IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
448
uchun ham kerak. Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi Tollimarjondagi bir
qator nasos stansiyalari vositasi bilan sug‘oriladi. Hozirgi kunda elektr quvvati
mahalliy tabiiy gaz asosida ishlaydigan Tollimarjon IESdan olinadi.
Respublikamizda bulardan tashqari Sirdaryo, Angren, Toshkent, Navoiy,
Taxiatosh IESlari, Andijon, Chorvoq, Xo‘jakent, Tuyamo‘yin va boshqa GESlar
mavjud. Bu esa rangli metallurgiya, kimyo kabi ―energiyatalab‖ tarmoqlarni
rivojlantirishga imkon beradi.
Demak, elektr-energiya omiliga bog‘liq holda, bir necha xil masalalarga
oydinlik kiritish mumkin.
№
_
131.
Rangli metallurgiya kombinatining boyitish fabrikasida 7,5 tonna
misni rafinatsiyalash (tozalash) uchun qancha elektr-energiya sarflanadi?
Yechish.
Bunda quyidagi tartib asosida ish amalga oshiriladi:
1) 1 tonna misni rafinatsiyalash (tozalash) uchun sarflangan elektr-energiya
deyarli 8-10 ming kVt/s;
2) proporsiya usulida hisob-kitob amalga oshiriladi:
a) 1 t ------------------- 8 ming kVt/s
7,5 t ------x =
=
60 ming kVt/s
b) 1 t --------------------- 10 ming kVt/s
7,5 t ------x =
=
75 ming kVt/s
Javob:
7,5 tonna misni tozalash uchun, o‘rtacha 60-75 ming kVt/s elektr-
energiya sarflanadi.
Mustaqil yechish uchun topshiriqlar:
№
_
132.
Qalay ishlab chiqarish jarayonida 100-125 ming kVt/s elektr-
energiya sarflangan bo‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini aniqlang.
III.6.3. Issiqlik elektr stansiyalarida suvdan foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |