Nodirbek qizi yashil suvo’tlar bo’limi va uning ekologiyasi
Mezotinililar qabilasi – Mezotaeniales -
Download 4.89 Mb.
|
Yashil suvo\'t (risola)...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zignemalilar qabilasi – Zygnematales
Mezotinililar qabilasi – Mezotaeniales - bu tartib vakillari bir hujayrali. Hujayrasi silindir yoki ellis shaklida, silliq parda usti shilimshiq. Bir yadroli hujayradan lentasimon, spiral va yulduzsimon xromatafora bo’ladi. Masalan, mezotinium (mesotaenium) da xromatafor markaziy plastinladan iborat, bir yoki bor necha pirenoidga ega.
Netrium (Netrium) hujayra qutblariga tomon markaziy qismini eggalovchi undan o’ngga va chapga qarab tarqalgan, chetlari o’ymali xromotoforining markazchi qismida tayoqchasimon perenoidi bor. 13-rasm.Netrium umumiy ko’rinishi Spirotinis (Spirotinia) hujayrasi deyarlo tayoqchasimon, qutblari keng tarmoqlangan, po’sti qalin shilimshiqsimon modda bilan qoplangan. Mezatonlilar turlari torf hosil qiluvchi botqoqliklarda, O’zbekistonda esa, sholipoyalarda, zahkash va ko’lmak suvlarda tarqalgan. Mezotium va silindirasistis zax tuproqlarda o’sib, shilimshiq hosil qiladi. Zignemalilar qabilasi – Zygnematales bu tartibga oddiy ipsimon suvo’tlar kiradi. Odatda, ular chuchuk suvlarda tarqalgan, shoxlanmagan, bir qator silindr shakldagi bir yadroli hujayralardan iborat. Tallomi porasiz, shilimshiq jildi yumshoq, ko’pincha kladaforalar bilan birga “baqa to’ni” ni hosil qiladi. Hujayra markazida yirik vakuola joylashgan, sitoplazma hujayra egeta atrofiga yopishgan. Xromataforlari mezotinililarnikiga o’xshash 3 xil. Bu qabilaning eng xarakterli vakillaridan biri mujosiya (Mougeotia) dir. Xromataforiga kuchli yorug’ yonaltirilsa, u egeta vaqtdan keyin oz o’qi bo’ylab 90°C ga buralib, 30 minut davomida saqlanadi, natijada plastinkasimon xromatafor tayoqcha shaklida ko’rinadi. Zignema (Zygnema) ning har bir hujayra sitoplazmasida ikkitadan yirik yulduzsimon shaklda, markazida bittadan yirik perenoidga ega bo’lgan xromatafori bor. Har bir xromatafor bir-biri bilan endoplazmatik to’r bilan bog’langan bo’lib, ular orasida aniq ko’rinadigan yadro va yadrocha bor. 14-rasm.Zygnemaning umumiy ko’rinishi. Spirogiraning ipsimon tallomi och yashil, shilimshiq jild bilan qoplangan. Iplari yirik silindrik hujayralardan tashkil topgan. Hujayrasi kletchatkali po’stga ega, unga protoplazma yopishgan. Sitoplazma chetida lentasimon spiral shaklda o’ralgan bir necha pirenoidli xromataforlari bor. 15-rasm.Spirogiraning tashqi tuzilishi 16-rasm. Spirogira. A – hujayra tuzilishi; B – narvonsimon matashish; V – yonbosh matashish; G – zigotaning o’sishi; UG – urg’ochi gameta, EG – ekak gameta; X-xloroplast; Y- yadro; MB – markaziy vakuola, QV – qizqaruvchi vakuola. Rus olimi I.I. Gerasimov bo’linayotgan vegetativ hujayrasiga sovuq ta’sir ettirib, uning odatdagi holatini o’zvartirishga erishgan. Ya’ni sovuq tasirida bolinadigan yadro ortasita to’siq paydo bo’lmasdan, bo’linvan yadro bitta hujayrada qolib, ikki yadroli hujayra hosil bo’lgan. Bu tajriba bilan I.I.Gerosimov hujayra hayotida yadroning ahamiyatini isbotlagan. Download 4.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling