«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


Download 1.44 Mb.
bet400/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

_

112. 

Baliqchilik hamda baliq mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog‘i 

bo‘yicha yetakchi omilni aniqlang.




IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

432 


Yechish.
Baliqchilik, e‘tibor berilsa, dengiz sohillari va suv havzalariga
yaqin hududlarda tashkil etiladi. Boisi baliqni uzoq vaqt saqlash mushkul va h.z. 
Bu tarmoqda eng asosiy omil – xomashyo (baliq) hisoblanadi va quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘ladi: 

=


ya‘ni ma‘lum hududda suv havzasi mavjud bo‘lib, baliq ovlash shakllangan bo‘lsa-

yu, iste‘molchi deyali yo‘q bo‘lsa, muammo emas – uni muzlatib, tuzlab eksport


qilish mumkin. Agar elektr quvvati mavjud bo‘lmasa, muammo emas – oddiy 
sharoitda pishirib, tabiat qo‘ynida turizm tashkil etish mumkin. Agar transport
omili yetarli rivojlanmagan bo‘lsa, muammo emas – xaridor (mahsulot sifati 
yuqori bo‘lsa) mahsulotni ―izlab boradi‖. Lekin agar mahsulot – baliq bo‘lmasa,
tarmoqni shakllantirib bo‘lmaydi, baliqni import qilib, tarmoq tashkil etilsa – 
tannarx yuqorilashadi va oqibat samara bermaydi (huddi shunday holatni
O‘zbekiston yengil sanoatida ko‘rish mumkin. Namangan viloyati Kosonsoy 
tumanida ―Kosonsoy-Tekmen‖ qo‘shma korxonasida Avstraliyadan jun olib kelib,
mahsulot ishlab chiqarilar edi. Lekin bu jarayon uzoqqa cho‘zilmadi va qo‘shma 
korxona faoliyatiga barham berildi). Boshqa tarmoqlarda ham yetakchi omilni
ko‘rsatib berish uchun yuqoridagi ifodadan foydalanish qulay va tushunarli 
hisoblanadi.
Demak, milliy iqtisodiyotning tarmoqlari o‘z-o‘zidan, tasodifiy hududiy 
tarqalmaydi, balki ma‘lum shart-sharoitlar va omillani hisobga olgan holda
joylashtiriladi yoki hududiy tashkil etiladi. Bu omillarni yaxshi bilish ishlab 
chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishga
asos bo‘ladi. Qonuniyatlar esa o‘quvchilarni behisob fakt va raqamlarni shunchaki 
tushunmay yodlab olishdan ―ozod qiladi‖ va mohiyat oydinlashadi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling