IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
455
Moskva shaharlarining yirik mashinasozlik korxonalarini po‘lat va prokatga
bo‘lgan ehtiyojidir.
Shuningdek, ko‘mir va temir rudasini bir-biri bilan hududiy almashuv
tamoyili asosida har ikkala rayonda shakllangan qora metallurgiya markazlari ham
mavjud. Bu borada 30-yillarda amalga oshirilgan Ural – Kuznetsk kombinatini
(UKK) eslash kifoya. Mazkur mintaqaviy dastur hududiy ishlab chiqarish
majmuining dastlabki ko‘rinishi bo‘lib, uni hayotga tadbiq etishda ham xomashyo
rayonidagi Janubiy Ural temir rudasi konlari asosida, ham yoqilg‘i rayonidagi
Kuznetsk toshko‘mir havzasida (Kuzbasda), ya‘ni Novokuznetskda bunday ulkan
korxonalar qurilgan edi.
Donetsk-Dneprbo‘yi rayoni Ukrainaning asosiy yoqilg‘i va qora
metallurgiya bazasi hisoblanadi. U ilgari dunyoga dong‘i ketgan Uralni orqada
qoldirib, XIX asrning so‘nggi choragida gurkirab rivojlangan, o‘sha paytdagi
―Janubiy sanoat rayoni‖ deb atalmish o‘lka sifatida mashhur bo‘lgan. Hozirgi
davrda bu yerda qora metallurgiyaning ikkita ixtisoslashgan rayoni shakllangan,
ular bir-birlari bilan xomashyo va yoqilg‘i almashuvi negizida, mayatniksimon
ko‘rinishda amal qiladilar. Bu ham bo‘lsa, Donbass va Dneprbo‘yidagi bir guruh
korxonalar uyushmasidir. Donbassda kokslanuvchi ko‘mir, Dneprbo‘yida temir
rudasi (Krivoy Rog havzasi) bor. Mazkur mintaqada uchinchi, lekin oldingilarga
qaraganda kichikroq metallurgiya rayoni, aniqrog‘i markazi ham shakllangan. U
Mariupoldagi korxonalar birikmasi bo‘lib, Donbass ko‘miri va Qrim yarim
orolidagi Qamishburun temir rudasi bazasida ishlaydi.
Metallurgiyada xomashyoga ketma-ket ishlov beradigan kombinatlarning
hissasi katta bo‘ladi. Chunki kombinatlarda bir yo‘la temir rudasidan domna
pechlarida cho‘yan eritib olinadi, suyuq cho‘yan va temir-tersak(metallom)dan
po‘lat erituvchi – marten, konverter, elektr pechlarida po‘lat eritiladi, po‘latdan esa
Do'stlaringiz bilan baham: |