Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti


Download 1.03 Mb.
bet64/74
Sana14.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1005116
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74
Bog'liq
portal.guldu.uz-Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish amaliyoti

Ijtimoiy tadbirkorlik — faoliyatining asosiy maqsadi ijtimoiy foydalilik hisoblanib, unga ko‘ra korxonaning ishiga asosan ijtimoiy jihatdan nobarqaror holatda bo‘lgan yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar jalb etiladi. Shu bilan birga, mazkur korxonalar ijtimoiy jihatdan foydali tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘ladi.
Imbetsillot  Imbecillus «zaif, kuchsiz» dan; ing.  Imbecile ) - hayotning birinchi yillarida homila yoki bolaning miyasi keltirib chiqaradigan aqliy zaiflikning o'rtacha darajasi , demans, aqliy zaiflik, rivojlanishning sustligi . 
Imo-ishoralar - muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, ya’ni, belgilangan ma’noga ega bo‘lishi yoki ekspressiv, ya’ni, nutqning ifodaliligini yanada oshirishi mumkin.
Inklyuziv ta’lim – (ingliz tilidan olingan bo’lib, inclusive, inclusion–uyg’unlashmoq, uyg’unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi) bu davlat siyosati bo’lib, normal rivojlanishdagi va maxsus ehtiyojli bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar va o’smirlarni rivojlanishidagi nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar oilaning faol ishtirokida umumta’lim tizimiga to’liq qo’shishni va ijtimoiy hayotga moslashtirishni ifodalovchi ta’lim tizmidir.
Integratsiya(lot. integratio — tiklash, toʻldirish, integer — butun soʻzi-dan) — 1) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining oʻzaro bogʻliqlik holatini hamda shun-day holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha; 2) fanlarning yaqinlashishi va oʻzaro aloqa jarayoni; differensiatsiya bilan birga kechadi; 3) 2 va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini oʻzaro muvofiqlashtirish va birlashtirish (qarang Iqtisodiy integratsiya)
Intellektual – Maʼnaviy ehtiyojlar bilan yashovchi yoki aqliy faoliyatning eng yuksak va murakkab turlari bilan shugʻullanuvchi (shaxs)
Irsiyat – organizmning oʻz belgilari va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga oʻtkazish, yaʼni organizmlarning oʻziga oʻxshash nasllarni bun-yod etish xossasi. I. tufayli avlodlararo moddiy va funksional izchillik taʼmin etiladi. I. har xil turlarga mansub organizmlar belgi va xususi-yatlaridagi tafovutlarning avlodlar osha saklanib qolishini ham taʼminlaydi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling