IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
442
Umumiy qilib olganda, urandan juda katta energiya ajraladi. Xususan,
uning 2,75 kg qismi 6 875 tonna toshko‘mir yonganda chiqadigan issiqlik,
199·10
12
Joul yoki 48,125·10
9
kal. issiqlik bera oladi.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
№
_
126.
Jahondagi uran zaxiralariga ega davlatlar jadvalini shakllantiring.
III.3.3. Taqqoslama energiya: shartli yoqilg‟i va quyosh radiatsiyasi
Har qanday fan yoki soha bilimlarini egallashda qiyoslash metodi, qiyoslab
o‘rganishdan foydalanilsa, natija yanada samaraliroq bo‘ladi. Shu jihatdan, ko‘p
hollarda, ―raqamni raqam bilan isbotlash‖ orqali tasavvurni boyitish nuqtai
nazaridan qiyosiy tahlil asosida bilim egallash ham juda muhim va ahamiyatli
hisoblanadi.
Xususan, quyida issiqlik chiqaradigan turli manbalar – quyosh radiatsiyasi
hamda neft va qo‘ng‘ir ko‘mirning kaloriya birligidagi energiyasi bo‘yicha
hisoblashlar amalga oshiriladi.
№
_
127.
Toshkent shahri hududida yil davomida o‘rta hisobda 150 kkal/sm
2
yalpi radiatsiya tushadi. Bu issiqlik qancha qo‘ng‘ir ko‘mir va neft yonganda
chiqadigan energiyaga teng?
Yechish.
Ushbu amaliy ishda quyidagi ketma-ketlik asosida ish bajariladi:
1) Toshkent shahri maydoni aniqlanadi – 330 km
2
;
2) Toshkent shahrining 1 sm
2
hududiga tushadigan yalpi radiatsiya aniqlanadi –
150 kkal (kilokaloriya);
3) 1 km
2
maydonning qancha sm
2
maydonga tengligi hisoblab chiqiladi:
a)
1 km
2
---------------- 1 000 000 m
2
b)
1 m
2
--------------------- 10 000 sm
2
c)
1 km
2
--------- 10 000 000 000 sm
2
Do'stlaringiz bilan baham: |