IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
423
3) mexanik ko‘payish – saldosi aniqlanadi: -20 600 kishi;
4) ko‘rsatkichlar formulaga solinadi:
S
↑
= 554 000 + (-20 600);
5) natija hisoblanadi:
533 400 kishi;
6) prognoz muddati aniqlanadi:
2020 – 2017 = 3 yil
7) proporsiya tuziladi:
1 yilda ------------ 533 400 kishi
3 yilda ------------ x =
8) proporsiya natijasi hisoblanadi:
1 600 200 kishi
9) mavjud aholiga natija qo‘shiladi:
32 653 900 + 1 600 200;
10) prognoz qilingan aholi soni hisoblanadi:
34 254 100 kishi.
Javob:
O‘zbekiston aholisi 2020-yilda 34 254 100 kishiga yetishi mumkin.
Aholi sonini prognoz, ya‘ni avvaldan ilmiy hisoblashlar orqali taxmin qilish
doim ham to‘g‘ri va aniq chiqavermasligi mumkin. Chunki demografik o‘tish
jarayonlari, demografik siyosat va turli vaziyatlar tufayli biroz farq chiqishi
mumkin. Lekin avvaldan mos chora-tadbirlar ko‘rib borish maqsadga muvofiqdir.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
№
_
108.
Yozuvsiz xaritaga har bir materik bo‘yicha beshtadan mamlakatni
demografik o‘tish bosqichlariga muvofiq holda, 4 xil rang asosida joylashtiring.
Ulardan kelajakda aholisi kamayishi mumkin bo‘lganlariga alohida e‘tibor bering.
№
_
109.
Qirg‘iziston aholisi 2017-yil 1-yanvar bo‘yicha, 6.2 mln kishiga
yetdi. Aholining bashorat qilinayotgan yildagi (davrda) tabiiy o‘sish koeffitsiyenti
(2016-yil yakunlari bo‘yicha) 22 promilleni tashkil etsa, mamlakat aholi soni
2025-yili qancha kishiga yetishi mumkin?
№
_
110.
Isroillik olimlar ishlab chiqqan kelajak dunyo aholisining sonini
tavsiflab beruvchi ―Golden billion‖ («золотой миллиард») dasturini tahlil qiling.
Umuman, amerikalik olim U.Ayzard ta‘biri bilan aytganda, u yoki bu
hududning xo‘jaligi murakkab jumboq bo‘lib, uni yechishni ayni aholi bo‘g‘inidan
Do'stlaringiz bilan baham: |