IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
453
ahamiyati ortib borayotgan bo‘lsa-da, ular baribir metall mahsulotlar o‘rnini bosa
olmaydi.
Hozirgi texnika imkoniyati doirasida ajratib olish iqtisodiy jihatdan foyda
beradigan miqdorda foydali komponentlari (muhim elementlar va minerallar)
bo‘lgan tog‘ jinslari yoki mineral agregatlari ruda deyilar ekan, rudalar xususiyati
va tarmoq xossalariga muvofiq holatda, metallurgiya sanoati 2 yirik tarmoq – qora
va rangli metalluriyaga bo‘linadi.
III.7.1. Qora metallurgiya sanoati
Qora metallurgiya sanoati temir rudasini qazib chiqarish → cho‘yan eritish →
po‘lat eritish → prokat ishlab chiqarish → ferroqotishmalar ishlab chiqarishdan
iborat.
Qora metallurgiya milliy iqtisodiyotning o‘zagi hisoblanadi va uning asosiy
tarmoqlari bilan bog‘langan. U mashinasozlikka va qurilish industriyasiga metall
beradi, qazib chiqariladigan ko‘mirning katta qismini ishlatadi. Kimyo sanoatining
asosiy xomashyo manbalaridan biri, ya‘ni koks ishlab
chiqarish chiqindilaridan
olinadi, qishloq xo‘jaligiga tarkibida fosfor bo‘lgan shlak – o‘g‘it beradi, relslar,
mashinasozlik uchun metall beradi.
Metallurgiya kombinatlari juda ko‘p xomashyo va yoqilg‘i talab qiladi. Shu
bois metallurgiya korxonalari xomashyo va yoqilg‘i manbalariga yaqin yoki ular
oralig‘ida joylashtirilishi lozim.
Biroq, qora metallurgiya zavodlarini joylashtirish qonuniyatlari bir xil
bo‘lmaydi. Ma‘lumki, qazib
olinadigan temir rudasining, o‘rtacha hisoblaganda,
taxminan, 48 – 50 foizi foydalidir, ya‘ni ulardan deyarli shuncha cho‘yan
olish
mumkin (1 tonna cho‘yan ishlab chiqishda taxminan 2 tonnaga yaqin temir rudasi
va 1,2 tonna kokslanuvchi ko‘mir sarflanadi). Lekin bu ―o‘rtacha‖ raqam hamma
joyda ham bir xil emas: ayrim konlarda temirning qazib olinadigan rudadagi ulushi