Noqardosh tillarda o’zga nutq hodisasining ifodalanishi


Download 140.69 Kb.
bet2/18
Sana22.04.2023
Hajmi140.69 Kb.
#1377529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
NOQARDOSH TILLARDA O’ZGA NUTQ HODISASINING IFODALANISHI

1.1 Ko’chirma gap
Ko’chirma gapdagi maazmun tinglovchiga qaratiladi. Ko’chirma gap bir so’zdan,bir gap yoki bir necha gapdan, ba’zan butun bir abzasdan iborat bo’lishi, bir sostavli yoki ikki sostavli va undan ortiq gaplardan tashkil topishi mumkin.
Avtor gapi esa ko’pincha ikki sostavli birgina sodda gapdan tashkil topadi; qo’shma gap shaklida yoki bir sostavli sodda gap shaklida deyarli qo’llanmaydi. Misollar: usta Hazratqul shlyapasini pana qilib, paxta dalalariga tikildi va iljayibgina javob berdi:- Xu ana!(Sh.R)- To’g’on buzilipti.Yigitlarni,suvchilarni chaqqon olib borsin,- deb buyurdi Mahkamov.(O.) – Hozir hosil uchun kurashning avji vaqti,- dedi O’ktam jiddiy tus bilan,-yaxshi parvarish qilsang, go’zani ovqatdan, suvdan toliqtirmasang, kun sayin hosilga hosil qo’shasan. (O.) Jo’raboyev joy ko’rsatib, mehribonlik bilan murojaat qildi:-Kelganingga xursandman, Oyqiz.(Sh.R.) Ko’chirma gapning kesimi fe’l yoki boshqa so’z turkumlari ifodalansa ham , avtor gapning kesimi hamma vaqt sof fe’l ilan ifodalanadi. Avtor gapining kesimi ko’pincha quyidagi fe’llar bilan ifodalanadi.
1 Gapirish so’zlash ma;nosini beruvchi dedi, aytdi, gapirdi, so’zladi murojaat qildi singari fe’llar bilan: U birigada a’zolarini yig’ib otashin so’zladi:’’ Go’zamizning bir turini ham nobud qilmay, hammasini ko’ qorahig’day asraymiz; mehr- muhabbat bilan parvarish qilib, hammaga na’muna ko’rsatamiz’’. (Sh.R) Jo’raboyev o’tirishga joy ko’rsatib, mehribonlik bilan murojaat qildi: ‘’Kelganingga xursandman, Oyqiz!’’(Sh.R.)- Ko’p narsalarni ko’zimga ko’rsatdingiz, yana ko’p narsalarni ko’rgani qo’limga chiroq berdingiz, O’rmonjon aka,-dedi Siddiqjon.(A.Q.)

  1. So’zlash ma’nosi bilan bog’liq bo’lgan turli holatni ko’rsatuvchi qichqiradi, pichirladi, buyurdi, undadi, ogohlantirdi, telefon qildi singari fe’llar bilan: Yigit uning otini eslay olmay: “ Agronom aka “!- deb qichqirdi.(O.) Simirnov tiniq suvga iftixor bilan termilarkan, yurak-yuragidan pichirladi:- Dengiz, haqiqatan ham dengiz!(Sh.R.0

  2. Oldingi fikr bilan bog’likni ifodalovchi Javob berdi, bo’ldi (gapni bo’ldi)’ davom ettirdi va hokazo fe’llar bilan:-Toycha bo’lsak ham, ot izidan boryapmiz,- javob berdi Jo’ra, ayyorcha qisib.(O.) Rais so’zida davom etdi:-Ayniqsa “ Farxod “ to’g’risida so’z borganda, hali sen aytganingdek, kishining ko’kragi tog’day ko’tarildi “O.” “Sakson” ota uning gapini bo’ldi:-Umr shoniga yetsak ham, yurakda o’timiz bor …”O.”-Balli, yurakdagi tilak armon –sovet zamonidan,- gapga aralashdi boshqa bir chol, soqolidan yumalangan tomchilarni artib, axir bahor kelganda, qari tollar ham bargak yozadi… (O)

  3. So’roq maznunini ifodalovchi f’ellar bilan:- Qalay bu yil paxta planini bajarasizmi?- so’radi O’ktam (O).

  4. Aftorning turli ichki kechinmalarini, his-tuyg’ularini , hayajonini Hmda ayrim mimikalarini ifodalovchi f’ellar bilan; Jon fig’on nima deyishni bilmay yerga qaradi va do’ng’iladi:- Men yig’latgan emasman… O’zing yig’lagansan. (A.Q.) Karimqul xuddi shishganday yog’on barmoqlari bilan mo’ylovini birpas burar keyen piching qilib to’ng’irladi:- Dalada qizlarning ishiga ko’z tashlaydigan odamingiz ham bor ekan, shekilli- a! (O.) Nasimjon o’tirdi, yozuv chizuvga uringan ko’rinib, boshini ko’tarmasdan ming’irladi: ( xotirjam bo’linglar bir iloj qilib ko’ndiraman) (O.) Hosilotning so’zlari raisning qalbiga o’qday qadaldi va nafasi og’ziga tiqilib, xirilladi: - Sen tulkidan qo’rqadigan joyim yo’q (Sh.R.)

Ko’chirma gapning bir qancha o’ziga xos Grammatik xususiyatlari bor: 1) buyruq mazmunidagi ko’chirma gapda ko’pincha undalma ishtirok etadi va undalma gapning fe’l kesimi buyruq mayli formasida keladi:- O’g’lim yaxshisi shuki,-dedi “Sakson” ota qo’lini siltab ,- qolgan ishga qor yog’ar degan qadimgi so’zni unutma.(O.) Nortoy Polvonga qichqirdi O’ktam:- Hormang Polvon!(O.)
Ba’zan ko,chirma gap undalmaning o’zidan gina tuziladi: Sorabibi shoshganidan, hayajondan nima qilishini bilmay, hovliga g’ir- g’ir aylandi. Bu yerda yo’q qizini: “Hakima, hoy Hakima!”- deb tovushi boricha qichqirib yubordi.(O.)
Gapning mazmuniga qarab ko’chirma gapning intonatsiyasi turlicha bo’ladi:- Gap qiziqishda,- javob berdi. Egamberdi,- chalasini kitobdan o’qidim-da, to’ppa to’g’ri imtihonga bordim.(O.)- Nega ham- ham, telegram yubormadingiz?- dedi Jo’ra.(O.)
Ko’chirma gapning intonatsiyasi odatda birmuncha mustaqil bo’ladi.Ko’chirma gapdagi intonatsiya uning o’rniga qarab ham turlicha bo’ladi. Agar u avtor gapidan oldin kelsa, avtor gapidagidan ko’ra kuchliroq ohang bilan aytiladi; avtor gapidan oldin qisqaa pauza bo’ladi.- Qizlar zvaniyasi bu,- dedi Jo’ra.
Ko’chirma gap avtor gapidan keyin kelsa, to’liqroq pauza hamda balandroq ohang bilan talaffuz qilinadi. Jo’ra dedi:- Qizlar zvaniyasi bu.
Agar avtor gapi ko’chirma gapning o’rtasida kelsa, u gap o’rtasida kelgan kirish so’z va gaplarga o’xshash past ohangda aytiladi. Bu,- dedi Jo’ra,-qizlar zvaniyasi.
Ko’chirma gap bayon qilingan fikrnigina bildira bermay, balki hali ifoda etilmagan, faqat o’ylangan- tahmin qilingan fikrni ham bayon etishi mumkin. Bunday gaplarda avtor gapining kesimi o’yladi, dedi ichida, dedi o’ziga –o’zi kabi shajllarda ifodalanadi.
Bayon qilingan fikrni ifodalovchi ko’chirma gaplar fikrning tinglovchiga qaratilganligini ko’rsatsa, bayon qilinmagan fikrni ifodalovchi ko’chirma gap fikrning ko’chirma gapdagi so’zlovchining o’ziga qaratilganligini ko’rsatadi: Kolxoz erining etagida yangi ochilayotgan yerga keta turib, o’yladi ichida u:” Vatanni ofat tahlikaga solganda, qari- qartanglar ham so’nggi kuchlarini bilakka yig’ib fidokorlik ko’rsatadilar…”(O.) Dadasining orqasidan uzoq tikilib turgan Oyqiz: “Qishloq Sovetiga tezgina kirib chiqiman-u, darxol dadamning oldiga jo’nayman,- dedi o’z-o’ziga,- men ko’dira olmadimm, boshqalar ko’ndirar”.(Sh.R.) “Nahotki rost bo’lsa!”-dedi ichida yig’it…-Demak, kimning qo’li uzun bo’lsa, olmani o’sha uzadi, debdi-da do’stim.(O.)
Ba’zan ko’chirma gap aytilmagan, O’ylanmagan, faqat yozilgan fikrni ifodalaydi: Oyqiz ayvondagi stolga qog’oz, qalam chiqarib, Olimjonga xat yozdi: “Qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish to’g’risida Smirnov doklab qildi. Uning samimiy so’zlari hammaning yurgiga va ongiga yetib borar esi. Shuning uchun bu so’zlar byuro a’zolarini darrov qiziqtirdi”(Sh.R.)
Ko’chirma gapda ba’zan biror predmetning “gapi” ham ko’chirib berilishi mumkin. Bu holat asosan poetic asarlar uchun xosdir.
Paxta dedi qulib tovlanib:
-Sevgan kishi meni maqtasin. (U.)
Dalalar salomga ko’lin cho’zadi:
-Marhamat, qardoshlar, aziz mehmonlar.(F.F.)
Ko’chirma gap va avtor gapining o’rni turli stilistik talablarga muvofik turlicha bo’ladi:
1)Ko’chirma gap avtor gapidan oldin keladi. Bunda avtor gapidagi gap bo’laklari inversiyaga uchrab, kesim sostavli oldin, ega sostavi keyin qo’llanadi:- To’g’ri, qoloqdan cho’loq yaxshi,- dedi qovog’ini solib Dilshod.(O.) _ Rus bilan o’zbk qo’lni qo’lga bersa, har mushkul oson,- dedi “Sakson” ota (O.)” Ko’rat hokimingni bizga!”- deb xitob qildi yigitlardan biri.(F.F.)- Ana zamon! Ana xikmat: “Quyosh qo’nmas” cho’lida endi bulbullar sayraydi…- der edi “Sakson” ota yayrab kulib.(O.)
Dedi fe’l ko’chirma gapdan keyin kelgan avtor gapining kesimi vazifasida kelganda, ma’no va funksiyasi jihatidan deb so’radi, deb gapirdi kabi deb + so’zlash fe’llari (aytmoq, so’ramoq, gapirmoq, so’zlamoq va boshqalar)ga deyarliteng bo’ladi. Bunda deb so’zi bog’lovchi vazifasini emas balki demoq fe’lining funksiyasini bajaradi. Uning ma’nosi shu qadar xilma-xilma, hatto so’ramoq, buyurmoq fe’llarining o’rnida ham qo’llanib kela oladi:-…Yigitlarni, suvchilarni chaqqon olib borsin,- deb buyurdi Mahkamov,(O.)- Qalay, rais ko’zini ochdimi?- deb so’radi. Qamchi(H.G’.) Bu misollarda deb buyurdi, deb so’radi o’rnida dedi fe’lini qo’llash, shuningdek deb yordamchisini tushurib qoldirib, so’radi yoki buyurdi tarzida ishlatish ham mumkin . ….Yigitlarni, suvchilarni chaqqon olib borsin,- dedi Mahkamov.- Qalay,rais ko’zini ochdimi?-dedi Qamchi yoki:- Yigitlarni, suvchilarni chaqqon olib borsin,-buyurdi Mahkamov.- Qalay, rais ko’zini ochdimi?- so’radi Qamchi.
Lekin dedi fe’li so’zlash harakatiga bog’liq bo’lmagan boshqa fe’llar bilan birga kelsa, deb yoki deya,demoq ma’nosini saqlagani holda avtor gapi bilan ko’chirma gapni bog’lashi mumkin. Bunda ko’chirma gap butunligicha avtor nutqidagi fe’l kesimga nisbatan hol yoki hol ergash gaplik vazifasini bajaradi,”Bu xom hayol”,- deya “Karomat” qilgan edi Qodirov. (Sh.R.)-…undoq qildim, bundoq qildim, qoyil qildim,- deb ko’kragiga uradi. (Sh.R.) Bu hildagi gaplarda ko’chirma gaplik xususiyati bir oz kuchsizlangandir.
Deb yordamchisi aslida “Ko’chirma gap+ avtor gapi” shaklida tuzilsa ham, bora-bora ko’chirma gaplik xusuxiyatini biro z yo’qota brogan konstitutsiyada bog’lovchilik vazifasini bajaradi. Qodirov ham bu tadbirlarni yoqlaydi,hech bo’lmaganda yangi shuhrat toppish uchun yoqlaydi deb uylardi.(Sh.R.)-… undoq qildim, bundoq qildim, qoyil qildim,- deb ko’kragiga uradi.(Sh.R) Bu

Lisoniy struktura jihatidan qo’shma gapning sodda gapdan farqi ma‘lum darajada ravshan. Aniqrog’i, sodda gapda shakllangan kesim bitta bo’lsa, qo’shma gapda u birdan ortiq bo’ladi va birdan ortiq sodda gaplarning mazmun, hamda, grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi. Misollar: 1.Men sizni bilaman, siz bunday qilmaysiz. (O.) 2.Nima qilasan, qishloqqa qaytasanmi? (O). 3.Dunyoda nima ko’p - kulgu ko’p. (O). 4.Bilamanki, sodda barmoqlaring tilla uzuk taqmagan. (U.) 5.Majlisda ko’riladigan masalalarning muhim tomoni shundaki, Baqa qurilmadagi cho’l yerlarni suvga serob qilish masalasi muxokama qilinadi.


Ko’rinadiki, 1-gapda bilaman va qilmaysiz, 2-gapda qilasan va qaytasanmi, 3-gapda ko’p va ko’p, 4-gapda bilaman va taqmagan, 5-gapda shundaki va muhokama qilinadi kabi har bir gapdagi birdan ortiq kesim sintaktik qurilmalarning qo’shma gapligini ta‘minlovchi muhim asoslardan biridir. Kesimlarning birdan ortiqligidan tashqari, har bir qo’shma gapda ifodalanayotgan birdan ortiq fikr, axborotning o’zaro zich munosabati, gaplararo grammatik taqoza etuvchilik hamda intonatsion yaxlitlik kabilar ham bu sintaktik qurilmalarning qo’shma gapligini ta‘minlaydi.
Komunikativ nuqtai nazardan sodda gap bir fikrni, axborotni uzatish vazifasini bajarsa, qo’shma gapda birdan ortiq hukm o’z ifodasini topgan bo’ladi. Shuningdek, bu alohida axborotlar asosidagi munosabat ham qo’shma gapda qaysidir darajada bo’rtib turadi. Masalan: Jahongir keldi. Men shu ondayoq jo’nadim gaplarida ifodalangan fikrlar bir-biriga o’zaro bog’liq bo’lib, gaplarning biri ikkinchisini taqoza etadi. Bu jixatdan ular Jahongir keldi va men shu ondayoq ketdim gapidan ajralib turadi.
SHunday qilib, qo’shma gap grammatik shakllangan va birdan ortiq axborotni tashish uchun mo’ljallangan sodda gaplarning grammatik, semantik, intonatsion va kommunikativ jihatlardan yaxlitlangan butunligidir.
Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar alohida olingan sodda gaplardan nisbatan mustaqil emasligi bilan ajralib turadi. Avvallo, bu grammatik va intonatsion nomustaqillikdir. Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi qurilmasini ergash gapli qo’shma gap qilib turgan narsa mazmuniy taqoza etuvchanlikdir. Birinchi gapdagi mazmun ikkinchi gapdagi mazmun uchun sabab maqomidir. Biroq bunday mazmuniy zich bog’lanishsiz ham qo’shma gap hosil bo’lishi mumkin. Osmonda turnalarning «qurey-qureyi» eshitilardi, uzoqlardan chuponlarning hay-haylagani quloqqa chalinardi. Ikkinchidan, shuning uchun bog’lovchisi qo’shma gap a‘zolarini grammatik jihatdan zich munosabatga kiritgan. (Biroq bu bog’lovchisiz ham qo’shma gap hosil qilish mumkin: Bahor keldi, dala ishlari qizib ketdi.) Ammo sodda gaplar orasidagi
intonatsion uzilish qo’shma gapni sodda gapga parchalab yuborishi mumkin: Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi.
Demak, ma‘lum bo’ladiki, qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o’zaro zichlashuvi mazmun, grammatik shakl va intonatsiya nuqtai nazaridan bo’ladi. Ammo bu omillar darajali ziddiyatda turadi.
intonatsiya - grammatik shakl - mazmun
CHunki mazmuniy bog’liqlik va grammatik shakl mavjud bo’lsa ham, birlashtiruvchi intonatsiya bo’lmasa, ayrim gaplar qo’shma gapni tashkil eta olmaydi. Ammo mazmuniy bog’liqlik va grammatik aloqa bo’lmasa ham, intonatsiya asosida qo’shma gap hosil qilish mumkin (bog’lovchisiz qo’shma gap.) Sodda gaplar asosida ajratuvchi pauza bo’lganda, qo’shma gapning yaxlitligiga putur yetadi. Masalan, Men sen bilan bormoqchi edim. Biroq sen qarshilik qilmasliging kerak. Gaplar orasida qushma gapning barcha belgilari mavjud. Birgina birlashtiruvchi ohang yo’qligi sodda gaplarning mustaqil bo’lishiga olib kelgan.
Qo’shma gaplarni uyushiq kesimli sodda gaplardan, sodda va qo’shma gaplar orasidagi uyushgan gaplardan farqlash lozim. Uyushiq kesimli sodda gaplar egasi bitta, bitta umumiy Pm ga ega bo’lgan birdan ortiq kesimlardan tashkil topgan gaplardir. Misollar: 1.Jamshid o’qir, yozar va chizar edi. 2.Do’kondorlar do’konlarini ochib, mudrab o’tirishardi. 3.Qushlar tinimsiz chug’urlashar va charx urishar edi. Uyushgan gaplar esa, aytilganidek, birdan ortiq egaga, shuningdek, bitta umumiy Pm li birdan ortiq kesimga ega bo’lgan gaplardir. Misollar: 1.Bahor kelar, dala ishlari qizib ketar edi. 2.Jamshid o’qir, Jahongir yozar, Isroil esa chizar edi. 3Do’kondorlar savdoga chorlab, attorlar esa mollarini maqtab o’tirishardi. Qo’shma gaplar esa har biri o’z Pm ga ega bo’lgan birdan ortiq kesimlardan tashkil topadi. 1.Jamshid o’qirdi, Jahongir yozardi, Isroil esa chizardi.
Qo’shma gaplardagi formal-funktsional yondashuvda bir egali, lekin birdan ortiq kesimli gaplar qo’shma gap sifatida qaraladi. Chunki har bir kesimda shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, modallik/mayl (kesimlik) ma‘nolari birdan ortiq ifodalanadi. Bu esa semantik nuqtai nazardan ularning har birida alohida axborot mavjudligidan dalolat beradi.
Qo’shma gaplar tarkibiga kiruvchi sodda gaplar orasida teng yoki tobe sintaktik aloqa mavjud bo’ladi. Agar u teng bog’lovchi yordamida amalga oshirilgan bo’lsa, tenglanish deyiladi. 1.O’g’lim keldi va tuyni boshlab yubordik. 2. Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi. To’g’ri, gaplar orasida sabab-oqibat aloqasi mavjud va gapni mazmunan tobe-hokim gaplarga kiritish mumkin. Biroq gaplarda mazmunan tobelik, shaklan tenglik mavjud bo’lganda, formal yondashuv gaplarni teng munosabatli qo’shma gap sifatida qaraydi. Shu boisdan bog’lovchili qo’shma gaplar bog’lovchilarning tabiatiga ko’ra bog’langan qo’shma gaplar va ergash gapli qo’shma gaplarga ajraladi.
Sodda gaplardagi tenglashish va tobelanish qo’shma gaplardagi tenglashish va tobelanishdan farq qiladi. Bu quyidagilarda qo’rinadi:
1.Sodda gapda teng va tobe aloqa turli qurilmalarni vujudga keltiradi. Aniqrog’i, teng aloqa uyushiq bo’laklarni o’zaro bog’laydi:1.Yashil o’rmonlar va qorli tog’lardan o’tdik. 2.Javohir o’qir va yozar edi.
So’z birikmalarini faqat tobe aloqa vujudga keltiradi: kitobning varag’i, kitobni o’qimoq kabi. Qo’shma gapda esa teng va tobe aloqa bitta lisoniy birlik - qo’shma gapning turli ko’rinishlari uchun xizmat qiladi.
Tobe va teng bog’lovchi vositalar bir xil semantik munosabatni ifoda etishi mumkin. Faqat ularda ushbu ma‘no kuchli yoki kuchsizligi bilan farqlanadi: Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi - Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari qizib ketdi. Har ikkala qo’shma gap a‘zolari orasida ham sabab-oqibat munosabati mavjud. Gaplarning ikkinchisida u kuchli, birinchisida kuchsiz. Gaplarning propazitsiyasida bu munosabat bir xil, faqat va bog’lovchisi buni kuchsiz, shuning uchun bog’lovchisi kuchli namoyon qilgan.
2.Sodda gapdagi teng bog’lanish qo’shma gapdagi teng bog’lanishga nisbatan mustaqildir. Chunki sodda gapda teng bog’lanish uyushuvlik bilan «yo’ldoshdir». U sodda gapni kengaytirish, axborotni murakkablashtirish vazifasini bajarsa, qo’shma gapda tarkibiy qismlarni bir yaxlitlikka birlashtirish vazifasini bajaradi.
3.Tenglanish va tobelanish aloqalari ifodalaydigan ma‘noviy munosabatlari jihatidan sodda va qo’shma gap farqlanadi. Sodda gapda bog’lovchisizlik, asosan, tenglanish munosabatini ifodalaydi va uyushiq bo’laklarda yuz beradi. So’z tarkibidagi grammatik vositali tobelashishni bog’lovchisizlik, vositasizlikka almashtirib bo’lmaydi. Qo’shma gapda esa ergash gapli qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni ham, bog’langan qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni ham bog’lovchisiz gapga aylantirish mumkin. Uning aloqa turi bog’lovchisiz aloqadir.1.Botirlari kanal qazadi, shoirlari g’azal yozadi. (H.O.)2.Bor boricha, yo’q holicha.3.Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi (Maqol.) 4.Yuragida qanday dard bor - mana bu menga sir.
Bog’lovchisiz qo’shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o’zaro tobe yoki teng bog’lovchi vositalarisiz birikadi. Ammo bu gaplarda mazmuniy va intonatsion yaxlitlik kuchayadi. Chunki bog’lovchi vositalar, mazmuniy va intonatsion birikuvchanlik omillari qo’shma gap tarkibida uchburchak burchaklari kabi yaxlitlikni tashkil etib, ulardan biri kuchsizlansa, boshqalari buning evaziga kuchayadi. Demak, bog’lovchisiz qo’shma gaplarda bog’lovchi vositalarning hissasi mazmuniy va intonatsion birikuvchanlik omillari zimmasiga yuklatiladi.Ko’rinadiki, ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning bir murakkab butunlikni tashkil etishi ularning shakliy (grammatik), mazmuniy va intonatsion muvofiqligi natijasida yuz beradi. Qo’shma gapni tashkil etayotgan sodda gaplar ohang jihatidan mutlaqo tugallikka ega bo’lmaydi. Ammo mazmuniy va grammatik jihatdan nisbiy yakunlangan bo’ladi. Bu nisbiylik mustaqil sodda gaplardagi tugallanganlikdan farqlanadi. Qo’shma gap tarkibida birikayotgan bir sodda gapning modal sifatlari ikkinchisiga ta‘sir etmasdan qolmaydi. Natijada yangi modal ma‘no vujudga keladi.
1. Ko‘chirma gaplarning funktsional uslublarda qo‘llanish xususiyatlari. Ҳar bir funktsional uslubda ko‘chirma gaplarning qo‘llanishi o‘ziga xos tarzda kechadi va o‘zbek tilidagi barcha uslublarda u yoki bu darajada uchraydi. Masalan, ilmiy uslubda ulardan muallif o‘z fikrini asoslash, to‘g‘ri ekanligini tasdiqlash maqsadida foydalanadi – shu fikrga mos keladigan qarashlardan tsitata – iqtiboslar keltiradi. YOki, aksincha, o‘z fikrining to‘g‘ri ekanligini tasdiqlash maqsadida unga zid bo‘lgan qarashlarni ҳam keltirishi va uning noto‘g‘ri ekanligini, unga qo‘shila olmasligining sabablarini asoslashi mumkin.
Bunga misol tarzida R.Qo‘ng‘urovning «O‘zbek tili stilistikasidan ocherklar» (Samarqand, 1975) asarining 11-betidan quyidagi parchani keltirishimiz mumkin: «A. M. Peshkovskiy o‘zining «Ona tili metodikasi, lingvistika va stilistikasi» nomli asarida stilistik kuzatishlar qanday yo‘l bilan borish kerakligini, xususan, grammatik stilistikaning xarakterli xususiyatini juda to‘g‘ri ko‘rsatib bergan edi. U yozadi: «Boshqa bo‘limlardagi kabi, so‘z faqat nafis ottenkalar va nozikliklar ҳaqida borishi mumkin, chunki stilistika, umuman, xuddi shular bilan shug‘ullanadi. «Ukamni yuboraman» va «ukamga yuboraman» birikmalari o‘rtasidagi farq qanchalik nozik bo‘lmasin, u ҳali stilistika uchun dag‘al ҳodisadir. Bu stilistik farq emas. «Menga yasadi» va «men uchun yasadi» gaplari o‘rtasidagi farq esa faqat grammatik emas, balki stilistik farq ҳamdir. Xuddi shu kabi «pichoqqa oldim» va «pichoq bilan oldim» bir-biridan faqat grammatik farqlanadi, «tosh otdi» va «toshbo‘ron qildi» esa bir-birlaridan ҳam grammatik, ҳam stilistik jiҳatdan farqlanadi. Boshqacha qilib aytganda, stilistikada, umuman, grammatik ma`nolar o‘rganilishi va chog‘ishtirilishi kerak emas, balki faqat grammatik sinonimlar, ya`ni grammatik ma`nosi bilan bir-birlariga yaqin so‘z va so‘z birikmalari o‘rganilishi va qiyoslanishi kerak»* (TSitata A. N Gvozdevning “Ocherki po stilistike russkogo yazika" asaridan olindi, Moskva, 1955 y., 133-134-betlar).
YUqorida aytganlardan xulosa qilib, A. M. Peshkovskiy grammatik stilistikaning, jumladan, morfologiyaning stilistik imkoniyatlari juda ҳam cheklanganligini ta`kidlaydi.
Rasmiy uslubda bu kabi ҳolatlar kam ko‘zga tashlanadi.
Publitsistik uslubda ҳam xuddi ilmiy uslubdagi singari ҳolatlarda ko‘chirma gaplarga murojaat qilinadi. Masalan: «Davlat tili ҳaqida»gi Qonunning 8-moddasida «O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat ҳokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa ҳujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e`lon etiladi. Maҳalliy ҳokimiyat va boshqaruv organlarining ҳujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e`lon etiladi», deb ta`kidlangan. Bugungi kunda ushbu qonunga to‘liq amal qilinmoqda, darsliklar, qo‘llanmalar, qonunlar, ilmiy asarlar davlat tilida nashr qilinayapti. («Huquq» gazetasi, 2009 yil 15 oktyabr’).
Funktsional uslublarda ko‘chirma gaplarning qo‘llanish xususiyatlarini ushbu gaplar tarkibida qo‘llangan fe`llar taҳlilida yana ҳam oydinlashtirish mumkin. Masalan, turli uslublarda aytmoq, demoq fe`llarining bir necha sinonimlaridan foydalansa bo‘ladi. Jumladan, publitsistikada oddiy xabar aytilsa, mazkur fe`llarning odatdagi shakllari qo‘llanadi: Dokladchi aytdiki, qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartish uchun kurash davom etadi.
Agar bu fe`llar orqali uslub bo‘yoqlari, ta`siriylik ҳam berilmoqchi bo‘lsa, ta`kidlamoq, uqtirmoq, e`tirof etmoq, qayd qilmoq, eslatmoq, ogoҳlantirmoq, to‘xtalmoq, da`vo qilmoq, ta`na qilmoq, ta`riflamoq, talab qilmoq, murojaat qilmoq, o‘tinmoq, yolvormoq, so‘ramoq kabi fe`l-sinonimlardan foydalaniladi, Misollar: Notiqlar ta`kidladilarki, shaҳar meҳnatkashlari davlatimizning sanoatni yanada rivojlantirish oldiga qo‘ygan vazifalarini bajarish uchun kurashda katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdilar (Gazetadan). O‘tinib so‘rayman: tezroq oting. (M. Lermontov.) Avvalo, shuni qayd qilish kerakki, do‘stlik mavҳum narsa emas, u yo‘qdan paydo bo‘lmaydi. (V. Z.)
2. Ko‘chirma gaplarning badiiy uslubda personajlar ichki dunyosini, tashqi qiyofasini, tabiatini chizishda muҳim vosita ekanligi. Ilmiy manbalarda ko‘chirma gap badiiy nutqda boy stilistik-sintaktik vosita ekanligi ta`kidlangan (Kojina M.N. Stilistika russkogo yazika.- M., 1983, 161-bet).
Ko‘chirma gap o‘zga kishining nutqini aynan, o‘zgarishsiz keltirishi bilan aloҳida aҳamiyatga ega bo‘lishi masalaning bir tomoni. Ikkinchidan esa, ana shu vazifani ado etish borobarida u nutq egasining fikr va muloҳazalarini aniq bera oladigan ҳamda nutq muallifiga tavsif ҳam bera oladigan xususiyatga ega.
«O‘zgalarning ҳech o‘zgarishsiz, so‘zma-so‘z berilgan gapi ko‘chirma gap bo‘lib, unda ҳam, avvalo, tugal fikr, ҳis-tuyg‘u ifodalanadi. – deyiladi «O‘zbek tili stilistikasi» asarida. - SHu bilan birga, yozuvchi ko‘chirma gapdan uslubiy maqsadda ҳam foydalanadi: uning vositasida obraz yaratiladi, qaҳramonga ma`lum darajada xarakteristika beriladi. Ba`zi personajlar nutqidan ularning ichki dunyosini, tashqi qiyofasini, tabiatini ҳam anglab olish mumkin:
CHexovmi? Ҳimm... burjuaziya realizmi to‘g‘risida so‘zlaganda, eng avval, uiing ob`ektiga diqqat qilish kerak. Burjuaziya realistlari tushungan, ular aks ettirgan ob`ektiv voqelikni anglash lozim bo‘ladi. Turgan gapki, CHexovning ijodi boshdan-oyoq, butun moҳiyati bilan ilk burjuaziya realizmi, ya`ni... ҳimm,.. Mukarram, tovuqqa moyak qo‘ydingmi? Qo‘yish kerak, bo‘lmasa daydi bo‘lib ketadi... Tavba, tovuqdan ҳam aҳmoq jonivor yo‘q moyak qo‘ysang, tug‘adi! Nima uchun moyak qo‘ysang, tug‘adi? Xo‘roz nima uchun saҳarda qichqiradi? Ajoyib psixologiya! Biologiya o‘qiysiz-larmi? (A. Q. Adabiyot muallimi).

Ko‘chirma gap bo‘lgan keyin, so‘zsiz u bilan birgalik muallif so‘zlari ҳam ishtirok etadi. Muallifning ana shu so‘z va jumlalari nutqda ma`lum ekspressiv aҳamiyatga ega bo‘lishi mumkin.


Dramatik asarlarda qatnashuvchi shaxslarning replikalari muallif remarkalari ҳam ayrim qaҳramonlar xarakterini yoki ular orasidagi munosabatlarni tushunishda o‘ziga xos o‘rin tutadi:
X o l m a t (o‘zicha). Voy xom kalla-ey, sen ҳali ҳayvon deb yurgan edingmi?
Xolmat(o‘zicha). Mana qo‘y, deb tumshug‘iga solmaysanmi siynitalog‘ni!
Xolmat (o‘zicha). Bo‘lmasa ҳali surma ichgan itdek ovozi bo‘g‘ilib, imomatga o‘ta olmay qoladilar. (Imomga.) CHarchamaysiz, domla pochcha, faqat quruq qoshiq og‘iz yirtadi, xolos! Sadqai gapingiz ketsin bu gadoga! Bunga o‘xshagan mingta sarpoyoqdan sizlar uchun boyga o‘xshagan bitta xo‘l tayoq yaxshi! (Ҳ. Ҳ.)

Download 140.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling