Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Gimnastika turlari va ularning tavsifi


Download 1.2 Mb.
bet58/135
Sana30.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1409730
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135
Bog'liq
БЖТ 22-23 умк (2)

Gimnastika turlari va ularning tavsifi
Gimnastikaning quyidagi turlari mavjuddir:

  1. Umumrivojlantiruchi gimnastika.

a) asosiy gimnastika;
b) gigiyenik gimnastika.

  1. Sport yo‘nalishidagi gimnastika.

a) sport gimnastikasi;
b) atletika;
v) badiiy gimnastika.

  1. Amaliy gimnastika

A) professional-amaliy gimnastika;
B) ishlab chiqarishdagi gimnastika;
v) davolash gimnastikasi kiradi.
Umumrivojlantiruvchi gimnastika. Umumrivojlantiruvchi gimnastikaning vazifasi salomatlik, umumjismoniy tayyorgarlikni mustahkamlashdan iboratdir. U harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish va mustahkamlashga, to‘g‘ri qad-qomatni tarbiyalashga, yurak-tomir va nafas olish faoliyatini yaxshilash hamda organizmni chiniqtirishni ta’minlashga qaratilgan.
a) Asosiy gimnastika tarkibiga saflanish, umumrivojlan-tiruvchi va asosiy harakatlar kiradi. Mashqlarni bajarishda jismoniy jihozlardan foydalaniladi. Asosiy gimnastika kishi organizmidagi funksional jarayonning kuchayishiga, uning jismoniy rivojlanishiga, xilma-xil harakat ko‘nikmalarining takomillashuviga, jismoniy sifatlarning tarbiyalanishiga, o‘zlashtirilgan harakat faoliyatidan turli hayotiy vaziyatlarda mustaqil va ijodiy foydalana olishga, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay bilishga, harakat faoliyatining asosiy qonuniyatlarini anglashga, egallangan bilim va ko‘nikmalarning hayot va faoliyat uchun ahamiyatini tushunishga yordam beradi.
B) Gigiyenik gimnastika – kishi salomatligini mustahkamlash va saqlashga, to‘g‘ri qad-qomatni tarbiyalashga, organizmning asosiy tizimlar funksiyasini (nafas olish, qon aylanish, almashinish jarayonlarining faollashishi) takomillashtirishga qaratilgandir. Umumrivojlantiruvchi va amaliy mashqlar suv muolajalari, massaj hamda organizmni chiniqtirish bilan qo‘shilgan holda gigiyenik gimnastika vositalari sifatida foydalaniladi. Gigiyenik gimnastika barcha yoshdagi bolalarga tavsiya etiladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling