IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
458
III.7.2. Rangli metallurgiya sanoati
Rangli metallurgiya tarmog‘i metallurgiya sanoatining bir qismi hisoblanadi.
Bu sanoat tarmog‘i: rangli metallarni qazib chiqarish → boyitish → eritish →
qotishmalarni ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. Uning mahsulotlari mamlakatni
elektrlashtirish, uning mudofaa
qudratini mustahkamlash,
atom texnikasi,
samolyotsozlik,
raketasozlikni rivojlantirish, umuman,
mashinasozlik va kimyo
sanoati uchun juda muhimdir.
Rangli
metallar, xossa va xususiyatlariga bog‘liq holda,
turli guruhlarga
bo‘linadi (5-jadval).
5-jadval
Rangli metallarning klassifikatsiyasi
R A NG L I M E T A L L A R
Asosiy guruh
Boshqa
guruh
Og‟ir
metallar
Yengil
metallar
Qimmatbaho
metallar
Qiyin eruvchi
metallar
Nodir
metallar
mis,
qalay,
qo‘rg‘oshin,
nikel,
rux
aluminiy,
magniy,
titan
oltin,
kumush,
platina
volfram,
molibden
uran,
germaniy
Manba:
Musayev P., Musayev J. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi: Umumiy o‘rta
ta‘lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. –T.; ―Sharq‖, 2019. [51-b.]