Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/64
Sana12.12.2021
Hajmi0.71 Mb.
#180091
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64
Bog'liq
kasbga yonaltirish ishiga rahbarlik qilish va uni rejalashtirish metodikasi

 

19 

Bu  ta‘rif  nisbatan  umumiy  va  sodda,  nazariya  olamiga kirish  uchun  foydali, 

Lekin  har  qanday  faoliyat  nazariyasini  ta‘riflashda  duch  kelinadigan  ilmiy 

talabchanlik  nuqtai  nazaridan  etarli  emas.  Bir  muncha  chukurrok  tarif  quyidagicha: 

kasb  tanlashga  yo‗llash  nazariyasi-bu  ikki  jarayon  ya‘ni  yoshlarni  shaxsiy 

qiziqishlari,  moyilliklari,  qobiliyatlariga  mos  xolda  kasbiy  o‗zini-o‗zi  anglashi  va 

jamiyatda kadrlarga talab sezilgan kasblarga ularni yo‗naltirishning jiddiy bog‗liqligi 

va qonuniyatlari haqida to‗da tasavvur beruvchidir. 

O‗quvchilarni  kasb  tanlashga  yo‗llash  nazariyasining  asosiy  tarkibiy 

qismlariga  dalillar,  qonuniyatlar,  prinsiplar  kiradi.  O‗quvchilarni  kasb  tanlashga 

yo‗llashda, ilmiy uslublar yordamida olingan va tekshirib ko‗rilgan dalillar juda ham 

oz  mikdorida.  SHuning  uchun  asosiy  vazifalardan  biri  yangi  dalillarni  yig‗ish  va 

ularni  to‗g‗ri  sharxlash  hamda  tushuntirib  berishdir.  Bu  shunday  holatlardagina 

mumkinki, qachonki yangi dalillarni izlash bir yoki bir necha gipotezalar yordamida 

olib  borilishi  zarur.  Bu  esa  o‗z  navbatida  nazariyaning  bir  qismini  tashkil  etadi. 

Masalan:  aniq  bir  kasbni  tanlashga  ta‘sir  etuvchi  har  bir  tumanning  o‗ziga  xos 

omillari bo‗lishi mumkin. SHunday bo‗lishi mumkin, omillar haqidagi gipoteza ilmiy 

izlanish  metodlarini  tashkil  etishga  yordam  beradi,  qiziqtirayotgan  xodisalarga  baho 

berish bu asosida o‗quvchilar bilan kasb tanlashga yo‗llash ishni yaxshilash bo‗yicha 

amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi. 

Kasb  tanlashga  yo‗llash  nazariyasining  muhim  tarkibiy  qismi-ta‘riflangan 

qonuniyatlardir.  Ularni qidirish  esa umumiy  ilmiy  faoliyat  maqsadiga  xizmat  qiladi. 

Ilmiy  izlanishlar  o‗tkazish  natijalaridagina  qonuniyatlarni  bilib  olinadi  va  tariflar 

tekshirib  ko‗riladi.  Topilgan  qonuniyatlar  odatda  fanning  maxsus  tilida,  tushuntirish 

vositalari  yordamida  yuqori  aniqlik  bilan  farq  qiluvchi,  ko‗rgazmaliligi,  boshqa  fan 

va  ilmiy  yo‗nalishlar  tushunchalarini  kasb  tanlashga  yo‗llash  tushunchalari  bilan 

bog‗lash imkoniyatlarini kattaligi orqali ifoda etiladi. 

Har  qanday  nazariyaning  rivojlanganlik  darajasi  faoliyat  asosiga  ko‗rilgan 

prinsiplari va tarkibi orqali aniqlanadi.  




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling