Nodirbek qizi yashil suvo’tlar bo’limi va uning ekologiyasi
Avtosporali xrokokklar guruhi – Chlorococcales autosporinae
Download 4.89 Mb.
|
Yashil suvo\'t (risola)...
Avtosporali xrokokklar guruhi – Chlorococcales autosporinae
Xlorella Chlorella avtosporaning bir hujayrali vakili (2.1.7-rasm). Xlorella chuchuk suvlarda, daraxt po'stloqlarida va boshqa substratlarda keng tarqalgan. Hujarasi sharsimon yoki tuxumsimom, silliq po'st bilan o'ralgan, bitta yadro va kosasimon xromatafori bor. Jinssiz ko'paygan vaqtda hujayra 4 ta yoki ko'p sonli avtosporalarga bo'linadi. Ular ona hujayra ichida po'st bilan o'ralob, ona hujayra devorinj yirtib tashqariga chiqadi. Xlorella hujayrasini elektron mikroskopida tekshirish bilan uning hujayra devori juda murakkab tuzilganligi aniqlangan. Hujayra devorining tashqi tomoni uch qavat, markaziy qismi tarkibida yuksak o'simliklar changida uchraydigan sporopollenin moddasi bo'ladi. Bu modda juda ham pishiq tuzilgan bo'lib, har xil fermentlar, kimyoviy birikmalar ta'siriga chidamli bo'ladi. Ichki qavat ancha qalin selyullozaning mikrofibrilidan tashkil topgan. Ona hujayra ichida hosil bo'lgan avtosporalar hujayra po'sti devorini yirtib, tashqariga chiqadi. 10-rasm.Chlorella A- vegetative hujayra; B,V- avtosporalarning hosil bo’lishi va chiqishi. Xlorellaga yaqin bo'lgan boshqa turlar undan hujayra shakli bilan farq qiladi. Masalan, ankistrodesmus (Ankistrodesmus) urchuqsimom, kirxneriella (Kirchneriella) yarim oy shaklida Torf hosil qilubchi botqoqliklarda erimosfera (Eremosphaera) o'sadi, uning sharsimon hujayrasi 150 lmk kattalikda. Hujayrasida faqat bitta yadro va juda ko'p miqdorda pirenoidli disksimon xromotoforlari bo'ladi. Golenkaniya (Golenkinia) hujayrasi sharsimon shaklda bo'lib, ustida tukchalar joylashgan. Bu turkumning yaqin vakili mikroktinum (Mikroctinium) hisoblanadi. Uning koloniyasi sharsimon va tukli. Ko'pchilik adabiyotlarda xrokokksimonlar qabilasining vakillari, golenkiniya va mikraktinium faqat avtosporalar yordamida ko'payadi degan fikrda. Ammo rus olimi A. Korshikov (1937) o'zi kashf etgan yangi G. Longispina, G. Solitaria va M. Pusilbum turlaridan jinsiy karayon mavjudligini aniqlaganSenobiy shaklidagi tuzilganlariga Senedesmus (Scenedesmus) misol bo’ladi. Protosifon (Protosiphon) sifonli suvo’tlar bilan xrokokksimonlarni yaqinlashtiruvchi forma. Download 4.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling