IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
425
ishlab chiqarishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Masalan, undiruvchi sanoat tarkibida
konchilik bo‘lmasa, temir rudasini qazib olib bo‘lmaydi→temir rudasi bo‘lmasa,
qora metallurgiyani shakllantirib bo‘lmaydi→qora metallurgiya mahsulotlari
ishlab chiqarilmasa, yo mehnat qurollari, yo mashina va asbob uskunalarni ishlab
chiqarib bo‘lmaydi. Demakki, barcha tarmoqlar bir-biriga bog‘liq va bir-birini
taqazo etadi.
Shunday ekan, ularni doimo tahlil qilish, hisoblashlarni amalga oshirish
orqali uning mohiyatini ochib berish lozim hisoblanadi.
III.1. SANOATNING TARMOQ TARKIBI
Sanoat – bu barcha sanoat tarmoqlarining umumiy yig‘indisi bo‘lib, yalpi
sanoat mahsulotida
tarmoqlar tarkibini o‘rganish
ham ahamiyatli hisoblanadi.
Chunki qaysidir tarmoq milliy iqtisodiyot uchun juda katta ahamiyatga ega va u
yaratgan mahsulotning ko‘pligi bois YaSM (yalpi sanoat mahsuloti) tarkibida ham
ulushi yuqori hisoblanadi. Ayrim tarmoqlarga ehtiyoj nisbatan kam va ularning
salmog‘i ham katta emas. Har bir mamlakatning, boshqa sohalari kabi, sanoat
xususiyatlari o‘ziga xos shakllangan. Masalan, qaysidir mamlakatda mashinasozik,
boshqasida yengil sanoat ustun va h.z.
Demak, biror hududning o‘rganilayotgan yalpi mahsulotlar hajmining
tarkibiy tuzilmasiga qarab, o‘sha hududning xususiyatlarini ma‘lum ma‘noda
tavsiflash mumkin.
III.1.1. Sanoat tarmoqlari tarkibiga oid diagramma tuzish
Mamlakat sanoati, albatta, sanoat tarmoqlarining kompeks tarzdagi
uyg‘unligidir. Shu jihatidan, ma‘lum bir umumiylikni tarkibiy jihatdan
ifodalashning eng qulay va tushunarli usuli – doiraviy diagramma bilan ifodalash
hisoblanadi. Bunda tarkibiy qismlar ulushi taqqoslama holatda va aniq namoyon
Do'stlaringiz bilan baham: |