Noan`anaviy dars shakllari


Download 393.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana06.04.2023
Hajmi393.25 Kb.
#1277695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
TA’LIMDA NOAN’ANAVIY DARSLAR VA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH

 A V Z U 
:  
 
Otabek, Kumush, Zaynab va xozirgi yoshlar.
Teatrlashtirilgan baxs-dars. 
O`qituvchi: 
Moziyga qaytib, ish ko`rmoq xayrli deydilar. Shunga ko`ra biz 
mavzuni moziydan, o`zbek xayoti, o`zbek ruhi, o`zbekona urf-odat va o`zbek 
ma`naviyati aks etgan “O`tgan kunlar”dan boshladik... 
Dunyoda shunday yozuvchilar bo`ladiki, ularning ijodisiz, biror milliy 
adabiyotning taraqqiyot yo`lini tasavvur etib bo`lmaydi. 
A.Qodiriy o`zbek xalqining iymonli, vijdonli yozuvchilaridan edi. 
Siz o`tgan suxbatlarda Qodiriyning armonli hayoti, ayanchli fojeali taqdiri 
xaqida eshitgansiz. 
Yozuvchi ijodi bilan “O`tgan kunlar” romani bilan, ko`pgina xajviyalari bilan 
tanishdik. 
Asarni taxlil qilish, qaxramonlar ichki va tashqi olamining o`ziga xos 
tomonlarini ochishda sinf 3 guruhga bo`linadi. 
1-tomon: 
Fojea ro`y berishga sabab bo`lganlarga aybnoma e`lon qiladilar. 
2-tomon: 
Qaxramonlarning hatti-xarakatidan kelib chiqib, fojeani 
oqlashga harakat qiladilar. 
3-tomon: 
Guvoh sifatida qatnashadilar. 
Majlisni Xukmdori odil boshqarib boradi. 
Hurmatli jamoa! 
Toshkandning mashxur ayonlaridan bo`lgan Yusufbek xoji xonadonida fojea 
yuz berdi. 
Bugun ana shu fojea yuziga bolta urmoq maqsadida yig`ildik. 
Qoralovchi va oqlovchi tomonlar tayyormi? 
Qoralovchi: 
“O`tgan kunlar” ishi bo`yicha Yusufbek xoji o`g`li Otabekni 
aybdor deb topdik: 
1. Otabek ota-ona rizoligisiz marg`ilonlik Mirzakarim qutidor qizi - 
Kumushbibiga uylandi. 


2. Shuning orqasida o`z farzandlik burchini unutdi. 
3. Otabek ko`ra bila turib, Zaynabga uylandi va bir bechora qizning baxtiga 
zomin bo`ldi. 
4. Shariat qonuniga ko`ra ikki ayoliga bir xil munosabatda bo`lmog`i, ikkisini 
ham o`z himoyasiga olmog`i kerak edi. Biroq Otabek bechora Zaynab qarshisida 
“jonsiz xaykal” bo`lib yashadi. Bir bechora qizning shodligi, dardu xasratiga 
sherik bo`la olmadi. 

Download 393.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling