«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


-rasm. Kimyo sanoatining tarmoq tarkibi  IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet435/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

10-rasm.
Kimyo sanoatining tarmoq tarkibi 




IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

470 

Kimyo sanoati mahsulotlarini mashinasozlik (plastmassa, plastik oyna),


to‘qimachilik (tola, bo‘yoqlar), qishloq xo‘jaligi (o‘g‘itlar, zararli ximikatlar), 
transport (motor yoqilg‘isi, surtish moyi, sintetik kauchuk), qurilish (yopishqoq
plyonka, plastik oyna) kabilarda sohalarda ishlatiladi. 
Kimyo sanoati tarkibida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish salmoqli o‘rin
egallaydi. Shuningdek, qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi defoliantlar ham 
ishlab chiqaradi. U ko‘plab tarmoqlarni xomashyo va materiallar bilan ta‘minlar
ekan, o‘z navbatida, boshqa tarmoqlardan energiya, jihoz va transport vositalarini 
oladi. Kimyo sanoatida gaz va paxtachilik majmuasi xomashyolarini hamda rangli
metallurgiya chiqindilari qayta ishlanadi. Demak, kimyo sanoati tarmoqlararo ikki 
tomonlama aloqadorlikda bo‘lib, ko‘plab tarmoqlarning rivojlanishi va hududiy
joylashuviga ta‘sir ko‘rsatadi. 
O‘zbekistonda tabiiy gazdan yoqilg‘i o‘rnida ham, xomashyo o‘rnida ham
foydalanish samaralidir. Tabiiy gazdan kimyoviy tola ishlab chiqarish Rossiyaga 
qaraganda 40-50% arzon tushadi. Gazli, Muborak, Uchqir, Odamtosh, Sho‘rtan
kabi tabiiy gaz konlaridan olinayotgan gaz yuqori kondensatligi bilan ajralib 
turadi.
Ta‘kidlash joizki, kimyo sanoatiga e‘tibor yildan yilga kuchayib bormoqda. 
Xususan, O‘zbekistonda 2018-2030-yillar oralig‘ida kimyo mahsulotlarini ishlab
chiqarish hajmini 4.5 barobar ko‘paytirish rejalashtirilgan. 
III.9.1. Gaz kondensati 
Gaz kondensati – organik sintez kimyosining asosi bo‘lib, u tabiiy gazni 
chuqur qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan uglevodorodlarni ajratib olish
natijasida hosil bo‘lgan mahsulot hisoblanadi. Umuman olganda, kondensat 
(lotincha ―condensatus‖ – siqilgan, quyultirilgan) gazning siqilib, quyultirilishi
natijasida hosil bo‘lgan holatidir. Gaz kondensatining har tonnasidan: 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling