Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti r. Rasulov, Q. Mo


Uchinchi qism. Qissaxonlar va afsona aytuvchilar haqida


Download 168.24 Kb.
bet35/37
Sana08.03.2023
Hajmi168.24 Kb.
#1249856
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Nutq madaniyati va notiqlik san\'ati R Rasulov, Q Mo\'ydinov

Uchinchi qism. Qissaxonlar va afsona aytuvchilar haqida
Shuni bilki, qissa o‘qish va qissa eshitishning foydasi katta. Birinchidan, kishi o‘tgan ajdodlarning ishi va ahvolidan xabardor bo‘ladi. Ikkinchidan, odam g‘aroyib va ajoyib voqea, sarguzashtlami eshitsa, fikri va ko‘zi ochiladi. Uchinchidan, o‘tganlaming zahmatu uqubatlaridan xabardor bo‘lsa, hech kim bu dunyoda tashvish-g‘amdan ozod emasligini anglab, ko‘ngli taskin topadi, tasalli bo‘ladi. To'rtinchidan, o‘tgan podsholar davlati va mulkining zavolini eshitsa, dunyo moliga mehri susayadi, boylik kishiga vafo qilmasligini bilib oladi. Beshinchidan, qissa eshitgan behad ko‘p ibrat oladi, tajriba orttiradi. Bas, ma’lum bo‘ladikim, o‘tmish ajdodlarning qissalarida foyda ko‘p, agar bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘lsa, aytuvchi va o‘quvchi bilan birga eshituvchi ham undan naf topadi va agar g‘ayri voqe’ (to'qima) bo‘Isa, aytuvchi uchun guioh hisoblansa-da, ammo eshituvchi uchun foydali va savobdir.
Agar ma’rakada kursi (sandali) qo‘yishning ma’nosi nima, deb so‘rasalar, javob berib aytgil: buning ma’nosi shuki, kimningkim iste’dodi hunari bo‘lsa, u qolgan odamlardan balandroq o‘tirishga loyiq, Chunki boshqalar uning diydoridan bahramand bo‘lishlari kerak. Agar sandalini kim uchun qo‘yadilar, deb so‘rasalar, san’atkor, hunarmand kishilar uchun deb ayt. Zero podsholar ham pahlavonlikda, so‘z hunarida nom qozonganlami siylab, ulami kursiga o‘tqazadilar. Bas, so‘z maydonining pahlavoni bo Igan kishilami kursiga o‘tqazib, qadrlasa arziydi. Agar kursining nechta rukni bor, deb so‘rasalar, to‘rtta deb aytgil: ikkita ostki va ikkita ustki ruknlar. Ikkita ustki rukn nimaga ishora, deb so‘rasalar, aytgil: biri - bilim va ikkinchisi - aqlu farosat, zehnu zakovatga ishora. ya’ni sandalida o‘tirgan odam bilimi va zakovati bilan har bir ma’rakada qanday so‘zga talab borligini anglasin va shunga qarab so‘z aytsin. Sandal ning ostki ikki rukni nimaga
Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida uning 1913- yilda yozgan va 1917 yilda ikkinchi bor nashr qilingan «Turkiy guliston yoxud axloq asari» XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o'rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir. Bu asar mazmun tomonidan muallifning boshqa ijtimoiy va pedagogik asarlari bilan uzviy bog‘liqdir.
XX asr boshlarida bunday asami o‘zbek tilid? birinchi bo‘lib Abdulla Avloniy yaratdi va ta’lim - tarbiya ishlarida uni tadbiq etdi. Abdulla Avloniy arab, fors, rus va ozarbayjon tillarini yaxshi bilgan olim edi. Uning qardosh xalqlar va chet tillarini bilishi pedagogik va poetik ijodining taraqqiyoti uchun katta zamin hozirladi.
«Turkiy guliston yoxud axloq» kitobi katta - kichik 64 bobdan iborat bo‘lib, har bir bob ta’lim - tarbiya masalasiga bag‘ishlanadi hamda biri ikkinchisini to‘ldiradi, takomillashtiradi. Yozuvchi bu asarini yaratishda xalq pedagogikasidan keng foydalanadi.
Abdulla Avloniy «Tarbiya» sarlavhasi ostida tarbiya turlari haqida fikr yuritadi: 1. «Tarbiyaning zamoni», 2. «Badan tarbiyasi», 3. «Fikr tarbiyasi», 4. «Ahloq tarbiyasi». Bolani tarbiyalashda bu to‘rt masala g‘oyat muhim ahamiyat kasb qilishini ta’kidlaydi.
Bola tarbiyasida muallif bola yashab turgan sharoit, muhit, kishilaming roli katta ekanligini kc rsataai va bu soha oila, makiab sharoitini ham nazar-e’tibordan chetda qoldirmaydi. Tarbiya bolaning ahloqiga, xulq-atvoriga kuchli ta’sir etishni e’tirof qiladi va ota- onalami o‘z bolalarini tarbiya qilishga chaqiradi. Ta’lim bilan tarbiya bir-biri bilan bog‘liq bir butun jarayon ekanligini ta’kidlaydi.
Abdulla Avloniy til masalasiga katta e’tibor beradi, tilni xalq bilan bog‘lab talqin qiladi: «Наг bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidur». U o‘z asarida har bir kishining o‘z ona tilini mukammai bilishi, har bir so‘zni o‘z o‘mida ishlatishi, milliy-adabiy tilning taraqqiy uchun jonkuyarlik qilishi zarurligini qayd qiladi. «Hifzi lison» deb har bir millat o‘z ona tili va adabiyotini saqlamakni aytilur».
«Turkiy guliston yoxud axloq»ning birinchi sahifasidan to so‘nggi sahifasigacha Avloniyning insonparvarlik g‘oyatari ifodalangan. U hamma narsadan awal xalq manfaatini ko'zlashni, xalqqa xizmat qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi.
Abdulla Avloniy insonning eng yotnon xulqlaridan g‘iybat va adovatning bir-biriga yaqinligini va g‘iybatning oqibati adovat bilan tugashini ko‘rsatib o‘tadi. U deydi: «G‘iybat sohibi lazzat o‘miga o‘z
boshiga yoki bir boshqa kishining boshiga bir balo hozirlaydur. Chunki so‘z borub g‘iybat qilinmish kishining qulog‘iga yetar, g‘azab qoni harakatga kirar, g‘iybatchidan o‘ch olmak fursatini poylar. Shu tariqa g‘iybatdan tug‘ilgan adovat cho‘zilmoqg‘a oid bo‘lib, dushmanlik zo‘rayib, o‘z oralaridagi xususiy janjallar ila aziz umrlarini o‘zdirub, umumiy xalq foydasi uchun ishlanadurgan milliy ishlardan mahrum bo‘lmaklari ila barobar aholining orasidan ittifoqning yo‘qoluviga sabab bo‘lurlar»?
Axloq
So‘ylasang so‘yla yaxshi so‘zlardan, Yo‘qsa jim turmoqing erur yaxshi. O‘ylasang yaxshi fikrlar, o‘yla, Yo‘qsa gung bo‘lmoqing erur yaxshi. Ishlasang ishla yaxshi ishlami, Yo‘qsa bekorlig'ing erur yaxshi.2

Download 168.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling