Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
dan 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi
Download 1.2 Mb.
|
БЖТ 22-23 умк (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 1.Ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarida jismoniy rivojlanish va gigena sohasi.
3 dan 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi
Bolaning familiyasi, ismi ___________________________________________ Tug‘ilgan sanasi ________________________________________________ MTMga qabul qilingan sana _________________________________________ Kuzatuv boshlangan sana ___________________________________________ Kuzatuv boshidagi yoshi ____________________________________________ Kuzatuv yakuni sanasi ______________________________________________ Nazorat savollari: 1.Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini bilasizmi? 2.3-7 yoshdagi bolalar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini bilasizmi? 3. Bolalarning jismoniy rivojlanish xaritsi qanday tuzilishga ega? 6-mavzu: Ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va davlat dasturida jismoniy tarbiya masalalarining yoritilishi Reja: 1.Ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarida jismoniy rivojlanish va gigena sohasi. 2. “Ilk qadam” dasturida jismoniy tarbiya masalalarining yoritilishi. 3.Bolalarning jismoniy rivojlanish xaritasi. 1.Ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarida jismoniy rivojlanish va gigena sohasi. Dastur O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan. Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi (quyida: «MTM davlat o‘quv dasturi») O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan meyoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. MTT davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim tashkilotlarida qo‘llash uchun majburiy: - davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari; - maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlari; - maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari; - maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari. MTTning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: - bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat talablari asosida hamda MTT davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; - maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish; - bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; - bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. MTT ta’lim jarayonining maqsadlari O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘quv-tarbiyaviy jarayonni o‘quv yili bo‘yicha tashkil qiladi. O‘quv yili 2 sentabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi. 1 iyundan 31 avgustgacha MTTda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi. O‘quv-tarbiyaviy jarayon guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi. O‘quv-tarbiyaviy jarayon ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o‘quv rejaga muvofiq olib boriladi. O‘quv-tarbiyaviy jarayon bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari keltirilgan. Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi: • jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi • ijtimoiy-hissiy rivojlanish • nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari • bilish jarayonining rivojlanishi • ijodiy rivojlanish. «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi» sohasi kompetensiyalari «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: • o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi • turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi • turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi • o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordam beradi • shaxsiy gigena malakalarini qo‘llaydi. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashabbusi bilan 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim-tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida, “Ilm yo‘li” variativ dasturi ishlab chiqildi. “Ilm yo‘li” variativ dasturi bolaning to‘laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va o‘qishini, uning maktabda ta’lim olishga samarali tayyorlanishini ta’minlashga qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha xalqaro tajribalarning hisobga olinib, ishlab chiqilgan hujjat bo‘lib sanaladi. Mazkur dastur o‘ziga xos bo‘lib, unga ko‘ra, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat kuniga 3 soat davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizniva variativ qismi esa 20 foizni tashkil etadi. Dastur idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llanilishi mumkin: • bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlariga ega bo‘lgan umumiy hamda ixtisoslashtirilgan tiplardagi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida; • maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida; • maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun pedagog-kadrlarnining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini amalga oshiruvchi muassasalarda. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limi tizimini modernizatsiya qilish maktabgacha ta’limga teng imkoniyatlar yaratishning zarurati va muhimligi hamda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning muqobil va kamchiqim modellarini ishlab chiqishni taqozo etadi. 6-7 yoshli bolalarni o‘qitish majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlari dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ta’lim sektori rejasi, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi, Davlat talablariga tayangan holda bolaga yo‘naltirilgan sifatli pedagogikaga prinsiplariga asoslangan. Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bolaning erta rivojlanishiga investisiya ajratilishi quyidagi asosiy omillar bilan belgilanadi: • katta yoshdagi kishi intellektual qobiliyatining 70% hayotining dastlabki 5 yilida shakllanadi; • maktabgacha ta’limga sarf-xarajatlarning iqtisodiy samaradorligi 17:1 nisbatni tashkil etadi (bolalar qamrovi 50% kam bo‘lmaganda); • umumiy ta’limda erishiladigan sezilarli yutuqlar; • ta’limni yuqoriroq bosqichda davom ettirish uchun katta imkoniyat mavjudligi; -g‘ayriaxloqiy va jinoiy xatti-harakatlar ehtimolining kamayishi. Dasturning maqsadlari va vazifalari maktabgacha bolalar uchun quyidagilarni ta’minlashni ko‘zda tutadi: -6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlar bolalarini to‘liq kunli maktabgacha ta’lim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoki muayyan sabablarga ko‘ra, bunga intilmaydigan ota-onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishi kerak; • 6-7 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan majburiy boshlang‘ich ta’limga bir yillik tayyorlash guruhlar maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq, 5 muhim sohada bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi zarur (jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan; • maktab ta’limiga umumiy psixologik tayyorgarlik. Bolalarning jismoniy rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi Birlamchi kuzatuv o‘quv yilining boshi (sentabr oyi) da amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrdagi yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi ta’limning rivojlanish sohalaridagi muammalarga e’tiborni qaratadi, qanday sifatlarni qo‘llab-quvvatlash talab qilinishi, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Bundan tashqari, u bola rivojlanishi xaritasini muayan davr davomida bolaning yoshini hisobga olgan holda to‘ldir Oraliq kuzatuv yilning birinchi yarimi oxiri (dekabr, yanvar)da o‘tkaziladi. Ushbu kuzatishning maqsadi bolalar uchun tanlangan metodikaning to‘g‘riligini belgilash va rivojlanish dinamikasini aniqlashdan iboratdir. Ushbu kuzatuv natijalariga ko‘ra, tarbiyachi boshqa mutaxassislar bilan birgalikda pedagogik jarayonga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. O‘quv yilining oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatishni olib boradi. Ushbu kuzatish asosida vazifalar qanchalik bajarilganligi, bolaning rivojlanishida kutilagan natijalarni hisobga olgan holda undan keyingi pedagogik jarayonning maqsadlari belgilanib olinadi. 1.Rivojlanish sohasi :Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish 1.3.Sensoharakatika Yoshi 4-yil 5-yil Izoh 3 yosh 3 oy 3 yosh 6 oy 3 yosh 9 oy 4 yosh 4 yosh 3 oy 4 yosh 6 oy 4 yosh 9 0y 5 yosh Katta koptoklarni o‘tirgan va turgan holda ikki qo‘li bilan masofaga dumalatadi O‘ng va chap qo‘li bilan koptokni galma-gal yerga uradi Turli tuzilishlar va yuzaliklarni ajratadi O‘rta munchoqlarni namunaga muvofiq ipga o‘tkazadi Bolaning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun uch sikldan iborat bo‘lgan kuzatuv olib boriladi: dastlabki (o‘quv yili boshida), oraliq va yakuniy. Dastlabki kuzatuv o‘quv yili boshida o‘tkaziladi (taxminan sentabr oyi mobaynida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi ta’lim sohalarini o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan muammolarga ham e’tibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qo‘llab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari xaritasi to‘ldiriladi. Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o‘tkaziladi. Bu monitoringni o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to‘g‘riligini maniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko‘ra, tarbiyachi, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin. O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o‘tkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‘zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi. Kuzatuv o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim: • kuzatuv bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi; • bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatuv kamida ikki hafta (yoki oy) mobaynida olib boriladi; • tarbiyachi bola to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ota-onalar yoki muassasaning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin; • tarbiyachi bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga e’tibor qaratishi lozim. O‘quv yili oxirida tarbiyachi yakuniy pedagogika kengashiga bolalar tomonidan o‘quv dasturi o‘zlashtirilishining sifat darajasi to‘g‘risida hisobot yozadi va unda bolalar tomonidan tegishli natijalarga erishilmagan bandlar hamda ular nega bajarilmaganligi sabablariga to‘xtalib o‘tadi (ba’zi metodikalar o‘zlashtirilmagani, tarqatma materiallar, adabiyotlarning yetarli bo‘lmagani, guruh texnika vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanmagani, bolaning betob bo‘lgani va darslarni o‘tkazib yuborgani, ota-onalarning faol bo‘magani va h.k.). Ushbu natijalar asosida sabablarni bartaraf etish borasidagi ishlar rejalashtiriladi va mazkur guruh uchun kelasi yilga mo‘ljallangan vazifalar belgilanadi. Keyinchalik pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini yiliga kamida 3 marta to‘ldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (✔) bilan belgilaydi. Kuzatuv rivojlanishning barcha sohalari bo‘yicha olib boriladi. Agar u yoki bu bilim olish sohasida indikator «ishlamasa», pedagog (tarbiyachi) daftar hoshiyalariga tegishli belgilar qo‘yishi lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish kundaligini yuritishda yordam beradi. Mazkur tashxis (diagnostika) asosida pedagog (tarbiyachi) ruhshunos (psixolog), logoped, jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini ajratadi, shuningdek, ta’lim sohalarini o‘zlashtirishning salbiy tomonlarini aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga oshirish borasidagi vazifalar belgilanadi. O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) ushbu xarita bo‘yicha yakuniy kuzatuv o‘tkaziladi. 3 dan 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi Bolaning familiyasi, ismi ___________________________________________ Tug‘ilgan sanasi ________________________________________________ MTMga qabul qilingan sana _________________________________________ Kuzatuv boshlangan sana ____________________________________________ Kuzatuv boshidagi yoshi _____________________________________________ Kuzatuv yakuni sanasi _______________________________________________ Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling