«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


Download 1.44 Mb.
bet404/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

III.5. YOQILG‟I SANOATI 
Yoqilg‘i sanoati - har xil yoqilg‘i turlarini qazib olish va qayta ishlash bilan 
band bo‘lgan sanoat tarmoqlari majmui hisoblanadi. Yoqilg‘i esa yonganda
muayyan miqdorda issiqlik ajratadigan uglerod va uglevodorodli moddalar
energiya manbayi hisoblanadi. Yoqilg‘i resurslari quyidagi turlarga bo‘linadi:

Tabiiy:


qattiq – toshko‘mir, antratsit, torf, slanes, yog‘och;



suyuq – neft;



gazsimon – tabiiy gaz.



Sun‘iy:


qattiq – pistako‘mir, koks, aglomerat;



suyuq – benzin, kerosin, mazut;



gazsimon – generator gazi, domna gazi.


Yoqilg‘i sanoati mamlakat yoki ma‘lum hududdagi eng asosiy sanoat 
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Chunki, masalan, neft va tabiiy gaz eng asosiy
kimyo sanoati xomashyolari, xususan, neft strategik ahamiyatga ega resurs 




IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

437 
hisoblanadi. Elektr-energiya hosil qilish uchun ham yoqilg‘idan foydalaniladi va 

h.z.



III.5.1. Shartli yoqilg‟i 
Shartli yoqilg‘i – 1 kg toshko‘mir yonganda hosil bo‘ladigan (7 mln
kaloriya, 29 mega Joul yoki 2 kVt/s) energiya bo‘lib, uning issiqlik darajasi 1 deb 
qabul qilingan. Boshqa yoqilg‘ilar yonganda hosil qiladigan issiqlik 1 kg
toshko‘mirning issiqlik koeffitsiyentiga qiyosan baholanadi hamda yoqilg‘i turli 
xillarining salmog‘ini taqqoslash uchun ular shartli yoqilg‘iga qiyosiy baholanadi.
4-jadval 


Turli xil yoqilg‟ilarning yonganda beradigan issiqligi 

Yoqilg‘i turlari 

1 kg yoqilg‘i yonganda


chiqadigan issiqlik 
Issiqlik
koeffitsiyenti 
Joul
kaloriya 

1
Tabiiy gaz 


4,4·10
7

10,6·10

6
1,5 

2
Neft

4,4·10
7

10,6·10
6


1,5
3


Toshko‘mir 

2,9·10
7


7,0·10
6


1,0
4


Torf 

1,4·10
7


3,4·10
6


0,48
5


Qo‘ng‘ir ko‘mir 

1,3·10
7


3,1·10
6


0,45
6


Quruq o‘tin 

1,0·10
7


2,4·10
6


0,34
7


Slanes 

1,8·10
7


2,1·10
6


0,30


Manba:
Musayev P., Musayev J. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi: Umumiy o‘rta 
ta‘lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. –T.; ―Sharq‖, 2019. [34-b.]






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling