IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
459
Shuningek, ko‘pchilik mutaxassislar yana bir guruh –
legirlovchi rangli
metallar
ni ajratadilar. Legirlash degani, qattiq metall yuzalariga ishlov berish
hisoblanib, bunday guruhdagi metallarga xrom, nikel, titan, vanadiy, volfram kabi
rangli metallar kiradi.
Rangli metallurgiya qator muhim xususiyatlari:
Birinchidan
, ruda tarkibida kerakli metallning miqdori o‘ta oz.
Shuning uchun juda katta hajmli tog‘ jinslari qazib olinadi va qayta ishlanadi.
Xususan, Mis rudalari tarkibida, odatda, 0,5 – 2,0 % mis bo‘ladi, ya‘ni 1 t mis
olish uchun, o‘rtacha, 100 tonnadan ortiq ruda kerak bo‘ladi.
№
_
141.
Boyitish fabrikasida bir mavsumda 2,5 t mis olingan bo‘lsa, ushbu
miqdordagi misni qancha rudadan ajratib olinganligini toping.
Yechish.
Bunda o‘rtacha ko‘rsatkich inobatga olinadi. Ishni bajarish tartibiga
binoan, hisob-kitob amalga oshiriladi:
1) 1 t mis olish uchun kerak bo‘ladigan ruda – 100 t;
2) ajratib olingan mis miqdori – 2,5 t;
3) hisoblash amalga oshiriladi:
1 t ----------------------------------- 100 t
2,5 t --------- x =
= 250 t
Javob
: O‘rtacha hisobda, 2.5 tonna mis ajratib olish uchun 250 t ruda kerak
bo‘ladi.
Shuningdek, germaniy ham rangli metallarning nodir metallar guruhiga
kiradi. U yarimo‘tkazgich material sifatida keng qo‘llaniladi hamda radiotexnika,
elektr texnikasi, elektr-vakuum sanoatida juda muhim hisoblanadi. Germaniy,
asosan, toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir kulidan ajratib olinadi. Lekin, 1 t ko‘mir
kuli tarkibida, atigi, 0,001 – 0,002 % miqdorda mavjud bo‘ladi.
№
Do'stlaringiz bilan baham: |