I-BOB. YASHIL SUVO’TLAR BO’LIMINING UMUMMIY TASNIFI
1.1. Yashil suvo'tlar bo'limining sistematikasi
Yashil suv’otlarning turlarining ko’pligi, morfologik jihatidan xilma xil strukturalarni hosil qilishi va boshqa bir qator xususiyatlari bilan suvo’tlari ichida markaziy o’rinni egallaydi. Hozircha bu bo’limning 360 avlod va 5700 turi ma’lum bo’lib, Tallomining tuzilishi va ko’payish xususiyatlarini hisobga olgan holda 3 ta sinfga bo’lib o’rganiladi:
Chin yashil suvo’tlar yoki teng xivchinlilar sinfi – Euchlorophyceae yoki Isocontae.
Matashuvchisimonlar sinfi - Conjugatophyceae.
Xarasimonlar sinfi – Charophyceae.
Chin yashil suvo’tlar yoki teng xivchinlilar sinfi Tallomning marfologik differensiyalanishiga qarab, 8ta qabilalar (tartiblar) ga bo’linadi:
Volvoksnamolar qabilasi – Volvocales. Bu qabilaga xlaminomanada (chlamydomanas), Xlorogonium (Chlorogonium), Gematokokk (Hacmaloccus), Dunaliella (Dunnalliella), Asteromonas (Asteomonas), gonium ( Gonium), pandarina ( Pandarina), evdarina (Eudarina), volvoks (Volvox) turkumlari kiradi.
Tetrasporalilar qabilasi – Tetrasporales. Bu qabilaning tipik vakillari apiosistis (apiocystis) va tetrospora (tetraspor).
Protokokknamolar yoki Xlorokokklilar qabilasi – Protococcales, Chlorococcale. Bu qabila 2 ta guruhga bo’linadi: Xlorokokk – zoosporalar (Chlorococcales zoosporinae) va xlorokokk avtosporalar (Chlorococcales autosporinae).
Ulotriksnamolar qabilasi – Ulothrichales.Tipik vakili ulotriks (Ulothrix) dir. Ulvadoshlar (ulvaceae) oilasi, bunga yaqin yana Enteromorfa (enteromorpha) turkumi kiradi.
Xetaforanamolar qabilasi – Chaetophorales. Xetofordoshlar (Chaetophoraceae), Trentepoliyadoshlar (trentipoliaceae), Koleoxetdoshlar (Colechaelaceae), Plevrakokkdoshlar (Pleurococcaceae) oilalariga bo’linadi.
Edogoniumnamolar qabilasi – Oedogonales. Vakili: edogonium (Oedogonium)
Briodopsidlilar yoki Sifonnamolar qabilasi – Bryopsidales or Siphonales
Sifonokladianamolar qabilasi – Siphonocladiales. Kladafora (Cladaphora), Rizoklonium(Rhizoclonium), Sferopleya(Sphaeropleae) va Valoniya(volonia) turkumlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |