Nizomiynomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Monoduragaylash chatishtirish


Download 24.8 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi24.8 Kb.
#1602128
1   2   3
Bog'liq
doklad 3

Monoduragaylash chatishtirish.
Bir-biridan bir juft qarama-qarshi (alternativ) belgisi bilan keskin farq qiladigan ikki organizmni durgaylash monoduragay chatishtirish deyiladi. Masalan, sariq donli goroxni yashil donli gorox bilan, uzun buyli о‘simlikni pakana bо‘yli о‘simlik bilan, tezpishar о‘simlikni kechpishar о‘simlik bilan chatishtirish.
Durgaylarning birinchi bо‘g‘inida yuzaga kelgan, ustun chiqqan belgi-dominant, durgaylarning birinchi avlodida rivojlanmagan (yashirinib qolgan) belgi esa kuchsiz-retsessiv belgi deb ataladi.
Mendel dominantlik hodisasi ona yoki ota sifatida olingan о‘simliklarning qaysi biriga bog‘liqligini tekshirdi. Buning uchun birinchi marta sariq donli goroxni ona о‘simligi sifatida,yashil donlisini esa ota о‘simligi sifatida, ikkinchi marta aksincha, ona о‘simligi sifatida yashil donli goroxni, ota о‘simligisifatida sariq donli goroxni olib chatishtirdi. Ikkala chatishtirishda ham natija bir xil bо‘lib, durgaylarning birinchi bо‘g‘ini (F1) faqatgina sariq donli goroxdan iborat bо‘ldi va dominatlik hodisasi qaysi о‘simlik ona yoki ota sifatida olinishga bog‘liq emasligi aniqlandi.
Mendel aniqlagan bu dominatlik qonun durgaylar birinchi bо‘g‘inining bir xillilik qonuni deb ham yuritiladi.
Dominant belgiga ega bо‘lgan, masalan, qizil gulli birinchi bо‘g‘in (F1) о‘simliklarning doni yig‘ilib olinib kelgusi yil ekilsa, ikkinchi bо‘g‘inda qizil va oq gulli gorox о‘simliklari hosil bо‘ladi. Durgaylarning ikkinchi bо‘g‘inida (F2da) belgilar bо‘yicha ajralish aniq miqdoriy nisbatda bо‘ladi. Durgayning ikkinchi bо‘g‘inida hisoblangan hamma о‘simliklarning 3|4 qismi (75%) qizil,1|4qismi (25%) oq gulli yoki dominantlikning ritsessivlikka nisbati 3:1 bо‘ladi.
Demak, durgaylarning birinchi avlodida retsussiv belgi tamoman yо‘qolib ketmaydi, u ikkinchi bо‘g‘inda paydo bо‘ladi, lekin о‘simliklarning 25 foizidagina (1|2qismida) bо‘ladi. Dargaylarning ikinchi bо‘g‘inidagi (F2dagi)hamma retsessiv belgili о‘simliklar о‘zaro changlatilsa, ularning keyingi avlodlaridi (F3,..F4,..Fn da) faqat retsessiv belgi nomoyon bо‘ladi. Ya’ni75 foizni (3|4qismi dominant belgili о‘simliklarning faqatgina 25 foiz (1|4 qismi) о‘zgarmaydigan bо‘lib qoladi, 50foiz (2|4qismi) da esa ajralib ketib, retsessiv belgili о‘simliklarni ham paydo qiladi.
Shunday qilib, durgayning ikkinchi bо‘g‘inidagi dominant belgili о‘simliklarning 2|4 qismigina (keyigi avlodlarda 50% i parchalanadi) haqihiy durgay bо‘lib, ular о‘zaro chatishtirilsa, keyingi avlodlarda yana belgilar bо‘yicha 3;1 nisbatda ajralish rо‘y beradi. Bu Mendelning ikkinchi konuni yoki belgilarning ajralish qonuni.
Jinsiy yо‘l bilan kо‘payishda о‘zining belgi yoki xususiyatini bir necha avlodlarga о‘zgartilmasdan о‘tkazib boradigan organizm genetikada gomazi-gomali organizm deyiladi. Bunday organizm о‘xshash (bir xil) genlarga (allelarga) ega bо‘lgan gemetalarning qо‘shilishidan rivojlanadi. Har xil (о‘xshash bо‘lmagan) genlarga ega bо‘lgan gametalarning qо‘shilishidan rivojlanadigan organizm geterozigota deb atalib, u har bir bо‘g‘inda ma’lum darajada о‘zgarib boradi.
Mendel о‘zi о‘tkazgan monduragay chatishtirish natijalari asosida qо‘yidagi irsiyat qonunyatlarini yaratadi.
1.Durgaylarning birinchi bо‘g‘inida bir juft alternativ belgilarning biri dominant, ikkinchisi retsessiv bо‘lib, faqat birinchisi yuzaga chiqadi. Bu hodisa dominantlik yoki durgaylar birinchi bо‘g‘inining (F1 ning) bir xillilik qonuni, Medelning birinchi qonuni deb yuritiladi.
2.Durgaylarning ikkinchi bо‘g‘inida ham dominant, har retsessiv belgilar paydo bо‘ladi. Dominant belgining retsessiv belgiga nisbati 3:1 ga teng. Bu qonun durgaylar ikkinchi bо‘g‘inining belgilar bо‘yicha ajrarish qonuni yoki Mendelning ikkinchi qonuni deyiladi.

Download 24.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling