IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
438
Yoqilg‘ilarning chiqaradigan issiqlik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda,
hisob-kitoblarni ham amalga oshirish mumkin (4-jadval).
№
_
120.
Labaratoriya jarayonida slanesdan chiqadigan issiqlikni o‘rganish
uchun 7 kg slanes yoqildi. Ushbu jarayonda undan qancha kaloriya issiqlik ajrab
chiqqan?
Yechish.
Bunda hisoblashlar quyidagi ketma-ketlik asosida amalga
oshiriladi:
1) 1 kg slanes yonganda ajralib chiqadigan issiqlik - 2,1·10
6
kaloriya;
2) yoqilgan slanes og‘irligi – 7 kg;
3) hisoblashga mos proporsiya usulidan foydalaniladi:
1 kg ------------------- 2,1·10
6
kal.
7 kg ---- x=
=
14,7·10
6
kal.
Shuningdek, yuqorida keltirilgan 2,1·10
6
kaloriyani yoyiq holda 2 100 000
kaloriya deb ham olish mumkin:
1 kg ------------------------ 2 100 000 kaloriya
7 kg ----- x=
=
14 700 000 kaloriya
Javob:
7 kg slanes yonganda 14,7·10
6
kaloriya yoki 14,7 mln kaloriya
issiqlik ajralib chiqadi.
Agarda birlik Joul bilan ifodalangan bo‘lsa, mos ravishda, mazkur
birlik ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
№
_
121.
Yoqilgan neftdan chiqqan issiqlik miqdori hisoblab chiqilganda, u
6,6·10
8
Joulni tashkil etgan bo‘lsa, qancha neft yoqilganligini toping.
Yechish.
Bu jarayon bilan bog‘liq amallarni bajarishda e‘tiborli bo‘lish
lozim. Chunki bu yerda 10
7
emas, balki 10
8
tarzida ifodalangan. Shu bois, ish
tartibli va mazmunan uzviy holda berilishi lozim.
1) 1 kg neft yoqilganda chiqadigan Joul issiqlik miqdori – 4,4·10
7
Joul;
Do'stlaringiz bilan baham: |