Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti r. Rasulov, Q. Mo


Download 168.24 Kb.
bet30/37
Sana08.03.2023
Hajmi168.24 Kb.
#1249856
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Bog'liq
Nutq madaniyati va notiqlik san\'ati R Rasulov, Q Mo\'ydinov

НI К О YA Т
Bundog1 ayturlarki, Anushirovon Odilning zamonida bir xotin Abuzurjmehming oldiga kelib, undin bir savol so'rdi. Abuzurjmehr ul savolni bilmamish erdi va xotinga qarab dedi: «Ey xotin, ul so‘zni sen so‘rorsan, uni bilmasman». U xotin dedi: «Sen bugina so‘zniki bilmassan, podshohning ne’matin nechun yersan?» Abuzurjmehr dedi: «Bilg‘on so‘z uchun yerman, ammo bilmag‘on so‘z uchun yemasman. Har so‘zniki bilmasman podshoh menga ul so‘z uchun hech narsa bermas va hama bersa bilg‘on so‘zim uchun berur».
Ammo, ey farzand, hech kishining oldida ifrot1 qilmag'il va ifrotni shumliq deb bilg‘il. Har ishda miyona (o‘rtacha) bo‘lg‘il, so‘z aytmoqda va ish qilmoqda sanginLXXX LXXXI bo‘lg‘il. RozingniLXXXII o‘zingdin o‘zga kishiga aytmag‘il, agar aytsang so'ngra uni roz demag‘iL
Xaloyiqning orasida bir kishining qulog‘iga so‘z aytish yaxshi emasdur. Agar bu so‘z garchand yaxshi so‘z bo‘lsa ham, tashqarisindan uni yomon so‘z deb gumon qiladilar va ko‘p odamlar bir-birlaridan dargumon bo‘ladilar. Gar so‘z demoqchi bo‘lsang, shunday so‘z degilki, so'zingning rostlig‘iga guvohlik bersinlar. Agar o‘zingni zo‘rlik bila aybdor qilmoq tilamasang, biror narsaga guvoh bo‘lmag‘il va agar guvoh bo‘lsang, guvohlik berar vaqtda ehtirozLXXXIII bo‘lg‘il. Agar guvohlik bersang, mayl bila bermag‘il.
Har so‘zni andisha bila boshlag‘il, toki aytg‘on so‘zingdin pushaymon bo‘lmag‘aysan.
Andishani ilgari tutmoq ham bir nav karomatdur. Hech so'zni eshitishdan diltang bo‘lmag‘il. Ul so‘z ishingga xoh yarasun, xoh yaramasun, uni eshitg'il, to yuzingga so‘z eshigi beklanmasun va foydasi favtLXXXIV bo‘lmasin.
Sovuq so'zlik bo‘lmag‘il. Sovuq so‘z bir tuxumdur, undin dushmanlik hosil bo‘lur.
Adabiyotlar

  1. Kaykovus. Qobusnoma. T. 1094.

  2. Kaykovus. Qobusnoma. T. 1986.

  3. Kaykovus. Qobusnoma. T. 1973.


Download 168.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling