Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti texnologik ta


Download 200 Kb.
bet15/19
Sana17.06.2023
Hajmi200 Kb.
#1538163
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
XAYDAROVA SEVARA BMI

Birinchi bob bo‘yicha xulosa
Maxsus extiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilinishi o’quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko’proq o’quvchilarniqamraydigan yangi o’qitish uslublarini i shlab chiqishga undaydi. Buning nafi esa hamma bolaga tegadi.
Jamiyatda nogironlarga nisbatan yanglish fikr va munosabat mavjud. Ular haqida ma’lumotlarning kamligi va ularga yoshligidan maxsus muassasalarda yopiq tarzda ta’lim \ tarbiya berilishi bunga sabab bo’lishi mumkin. Bunday munosabatni yo’qotish yoki kamaytirish ancha mushkul ishdir. Lekin tajribadan shu narsa ma’lumki, kattalarga nisbatan bolalar farqli va o’xshashlik jihatlarni tezroq anglar ekanlar. Agarda maxsus ehtiyojli bolalar normal rivojlanishdagi bolalar bilan birgalikda ta’lim \ tarbiya olsalar, bu barcha bolalarni nogironlarga nisbatan o’zlari singari bola ekanliklarini anglab, kamsitmasliklarini ta’minlagan bo’lar edi.


II BOB. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni
inklyuziv ta’limga jalb qilish asoslarining asosiy tamoyillari
2.1. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bajarish orqali ijodiy tafakkurini rivojlantirishning metodik talablari
Tarixiy taraqqiyot davomida maxsus ehtiyojli bolalarga bo’lgan e’tibor turli davrlarda turlicha kechgan. Ishlab chiqarish kuchlari hali rivojlanmagan, madaniy va ma’naviy qadriyatlar shakllanmagan, inson hayoti tabiat kuchlariga bog’liq bo’lgan dastlabki davrlarda bunday shaxslar jamiyat e’tiboridan chetda qolib kelgan, hatto ularga nisbtan salbiy munosabat hukum surgan. Jamiyatning iqtisodiyglraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi tlim, madaniyat, fan va sog’liqni saqlash ijtimoiy ong holati Gjlan bog’liq holda turli davrlarda atrofdagilarning kamolotida jismoniy yoki ruhiy kamchiligi mavjud shaxslar bilan o’zaro munosabatlari turlicha ko’rinishga ega bo’lgan. Bunda har bir xalqning milliy qadriyatlari, dunyoqarashi, an’analari, urf-odatlari ham muhim rol o’ynagan. Masalan qadimgi Sparta (Gresiya)da jismoniy nuqson bilan tug’ilgan bola jamiyat uchun yaroqsiz hisoblanib, hayotining birinchi kunlaridanoq o’limga mahkum etilgan.
O’rta asr Ovro’pasida esa feodalizm inqirozga uchragan kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari endigina shakllanib kelayotgan, hayotda ijtimoiy-iqtisodiy omillar yetakchilik qilgan bir davrda jismoniy yoki ruhiy kamchiligi bor shaxslar ijtimoiy hayotdan butunlay ajratib qo’yilgan, ularga bir buyum sifatida munosabatda bo’lish hollari tez-tez uchrab turgan.
Oddiy xalqning mislsiz ekspluatasiyasi evaziga katta moddiy boylik orttirgan, ammo ma’naviy qashshoq zodagon aristokratlar tabaqasi bunday shaxslarga bir ermak sifatida qaraganlar, hatto bolalarni go’dakligidanoq azoblab, jismonan nogiron qilib, yudagonlar ko’ngilxushligi uchun ularga sotish hollari ham uchragan.
Qadimgi Rimda ham xuddi shunday holat yuz bergan: nuqsonli va zaif tug’ilga go’daklarni o’ldirganlar. Uyg’onish davri (XU-XVP asrlar)da inson tabiati, uning ruhiy holati va faoliyatiga nisbatan diniy-sxolastik va ijtimoiy cheklangan xudbin qarashlarga qarama-qarshi farqli o’laroq inson tafakkuriga ishonch, uning jismoniy-ruhiy nuqsonlari, kamchiliklar, salbiy hatti-harakatlari, gunoh hamda qilmishlariga hayrihohlik bilan qarash kabi gumanistik g’oyalar o’rtasida kechgan kurashlar bilan tavsiflanadi. Zero, bu davrda Ovro’pada falsafiy fikr, ilm, fan va moddiy hayotda ancha jonlanish yuz bergan edi. Shuning uchun ham G’arbiy Yevropaga arablar orqali kirib kelgan ilg’or Sharq madaniyati va ilm-fanining ham katta ta’siri bo’lganligi shubhasizdir. Sharq va G’arb o’rtasidagi aloqalarning yaxshilanishi G’arbga tibbiyotning kirib kelishiga zamin yaratdi. Shu davrdan e’tiboran G’arb tibbiyotida gumanistik gendensiyalar yuzaga keldi. Vrachlar monastr va qamoqxonalarga borib u yerlardagi ruhiy kasallar ustida kuzatishlar olib bordilar. Masalan, XVI asrda yashagan tibbiyot professori Faliks Platter (1537-1614) Fransiyaning Bazel shahrida ruxiy kasalliklarning tasnifini amalga oshirdi. Olimning tasnifi asosida inson organizmidagi turli aqliy, ruhiy va jismoniy buzilishlarning tavsifi yotar edi. XIX asrning o’rtalariga qadar G’arbda qator psixiatr, pedagog va amaliyotchilar faoliyatida bola rivojidagi kamchiliklarni aniqlash, kamchiliklarniig sabablarini topish, ularga ta’lim-tarbiya berish borasidagi muammolar qal etila boshladi. Natijada imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus alohida ta’lim muassasalari ochila boshladi.
"Juda uzoq vaqt davomida-, deb yozadi N.N.Malofeyev- maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muasasalariga nisbatan maxsus segregasion ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya berish samarali deb hisoblanib kelindi. XIX asrniig 60-yillariga qadar jahon miqiyosida differensial ta’lim muassasalarining tarmog’i intensiv tavishda o’sib ko’plab davlatlarda hatgo 12-15 turdagi maxsus muassasalar ochildi. Masalan, Qozog’iston, Rossiya va Belgiyada 8 turdagi, Niderlandiyada esa 15 turdagi maxsus muassasalar mavjud. 1970-1980 yillarga kelib jahon miqiyosida insomparvarlik va kamsitishlarga yo’l qo’ymaslik g’oyasining ilgari surilishi maxsus ehtiyojli bolalarga e’tiborning yanada yaxshilanishiga olib keldi". Ammo shunday bo’lsada ko’gshab imkoniyati cheklaiga bolalar va o’smirlar ta’limdan chetda qolib keldi.
BMT tomonidan 1948 yilda qabul qilingan "Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasi"da "Ta’lim olish har bir insoning asosiy va ajralmas huquqi" ekanligi alohida e’tirof etilgan.
"Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasi" barcha insonlarning huquq va erkinliklarini kafolatlar ekan, bu Deklarasiyaning barcha bandlari maxsus ehtiyojli insonlarga ham tegishlidir.
Nogiron shaxslarning huquqlarini yanada muyetahkamlash va kafolatlash maqsadida BMT 1975 yilda "Nogiron shaxslar huquqlari to’g’risida"ga Deklarasiyani qabil qildi. Mazkur Deklarasiyada ta’kidlanishicha: "Nogironlar shaxsiyatini hurmat qilish huquqi ularda tug’ilishi bilan mavjud bo’ladi. Nogironlikning kelib chiqishi, tabiati va jiddiylik darajasidan qat’iy nazar, fuqaro o’z yoshidagi tengdoshlari bilan bir xil huquqlarga egadirlarkim, shu bilan birga ular mumkin qadar to’laqonli yaxshi hayot kechirish huquqiga ham ega" ("Nogiron shaxslar huquqlari to’g’risida"gi Deklarasiya 3-modda).
"Nogiron shaxslar huquqlari to’g’risida"gi Deklarasiyaning mazmunidan shu narsani tushinish mumkinki, nogiron fuqarolar uchun jamiyat hayotida to’liq ishtirok etish kafolatlanadi. Ammo mazkur Dsklarasiyada nogiron bolalar, ularning ta’lim olish imkoniyatlari pa barcha davlatlar tomonidan imkoniyati cheklangan bolalarning ququqlarini ta’minlash yo’llari batafsil yoritilmagan.
Bolalar hukuqlarini yanada mustahkamroq muxofaza qilish maqsadida BMT 1989 yilda "Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya"ni qabul qildi. "Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya" bolalarning huqularini hamma joyda amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan inson huquklari borasidagi halqaro shartnoma hisoblanadi. U qariyb butun jahon mamlakatlari tomonidan radifikasiya qilingan. Konvensiyani radifikasiya qilgan 191 mamlakat ko’ngilli tarzda zimmalariga "Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya" qoidalarini ma’muriy qonunchilik, sud va boshqa chora-tadbirlar yordamida hayotga tadbiq etish majburiyatini oldilar.
"Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya" kompleks va unversal xarakterda bo’lib, bu barcha bolalar uchun inson huquqlarining fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy singari jabhalarni ta’min etadigan yagona Konvensiyadir.
"Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya" barcha bolalarning huqularini himoya qiladi. Mazkur Konvensiyaning 2-moddasida "Bolalar ularning ota-onalari, boquvchilarining irqlari, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa e’tiqodi, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy ahvoli, sog’lig’i, qanday holatda tug’ilganliklari va boshqa holatlaridan qat’iy nazar kamsitishlarga mahkum etilmasiligi kerak"-deb qat’iy belgilangan. Demak, bu Konvensiyadagi barcha huquqlar maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun ham tegishli bo’lib, ularga barcha bolalar qatori teng munosabatda bo’lish kafolatlanadi. Shunday ekan, "Bolalar hukuqlari to’g’risidagi Konvenisiya" maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim olish huquqini ham kafolatlaydi. Aynan 28-modda "Ta’lim insonning siyosiy huquqi", deb nomlangan bo’lib, unda ishtirokchi davlatlar barcha bolalarning ilm olish hukuqini e’tirof etadilar, hamda ana shu huquqni teng imkoniyatlar asosida amalga oshirishga asta sekin erishish maqsadida, bepul va majburiy boshlang’ich ta’limni joriy etadilar,-deyilgan. Ushbu modda maxsus ehtiyojli bolalarning ham ta’lim olishlarini, ular uchun ham ta’limning majburiy ekanligini ko’rsatib turibdi.
"Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvenisiya" maxsus ehtiyojli bolalarning ham barcha hukularini kafolatlb, "barcha huquqlar barcha bolalarga" tamoyilini e’tirof etadi.



Download 200 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling