Nodirbek qizi yashil suvo’tlar bo’limi va uning ekologiyasi
II-BOB. YASHIL SUVO’TLAR BO’LIMI TURLARI
Download 4.89 Mb.
|
Yashil suvo\'t (risola)...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Volvoksnamolar qabilasi – Volovocales
II-BOB. YASHIL SUVO’TLAR BO’LIMI TURLARI
2.1. Chin yashil suv o`tlar sinfi umumiy tavsifi va muhim vakillari Chin yashil suv’otlar yoki teng xivchinlilar sinfi – Chlorophyceae, Isocontae. Ularning eng xarakterli belgilari jinsiy va jinsiz ko’paygan vaqtda ikki, to’rt va ba’zan ko’p xivchinli izokant yoki izomorf zoosporalar hosil qiladi. Jinsiy ko’payish izogomiya, heterogomiya va oogomiya. Bu sinf vakillarida tallom m,arfolagik jihatdan differensiyallangan tallomning xususiyatiga ko’ra ular sistemaga solinadi. Ular quyidagi 8 tartibga bo’linadi: Volvoksnamolar qabilasi – Volovocales Bu tartibga mansub yashil suvo’tlar monand, ya’ni xivchinli, bir hujayrali, kaloniyali va tsenob organizmlar bo’lib, vegetatsiya davrida harakatchan bo’ladi. Volvokslar tartibining tipik vakili bir hujayrali xlamidomonada (chlamynomonadas) (2.1 . 1-rasm) Xlamidonamadaning kõpgina turlari kõlmak va xalqob suvlarda, suv omborlarida,ba'zan akvariumlarning devorlarida õsadi. Bularning kõpayish vaqtida ba'zan suv yashil rangga bõyaladi. Hujayrasi ellipsoid shaklda,hujayra põsti protoplastga zich yopishgan. Protoplast bitta yadro va kosasimon xramotoforga ega. Xramotoforida pirenoid bõladi, Xromatofori ichida stigma deb ataluvchi qizil kõzcha joylashgan. Qisqaruvchi vakoula hujayraning old qismida joylashgan. Suv havzalari qurib qolgan vaqtda xlaminomanadalar xivchinlarini tashlab, harakatdan to'xtaydi, po'sti shilimshiqlanib, parda hosil qiladi, hujayra atrofini o'raydi. Xlaminomanadalarning hujayralari protoplastli bo'linishi va shilimshiqlangan yosh hujayralarning harakatlanmasligi natijasida yashil hujayralar uyimi hosil bo'ladi. Bu holatga palmelloid deyiladi. Palmelloid holatdagi xlaminomanada hujayralarida harakatchan vakuola va qizil ko'zcha saqlanadi. Suvga tushishi bilan yosh hujayralar rivojlanib, monad hujayraga aylanadi. Ammo, hamma xlaminomonada turlarida palmelloid holatdn monad holatga o'tish bir xil emas. Masalan, Ch. klenii ning ko'pchilik hayoti palmelloid holda o'tadi. Gematokokk (Hasmaloccus) turkumi turlari hujayrasining ichki qismi kuchli shilliqlanishi bilan harakterlanadi. Po’stidagi radial kanalchalar orqali tashqi muhit bilan bog’lanadi. Xromataforlari kosachasimon yoki to’rsimon,pirenoidlari ikkita yoki ko’p bo’lishi mumkin. Hujayrasida qizil ko’zcha, harakatchan vakuola, yadro va ikkita xivchini bo’ladi. 2-rasm. Hacmaloccus. A – vegetative hujayra; B – sista; V – sistaning o’sib vegetative hujayrani hosil qilishi. Gematakokk osonlik bilan palmelloid holatiga o’tadi, shuning uchun hujayra dastlab yumaloq shaklga kiradi, keyin usti qalin po’st bilan o’ralib, hujayra ichi, astoksantin bilan to’ladi sistaga aylanadi. Sista quruqqa chidamli bo’lib, suvli muhitga tushishi bilan zoosporalar hosil qiladi. Ma’lum vaqt o’tgandan keyin, qulay sharoitda sista devori yirtiladi va zoosporalar suvga chiqib harakat qiladi, o’sib yangi individga aylanadi. Hujayra ichidagi astoksantin asta sekin yo’qalib, yashil rang beruvchi xromatafor paydo bo’ladi. Qizil rang bir necha nasl davomida,hujayraning o’rta qismida saqlanadi. Xlamidonomada va boshqa bir hujayrali monad hujayralar qulay sharoitda, jinssiz yõl bilan juda ham tez kõpayadi. Jinssiz kõpayish vaqtida monad hujayra xivchinlarini tashlab, ivib shilliqlanadi, keyin protoplasti bõyiga 2-4-8 taga bolinadi. Bola hujayralar xivchinlar hosil qilib, ona hujayra devori yirtilgandan sõng suvga chiqib, suza boshlaydi.Bular zoosporalar deyiladi. Zoosporalar ona hujayradan kichikligi bilan farq qiladi, ular bir oz õsgandan keyin bõlinib kõpayadi. Jinsiy kõpayishida gametalar yoki jinsiy hujayralar paydo bõladi.Gametalar vegatativ hujayradan yoki zoosporalardan faqat õzining kichikligi va gametangiy deb ataladigon ona hunayra ichida hosil bõlishi bilan farq qiladi. Gametagiyda 32,64 tagacha ikki xivchinli gameta hosil bõladi. N.I.Gorojankin Ch. Coccifera suvo’tida jinsiy ko’payishining oogoniya jarayonni ham aniqlagan. Keyinchalik Carteria iyengarii, chlotogonium aoganum suvo’tlarda aniqlangan. Ko’pchilik xlaminomanada vakillarida geterotalizm hodisasi kuzatiladi., ya’ni morfologik tuzilishi jihatidan birdan farq qilmagani uchun ular (+) va ( - ) bilan belgilanadi. Bunday gametalarning kopulyatsiya yetilishiga getetoralizm deyiladi. Kopulyatsiya qilingan gameta atrofida yangi po’st hosil bo’ladi, shundan keyin ularning yadrolari qo’shilib, diploidli zigota hosil bo’ladi. Zigota tinim davrini o’tgandan keyin dastlab uning xloroplastalari, keyin yadrosi reduksion yo’l bilan bo’linadi va 4 ta yangi individ o’sib chiqadi. Bir hujayrali volvokslarning eng soda tuzilgan vakili dunaliyella ( Dunnaliella) turkumidirю Bu turkumning vakillari sho’r suvda o’sadi. Hujayra tuzilishi xlaminomonadanikiga o’xshash. Ammo, dunaliyellaning hujayrasi yalang’och, sitolazmatik membrana bilan o’ralgan va harakatchan vakuolasi bo’ladi. Dunaliella bilan birga asteromonas (Asteomonas stephonoptera) turkumi vakillari ham o’sadi. Uning hujayrasi yalong’och, shakli teskari tuxumsimon, sirt tomonidan qaraganda olti qirrali yulduzga o’xshaydi. Hujayraning old qismida 2 ta xivchini bor. Bular hujayraning teng ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Bularda jinsiy ko’payish ham ma’lum, u tashqi tuzilishi jihatidan vegetative hujayradan farq qilmaydigan hujayralarning kopulyatsiya qilishi natijasida sodir bo’ladi. Bunday ko’payish xologamiya deb ataladi. Volvokslar tartibining ko’pchilik vakillarida hujayra tuzilishi xlominomonada va gematokkoklarga o’xshash bo’lib, harakatchan senobiy hosil qiladi. Ular har xil shaklda. Tsenobiy shakldagi volvokslarga gonium ( Gonium), pandarina ( Pandarina), evdarina (Eudarina), volvoks (Volvox) turkum vakillari kiradi. Gonium bir qator plastinka hujayralarning joylashishidan hosil bo’ladi. Bizda eng ko’p tarqalgan turlaridan Gonium pectorali hisoblanadi. Uning tsenobiysi 16 hujayradan iborat. Pralell holda hujayra po’stidan chiqqan shilimshiq modda bilan qo’shilib, xivchinli tomoni plastinkaning sirtiga qarab joylashgan. 3-rasm. Gonium pectorale. A – senobiy; B – gametalarning ko’payishi; V – zigota; G,D – zigotaning o’sishi/ 4-rasm. Gonium pectoralning umumiy tashqi ko’rinishi Bizda pandarina morum hamma joyda chuchuk suvlarda tarqalgan. Tsenobiysi shilliq bilan o’ralgan, ellipsoid shaklda, bir biriga zich joylashgan 16 ta hujayradan iboorat. Har bir hujayraning xivchini sirt tomonga va dum tomoni esa markazga tomon joylashgan. Eudarina senoboysi erkin yopishgan 32-64 hujayrdan iborat. Markazini suyuq shilliq tashkil etadi. Sirt tomonida joylashgan xivchinlar senoboyni harakatga keltiradi. Volvokslar tartibining keying evolyutsiyasida sharsimon koloniya vujudga keladi. Bularning tipik vakili volvoks ( Volvox) dir. Uning koloniyasi nihoyatda murakkab tuzilgan, organic moddalarga boy bo’lib, yozda iliq ko’lmak hamda halqob suvlarda, mayda hovuzchalarda o’sadi. 5-rasm. Volvoks aereus. Ona koloniya ichidagi sharsimon qiz koloniyalar. Volvoksning koloniyasi sharsimon yoki ellipsimon bo’lib, diametric 2 – 3 mm. Bitta koloniyadagi hujayralar soni 500 – 600 mingga yetadi. Koloniya markazi shilimshiq suyuqlik bilan to’lgan, ust tomoni gematokokkga o’xshash ikki xivchini, yadrosi, xromotoforasi, ko’zchasi va tebranuvchi vakuolalari bo’ladi. Hujayra po’sti yarim shilimshiq bo’lib, xivchin tomoni tashqariga, dum tomoni m,arkaz tomon bir qator bo’lib joylashgan. Koloniyadagi hujayralar ingichka plazmasimon iplar (plazmodesmalar) orqali o’zaro birlashgan. Volvoks glabator degan turda bu iplar ancha dag’al. yo’g’onllashgan hamda xromotofor bilan tutashgan bo’lib, mikroskop ostida qaralsa, senobiy xloroplasti yulduzsimon shaklda ko’rinadi. Volvoksning senobiy orasida vegetative va 8 – 10 ta reproduktiv hujayra bo’lib, ular qiz koloniya hosil qilish xususiyatiga ega. Bularga genodiy hujayralar deb ataladi. 6-rasm. Volvoksning ichki tuzilishi va koloniya holda ko’rinishi Download 4.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling