Nodirbek qizi yashil suvo’tlar bo’limi va uning ekologiyasi
Ulotrikslilar qabilasi – Ulothrichales
Download 4.89 Mb.
|
Yashil suvo\'t (risola)...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xetaforalilar qabilasi – Chaetophorales
Ulotrikslilar qabilasi – Ulothrichales
Bularning tallomi ipsimon, shoxlanmagan, bir yadroli hujayralardan iborat. Tipik vakili ulotriks (Ulothrix) dir. Bizda U. zonata ko’p tarqalgan. Chuchuk suvlarda yoki substratga yopishib o’sadi, yopishib o’sgan qismi rangsiz qalin po’stli pona shaklida bo’lib, rizoid deb ataladi. Ipi qalin po’stli bir qator joylashgan hujayradan iborat, ostida pratozlazma, bitta yadro, plastinkasimon xromotoforasida bir necha perinoidi markazida vakuola bo’ladi. Ucki qismi bo’linish xususiyatiga ega qolgan qismi repraduktiv, ko’payadi. Ulotriks jinsiy va jinssiz yo’l bilan ko’payadi. Jinssizda zoosporalar orqali. JInsiy ko’payish izogomiya. Ulvadoshlar (Ulvaceae) oilasi tolllomi plastinkasimon ammo ontogenezda ipsimon shaklda bo’lib, bandi bn substratga birikadi. Keyinchalik hujayrasi eniga va uzunasiga bo’linib, ikki qavatdan och yashil, cheti o’yilgan panjasimon plastinka hosil qiladi 11-rasm. Ulva. A – tallomning tashqi ko’rinishi; B – tallomning ko’ndalang kesmi. Enteromorfa (enteromorpha) tallomi naychaga o’xshash, taraqqiyot boshlarida ikki qavatli hujayra bir-biridan ajralib ichakka o’xshab qoladi. Bularda nasllar gallanishi yuz beradi ya’ni sporofitning gametofitga aylanishi izomorf yoki antitetik gallanish deb ataladi. Xetaforalilar qabilasi – Chaetophorales Bu tartibga kiradigan suvo’tlarning tallomi ipsimon, substratga yopishgan, differensiyalanib shoxlangan, geterotrixal shaklda bo’ladi va undan tikka o’suvchi iplar o’sib chiqadi. Ular bir necha oilalarga bo’linadi. Xetafordoshlar oilasi – Chaetophoraceae Bu oila ichida stigeoklanium (Stigeoclonium) turkumi asosiy o’rinni egallaydi. Bu sekin oqadigan suvlar ostida narsalarga yopishib o’sadi. Substratga yopishgan holda o’sib chiqqan tik o’suvchi shaxlongan iplari ichida ko’p hujayrali tukchalar joylashgan. Bular esa o’lgan hujayralardan iborat. V.I. Uspenskaya ma’lumotiga qaraganda, stigeoklonium ipining shoxlanishi tashqi muhit ta’siriga bog’liq. Masalan, suvdagi nitrat tuzlari miqdori oshsa, uning shoxlanishi kata miyada, aksincha, bu tuzlar kamayib, yorug’lik ko’paysa va azot kamaysa polmelloid holat o’tadi. Evolyutsiyaning birinchi yo’nalishi draparnaldiya (Drarnaldiya) misol bo’ladi. Uning tikka o’suvchi tallomi uzun va qisqa shoxchalarga differensiyalangan bo’lib, rizoidlari yordamida substratga o’rnashadi. Frichiella (Fritschiella) turkumining vakillari Afrika, Yaponiya va Hindistonda quruq tuproq ustida o’sadi. Asosiy vakili F.tuberosa dir, shoxlangan iplar hosil qiladi, kegin esa undan tikka o’suvchi shoxlar o’sadi. Evolyutsiya jarayonida tikka o’suvchi tallomining reduksiyalangan formalarga xetonema (Chaetonema) va afonoxeta (Aphonochaeta) turkumining vakillari misol bo’la oladi. Bular chuchuk suvo’tlardagi suvo’tlar ustida epifit holda o’sadi. Bular tik o’suvchi bo’lib, ipga o’xshash tukchalardan iborat. Jinsiy ko’payishi geterogomiya. Xetogomiyada oogomiy. Ulardagi bu jarayonni 1930 yili rus botanigi Q.I.Meyer aniqlagan. Xetonemaning Ch. Irredulare degan turida erkak va urg’ochi ip bo’ladi. Erkak ipining vegetative hujayrasi xlorofilini yoqotib, protoplasti maydabo’laklarga bo’linadi va ko’k-yashil anterediyga aylanadi. Treptepoliyadoshlar oilasi – Trentipoliaceae o’z ichiga geterotrixal shakldagi tuksiz yashil suvo’tlarni birlashtiradi. Zoosporalarning tuzilishi boshqa suvo’tlardan farq qiladi.. Jinsiy ko’payishi izoogomiya. Bu oilaga misol qilib, trentipoliya (Trentipohilia) turkumi vakillarini keltirish mumkin. Ular suv sharoitidan chiqib, quruqlikda o’sishga moslashgan. Ayrim vakillari lishayniklar tarkibida ham uchraydi. Ular daraxt po’stloqlari ustida sariq-qizil rang hosil qiladi. Koleoxetdoshlar oilasi – Colechaelaceae ning vakili koleoxete (Colechaete) chuchuk suvlardagi gulli o’simliklarning ustida epifit holda o’sadi. Ba’zi turlarida tallom geterotrixal bo’lib, shilimshiq ichida joylashadi va yostiqcha hosil qiladi. Boshqa turlarida tallom ipi reduksiyalanib, substratga yopishgan bo’ladi. Hujayra bir yadroli xromotoforasi perenoidli hujayra devoir atrofida joylashgan. U ikki qavatdan iborat bo’lib tukchalar bilan qoplangan. Plevrakokkdoshlar oilasi – Pleurococcaceae Bu oilaga plevrakokk (Pleurococcus) turkumi misol bo’ladi. Ular hamma joyda ayniqsa, daraxt po’stloqlarida, taxta devorlar toshlar va nam tortgan devorlarning ustida o’sadi. Hujayralari ikki, 4 va ba’zan undan ham ko’proq bo’lingan hujayralar to’plamidan iborat. Hujayra qalin po’st bilan o’ralgan. Protoplastga vakuolasiz xromotoforlari perenoidsiz. Asosan, vegetative yo’l bn ko’payadi. Download 4.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling