64
EHTIMOLLAR NAZARIYASIDANMASALALAR
I.
ARALASH MASALALAR
1. Qutida yashil va qizil ranglardagi jami 10
ta kubik
bor. Qutidan yashil rangli kubikni tanlab olish
ehtimoli 0.2 ga teng bo‟lsa
qutidagi yashilkubiklar
soni nechaga teng? (2)
2. 28 ta domino toshining orasidan ikkitasi tasodifiy
ravishda tanlab olindi.
Qanday ehtimol bilan ularni
o‟yin qoidasiga ko‟ra birlashtirish mumkin
bo‟ladi? (5/392)
3. Sinfda 30 ta o‟quvchi bor. Tug‟ilgan kunlari bir
kunda bo‟lgan o‟quvchilar topilish ehtimoli ½
dan kattami?
)
4. Har birida 0 dan 9
gacha raqamlar bilan
nomerlangan 10 ta shar bo‟lgan 3 ta quti berilgan.
Har bir qutidan bittadan shar tasodifiy ravishda tanlab olindi.
a) Uchala son ham 1 ga teng bo‟lish ehtimolini toping. (0.001)
b) Uchala son ham bir xil bo‟lish ehtimolini toping. (0.01)
5. Qutida 10 ta qora va 15 ta oq shar bor. Qutidan 4 ta shar tanlab olindi.
Qanday ehtimol bilan bu sharlarning barchasi oq rangda bo‟ladi?
6. Tasodifiy tanlangan 12 ta bolaning tug‟ilgan kunlari turli oylarda
bo‟lish ehtimolini aniqlang.
7. Qulf kodi 10 ta raqamdan iborat.
Kodni bilmaydigan odam bir
urinishdayoq qulfni ochishi ehtimolini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: