Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (mahsus sirtqi) bo‘lim
Download 235.12 Kb.
|
Islomova Dildora
XULOSA
Xulosa oʻrnida, biz ham notiqlik boʻyicha oʻz qarashlarimizni keltirib oʻtishni joiz, deb bildik. Avvalambor, nutq soʻzlovchi tayyorlayotgan nutq materialiga diqqatli boʻlishi kerak. Kirish, asosiy qism va xulosani toʻgʻri joylashtira olishi lozim Tinglovchilarni zeriktirib qoʻymaslik uchun turli xil hikoya yoki latifalardan unumli foydalanib, jest(qoʻl harakati)larni ishga solsa foydadan holi boʻlmaydi nazarimizda. Aniqlik va loʻndalik esa notiqning asosiy va kundalik quroli boʻlmogʻi kerak. eydi. Nutqning tinglovchi uchun tushunarli bo’lishiga katta ahamiyat beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Rahimboy Jumaniyozov o‘ta mahoratli notiq, mashhur so‘z ustasi. Bu darajaga yetish uchun qancha mehnat va zahmat chekkaniga biz guvohmiz. Nazarimizda, bularning hammasi uchun nutq texnikasini puxta egallash talab etiladi. Qo‘llanma muallifi ayni shu jarayonni juda puxta o‘zlashtirgan, bu borada izlanishlar olib borgan, yangicha yo‘nalishga asos solgan. Mazkur qo‘llanmadagi materiallar yuqorida bildirilgan gapimizni tasdiqlaydi. Binobarin, nutq texnikasi va vositalari bo‘yicha berilgan amaliy mashg‘ulotlar kitobning ilmiy va amaliy qimmatini yanada oshirgan. Masalan, pedagog nutqining to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, tozaligi, ta’sirchanligi, soddaligi, qisqaligi va sh.k.lar o‘ta ishonarli bo‘lib, hammaga birdek tushunarli tarzda yozilgan. Muallif pedagogik mahorat borasidagi nazariy fikrlarni yaxshi o‘rganib chiqqach, imkon qadar notiqlik san’atiga e’tibor qaratadi, o‘z uslubini bayon etadi. Kitobda boshqa asarlardan ko‘chirmalar kamroq bo‘lishi mumkin, lekin, eng muhimi, muallif o‘z so‘zini ayta olgan, pedagogik mahoratning inson nutqi, notiqlik san’ati bilan chambarchas bog‘liqligini o‘z tajribalari asosida bayon etgan. Buni «Ko‘zlashdan so‘zlashga», «Quyidagi suratlarni mantiqan bog‘lab matn tuzing, nomlang va so‘zlab bering» kabi bo‘limlarda berilgan materiallardan ham bilib olish mumkin. Muallif bayon etilgan materiallar asosida muhim xulosalar chiqargan va kitobxonga tavsiya etgan. Kitobda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ham asar muallifining qanchalar ko‘p adabiyotlardan xabardorligini ko‘rsatadi. Bu ro‘yxat pedagogik mahorat va notiqlik san’ati bo‘yicha muhim manbalardan biri sanaladi. Qisqacha aytganda, R.Jumaniyozovning «Pedagogik mahorat va kommunikativ kompetentlik» nomli o‘quv qo‘llanmasi bugungi kun talablariga to‘liq javob beradigan, peagogik ta’limga qo‘shilgan munosib hissa hisoblanadi. Download 235.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling