o‘n oltiga qadam qoydi;

g) ravishlarning otlashishi: Ko‘pdan ko‘p aql chiqar;

d) sifatdoshlarning otlashishi: Bahor qo‘shig‘ini

kuylaganlarning Gulshani xazonsiz, iqboli mangu. (Uygun).

e) sifatning ravish o„rnida, ravishning sifat o„rnida qo„llanishi: Usta aka so‘zlarni chertib-chertib, salmoq bilan samimiy va chiroyli gapirdi. (Oybek). Oz so‘z - soz so‘z (Maqol).

Bir turkum so„zi boshqa turkum so„zi o„rnida qo„llanganda u butunlay keyingi so„z turkumiga o„tib ketmaydi, aksincha, avvalgi so„z turkumi doirasida qoladi. Jumladan, tosh yo‘l, atlas ko‘ylak, yaxshining sharofati; Ko‘kka boqma, ko‘pga boq kabi misollarda tosh, atlas otlari sifat o„rnida, yaxshi sifati va ko‘p ravishi ot o„rnida kelgan. Biroq ular so„z sifatida otligicha, sifatligicha, ravishligicha qoladi.

Tayanch tushunchalar

Grammatika (yun. grammatike - harf o'qish va yozish). 1. Tilshunoslikning so'z shakllari (shakl yasalishi), so'z birikmasining turlari, gap turlari (tilning grammatik qurilishi) haqidagi bo'limi.

2. So'z shakllari, ularning so'z birikmasi va gapdan o'zaro bog'lanishi haqidagi qoidalar majmui.

Morfologiya - (yun. morphe - shakl+logos-ta’limot). 1. So'z shakllari haqidagi grammatik ta’limot. 2. Tilning morfologik qurilishi.

Morfonologiya - (yun. morplu - shakl + phone-tovush+ logos- ta’limot). Tilshunoslikning morfologiya bilan fonetikaning aloqalarini o'rganuvchi bo'lim.

Morfologik kategoriya - bir-biriga qiyosan olinadigan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no va shu ma’nolarni ifodalovchi shakllar tizimi.

Morfologik tahlil - so'zlarning umumkategorial ma’nolariga ko'ra (so'z turkumlari nuqtai nazaridan) turlarini, so'zning morfologik tuzilishini, bu tuzilishdagi qismlarning xususiyatlarini (turlari, ma’no va vazifalarini) belgilash.

Morfologik qayta bo'linish - so'zning morfologik tarkibidagi dastlabki bo'linish chegarasining o'zgarishi.

Morfologik me’yor - so'z shakllaridan hozirgi adabiy til qonun- qoidaliriga mos holda foydalanishni belgilovchi me’yor.

Grammatikalashish. 1. So'zning mustaqil lug'aviy ma’nosini yo'qotib, yordamchi vazifada qo'llanishga o'tishi, yordamchi so'zga aylanish. 2. So'z birikmasining analitik shaklga aylanishi.

Grammatik kategoriya - asosida yotuvchi umumiy ma’nosiga ko'ra birlashuvchi shakllar tizimi.

Grammatik ma’no - so'zning u yoki bu turkumga mansubligini ko'rsatuvchi, shuningdek, so'zning ma’lum bir grammatik shakli ifodalaydigan ma’no.

Nomlovchi ma’no - voqelik bilan bevosita bog'lanadigan, narsa belgi, harakatning atamasi bo'lib xizmat qiladigan ma’no.

Grammatik shakl - grammatik ma’noni ifodalaydigan til vositalari: a) sintetik shakl - affikslar yordamida hosil bo'luvchi shakl; b) analitik shakl - yordamchi so'zlar vositasida hosil bo'luvchi shakl; b) sintetik usul - affikslar yordamida hosil bo'lish (yasalish) usuli; v) analitik usul- yordamchi so'zlar orqali hosil qilish usuli.

Kategorial grammatik ma’no - ma’lum so'z turkumlari uchun xos umumiy bo'lgan grammatik ma’no.

Xususiy grammatik ma’no - alohida so'z turkumiga xos bo'lib, maxsus vositalar orqali ifodalanadi.

Kategorial shakl - ma’lum bir grammatik kategoriyaga xos ma’noni ifodalovchi so'z shakli.

Nokategorial shakl - (funktsional shakl) - so'zning ma’lum bir grammatik ma’no (grammatik kategoriyaga xos bo'lmagan ma’no) ifodalovchi shakl.

So'zning morfologik tuzilishi- so'zning grammatik ma’nolari jihatidan farqlanadigan har bir shakli.

So'zning morfem tuzilishi - so'zning morfemalardan iborat (morfemalardan tashkil topgan) tuzilishi.

So'zning formal qismi - so'zning grammatik ma’no ifodalovchi qismi.

So'z shakli - so'zning nutqda qatnashadigan muayyan ko'rinishi.

Shakl yasalishi - so'zning u yoki bu grammatik ma’no ifodalovchi shaklining hosil qilinishi, shunday shaklning hosil bo'lishi.

Shakl yasalishining analitik usuli - yordamchi so'zlar vositasida shakl yasalish usuli.

Shakl yasalishining sintetik usuli -affikslar yordamida shakl yasalishi.

Shakl yasovchi affiks - so'zning shaklini yasovchi affikslar.

So'z turkumlari - so'zlarning umumiy leksik-grammatik xususiyatlariga ko'ra bo'linishi.

Mustaqil so'zlar - lug'aviy ma’noga ega, nominativ vazifa bajaradigan, ya’ni narsa, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil bo'lagi vazifasida kela oladigan so'zlar.

Yordamchi so'zlar - mustaqil holda gap bo'lagi vazifasida kela olmaydigan, turlicha ma’no va vazifalarda qo'llanadigan so'zlar.

Savol va topshiriqlar

  1. Grammatikaning tekshirish ob’ekti nima? U necha qismdan iborat?

  2. Morfologiya qanday grammatik ta’limot? Uning sintaksis, leksikologiya va fonetika bilan bog'liq tomonlari nimalardan iborat?

  3. So'zning grammatik ma’nosi deganda nimani tushunasiz? Grammatik va leksik ma’nolarni farqlang.

  4. Kategorial grammatik ma’no va xususiy ma’no haqida ma’lumot bering.

  5. So'zning grammatik shakli deb nimaga aytiladi?

  6. Grammatik shaklning qanday turlari bor?

  7. Grammatik kategoriya va uning turlari haqida ma’lumot bering.

  8. So'zlarning morfologik strukturasi (tarkibi) qanday qismlardan iborat?

  9. So'z turkumi nima?

  10. Hozirgi o'zbek tilida so'zlar qanday guruhlarga bo'linadi?


Download 96.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling