Nodirbek qizi yashil suvo’tlar bo’limi va uning ekologiyasi


Download 4.89 Mb.
bet5/17
Sana10.07.2023
Hajmi4.89 Mb.
#1659495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Yashil suvo\'t (risola)...

Ko’payishi. Yashil suvo’tlarning ko’payishi vegetative, jinsiy va jinsiz yo’l bilan boradi. Nasllarning gallanishi esa bularda yaxshi ifodalangan. Taraqqiyot davrida ustunlik qiluvchi nasl gametofitdan iborat. Vegetativ ko’payishi tallomning bir qancha qismlarga bo’linishi bilan boradi, jinssiz ko’payishi esa zoosporalar vositasi bilan sodir bo’ladi. Xivchin, protoplazma xromatafor,bitta yoki bir qancha yadrolarga ega bo’lgan harakatchan noksimon tanachalar zoosporalar deb ataladi. Zoosporalarning mustaqil harakat qiluvchi, boshqa bir hujayrali organizmlardan farqi zoosporada kletchatkali po’st bo’lmaydi. Sirt protoplazmasi bilan o’ralgan bo’ladi. Sitoplazmaning organoidlardan tashqari 2ta, 4ta ba’zan ko’p, bir xil uzunlikda va tuzilishda , silliq yoki juda ko’p tukchalar mastigonemalar bilan qoplangan xivchinlari, xloroplast ichida joylashgan, xivchin apparati bilan ulangan qizil ko’zchalari hamda tebranuvchi vakuolalari ham bo’ladi Zoosporalar hosil bo’ladigan joy zoosporangiy deb ataladi. Zoosporangiydan bir yoki bir qancha zoosporalar hosil bo’ladi. Ular zoosporangiydaan chiqadi, ma’lum masofaga suzib borib, to’xtab, po’st hosil qiladi va o’sib yangi individga aylanadi. Ba’zan yashil suvo’tlardagi reduksyialangan spora, ya’ni aplanaspora harakatsiz sporalar vosutasi bilan ham ko’payadi. Aplanosporalarda xivchin bo’lmay, ona hujayra ichida po’st vujudga keladi.
Yashil suvo'tlar jinsiy ko'payishi ham har xil bo'lib, u asosan 3 tipga bo'linadi: 1)izogamiya; 2) geterogamiya; 3) oogamiya.
Izogamiyada o'sishi va tuzilishi jihatidan zoosporalarga o'xshash, shaklan bir xilda va tez harakatchan gametalar qo'shiladi. Geterogomiyada shakli har xil, ya'ni birinchisi kichikroq va serharakat, ikkinchisi kattaroq va sist harakatli gametalar qo'shiladi. Bularning kattarog'ini urg'ochi, kichikrog'ini esa erkak gameta dwb aytishimiz mumkin. Oogomiyada qo'shiliahga qatnashuvchi gametalarning biri ancha yirik va harakatsiz, ikkinchisi juda kichik va serharakat bo'ladi. Yirik, harakatsiz gameta urg'ocho gameta yoki tuxum hujayra deb, kichik harakatchan gameta erkak gameta yoki spermatazoid de3b ataladi. Gametalar hosil bo'ladiga hujayra gametangiy deyiladi. Oogoniyda tuxum hujayrasi anteridiyda spermatazoidlar hosil bo'ladi. Spermatazoidlar rangsiz, ko'pincha, ikki xivchinli bo'ladi va shu xivchinlar vositasida harakatlanadi, Gametalarning qo'shilishidan hosil bo'lgan individ zigota deb ataladi. Zigota tinchlik davrini kechirganda keyin o'sib yangi individga aylanadi. Zigota yadrosining reduksion yo'l bilan bo'linishi natijasida gaploid xromasomlari 4ta harakatchan yoki harakatsiz zoospora hosil bo'ladi, ularning hammasi yoki bir qismi yangi individga aylanadi.



Download 4.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling