«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet414/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

447 
Ayniqsa, XXI asr ishlab chiqarish va fan-texnikasini elektr-energiyasiz 

mutlaqo tasavvur qilish mushkul. Chunki bugungi kunda u juda ko‘p sohalarda


yetakchi omil hisoblanadi. Xususan, elektr-energiya omiliga quyidagilarni misol 
qilish mumkin:

1 tonna qalay va 1 tonna titan ishlab chiqarish uchun (titan po‘latdan


bir necha marta yengil va, ayni chog‘da, undan ancha chidamliroq) 
40-50 ming kVt/s;

1 tonna magniy ishlab chiqarish uchun 26 ming kVt/s;



1 tonna aluminiy va 1 tonna natriyga 16-19 ming kVt/s;



misni rafinatsiyalash (tozalash) va elektr pechlarida po‘lat eritishda


ularning har bir tonnasiga 8-10 ming kVt/s atrofida elektr quvvati 
sarflanadi.
Tabiiyki, bunday korxonalar arzon elektr energiyasi manbalariga yaqin 
joyda qurilishi kerak. Juda qiziqarli hol: Rossiyaning bir qator shaharlarida GES
va aluminiy zavodlari ―qo‘sh kulcha‖dek aynan bir joyda, bir markazda uchraydi. 
Masalan, Bratsk GES va Bratsk aluminiy zavodi, Krasnoyarskdagi GES va
aluminiy zavodi, Volgograd GES va aluminiy korxonasi va h.k. Bunday juftliklar 
yoki elementar hududiy ishlab chiqarish majmualari Ukraina, Armeniya, Fransiya
va boshqa joylarda ham mavjud. Tojikiston Respublikasi Tursunzoda (Regar) 
shahridagi aluminiy zavod ham Norak GESiga yaqin joyda qurilgan. Olmaliqda
yirik rangli metallurgiya va kimyo korxonalari shu yerdagi IEM hamda Yangi 
Angren IESidan, Chirchiq sanoat majmuasi Chirchiq kaskad GES quvvatlaridan
foydalanadi. Farg‘onadagi kimyo, neftni qayta ishlash va boshqa sanoat 
korxonalari bu shahardagi yirik IEMdan elektr energiyasini oladi.
Demak, elektr quvvati omil sifatida bir qator sanoat tarmoqlarini o‘z atrofida 
―yig‘ar‖ ekan. Shu sababli, u katta yirik rayon va hududiy majmua hosil qilish
qudratiga ega. Bizning sharoitimizda elektr quvvati yangi yerlarni o‘zlashtirish 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling