5. Otabek bechora Zaynabga eng so`nggi chorani ko`rishga majbur qildi, o`zi
bilmagan xolda Kumushning qo`liga zaxar tutqazdi.
Oqlovchi:
Xukmdori odil!
Ro`y bergan fojeada Otabeknng aybi yo`qligini isbotlash uchun guvohlarni
chaqirishga ruxsat so`rayman.
Guvoh chaqirtiriladi.
Oqlovchi:
Siz Yusufbek Hoji o`g`li Otabek xaqida majlis ahlig`a nima ayta
olasiz?
1-guvoh:
Meni Otabek bilan Qodiriy domla orqali tanishgan edim.
Otabek 24 yoshlarda, og`ir tabiatli, ulug` gavdali, ko`rkam va oq yuzli, mutanosib
qora qoshli va egnida chakmon, murti sabz urgan, ilmli va aqlli bir yigit.
Oqlovchi:
Ayting-chi, guvoh Otabekka bunday yuqori baho berishingizga
Qodiriy domlaning maqtovlari sababmi?
Guvoh: Aslo, men bu bilan bir majlisda qatnashib, u xaqda ko`pgina aqlli
odamlarning maqtov gaplar aytishganini eshitganman.
Masalan, Ziyo shohi Otabekni maqtab, “Otasini bolasi” degan bo`lsa, Akrom
xoji “agar xon ko`tarish manim qo`limda bo`lsa edi, xon qilib, Otabekni ko`tarar
edim”, - deb aytganriga, Mirzakarim qutidor “Otabek xon qizig`a loyiq bir yigit
ekan” – deb maqtagan so`zlariga guvohman.
Navbatdagi guvox chaqirtiriladi.
Oqlovchi:
Aytingchi, Otabekda andisha xayo bormidi?
2-guvoh:
Otabekda andisha hayo bor. U birovning qalbiga ozor
berishdan qo`rqadi. Balki mana shu andisha Kumushning o`limiga sabab
bo`lgandir. Otabek yodingizda bo`lsa mexmonlarga Xasanalini qul ekanligi sir
bo`lmasada, ammo bu sir bilan uning qalbi ozor chekishini o`ylaydi. U odamlarni
mansab va boyliklarga qarab emas, balki insoniy fazilatlarga qarab baholovchi
bir yigit edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |