IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
444
barrel 158 988 litrga teng. Lekin hisoblashga qulay bo‘lishi uchun 159 kg sifatida)
to‘g‘ri kelishiga muvofiq holda, hisoblash amalga oshiriladi:
1 barrel ------------------------ 159 kg
1 006 300 000 barrel
≈ x ---- 160 000 000 000 kg
Javob:
Toshkent shahri hududiga quyoshdan yil davomida, o‘rtacha, 160
mln tonna qo‘ng‘ir ko‘mir hamda 46,7 mln tonna yoki 1,0063 mlrd barrel neft
yonganda chiqishi mumkin bo‘lgan issiqlik tushdi.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
№
_
128.
Afrikaning ekvator qismiga tushadigan 160-200 kkal/sm
2
quyosh
energiyasi qancha slanes yoqilganda hosil bo‘ladgan issiqlikka teng?
III.6. ELEKTROENERGETIKA SANOATI
Hozirgi zamon ishlab chiqarishini elektr quvvatisiz tasavvur qilish qiyin.
Shu xususida, elektroenergetika sanoat tarmog‘i elektr energiyasi ishlab chiqaradi
va turli boshqa barcha tarmoqlar uchun muhim mahsulot yaratadi. Shuningdek,
ushbu sohaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u yaratgan mahsulotni, ya‘ni elektr
quvvatini jamg‘arib, omborxonalarga yig‘ib bo‘lmaydi, undan ayni paytning
o‘zida, sinxron ravishda foydalanish kerak. Bundan tashqari, elektr quvvati yuqori
kuchlanishli elektr tarmoqlari orqali uzoq masofalarga ham uzatilishi mumkin.
Elektroenergetika juda muhim tarmoq bo‘lib, unga doir misol va masalalarni
ishlash usullarini o‘rganish ham ahamiyatli hisoblanadi. Quyida ushbu tarmoqqa
doir ayrim hisob-kitoblar berilgan.
III.6.1. Elektroenergetika balansini hisoblash
Elektr-energiya turli xil usullar yordamida hosil qilinadi. U an‘anaviy
(elektr-energiyasini elektr stansiyalari – AES, IES, GESda ishlab chiqarish orqali)
Do'stlaringiz bilan baham: |