Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti


Download 1.03 Mb.
bet63/74
Sana14.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1005116
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74
Bog'liq
portal.guldu.uz-Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti

Deklaratsiya –  (lot. declaratio — maʼlum qilaman, eʼlon qilaman) — 1) bir yoki bir necha xukumatlar, siyosiy partiyalar, xalqaro yoki jamoat tashkilotlarining dasturiy hujjat, muhim xalqaro voqea, qonun va h.k.ni umum eʼtiboriga yetkazuvchi bayonoti; umumsiyosiy prinsiplarni tantanali ravishda eʼlon etish (mas, Inson huquklari umumjahon deklaratsiyasi, Oʻzbekistan Respublikasi Mustaqillik deklaratsiyasi); 2) soliq toʻlovchining daromadlar xususiyati va miqdori toʻgʻrisida bayon qilishi; 3) pochta bilan mamlakat tashkarisiga yuboriladigan pul va qimmatbaho paketlarga ilova qilinadigan hujjat; 4) chegaradan oʻtuvchi shaxs oʻzida buyumlar, qimmatbaho narsalar va h.k. borligi va ular miqdori toʻgʻrisida bojxonaga topshiradigan maʼlumot (qarang Bojxona deklaratsiyasi).
Diskriminatsiya — (lot. diskriminatio — farqlash) davlat, yuridik yoki jismoniy shaxs huquqlarining (boshqa davlat, yuridik yoki jismoniy shaxs huquqlariga nisbatan) cheklanishi. Demokratik davlatlarning ichki qonunlarida hamda xalqaro huquqda D.ning barcha shakllari, jumladan, fuqarolar huquqlarini millati, irqi, jinsi, dini sababli amalda yoki yuridik jihatdan kamsitishga yoʻl qoʻyish taqiqlanadi.
Evolyutsiya –  (lot. yeuo1iIo — avj olish) — rivojlanishnchng sinonimi; asta-sekin, bosqichmabosqich roʻy beradigan miqdor va sifat oʻzgarishlari. E.da rivojlanishning sifatiy asosi keskin oʻzgarmaydi, uning boshlanish va yakunlanish bosqichlari orasida muayyan fursat oʻtadi.
Genetik – (yun. genezis — kelib chiqish, paydo boʻlish) — barcha tirik organizmlarga xos boʻlgan irsiyat va oʻzgaruvchanlikni hamda ularni boshqarish metodlarini oʻrganadigan fan. G.ning asosiy vazifasi irsiyatning moddiy asoslari hisoblanadigan xromosoma, genlar va nuklein kislotalar (DNK, RNK) tuzilishi hamda funksiyalarini tadqiq qilish orqali organizmlar belgi va xususiyatlarining rivojlanishi va kelgusi avlodlarga oʻtishini ochib berishdan iborat.
Ijtimoiy reabilitatsiya – organizmning buzilgan funksiyasini va bemorlar hamda nogironlarning mehnat qobiliyatini tiklashga qaratilgan tibbiy, pedagogik va ijtimoiy chora-tadbirlar majmui. Ogʻir kasalliklar (miokard infarqti, insult, orqa miya shikastlanishlari, umurtqa pogʻonasi va boʻgʻimlarning shakli oʻzgarishi bilan kechadigan kasalliklari); markaziy nerv sistemasining jiddiy zararlanishlari, ruhiy kasalliklar va boshqalarga uchragan bemorlar R. ga koʻproq muhtoj boʻladilar.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling