xushxat yozuvga ega bo'lsa, bu uning kamolotga yetganidan dalolatdir”.
(63-bet)
N.Sulaymonova e ’tirof
etganidek, “Az-Zamaxshariyning “Navo
big'-ul-kalim” (“Nozik iboralar”) asari hanuzgacha axloqshunos-lik
ilmining nozik maktabi sifatida e ’tirof etiladi, chunki allomaning asardagi
qarashlari serqirra”.1
Asar kuchli tafakkur mahsulidir. Unda
hayotning nozik jihatlariga
e’tiborli bo'lish, jumladan, so'zning nazokati va qudratini his etish, nutq
madaniyati
tamoyillariga amal qilish, yozma nutqning, ilmning va
xushxatlikning ahamiyati kabi masalalarda e’tiborga
molik fikrlar bayon
etilgan.
Nazorat uchun savollar:
1. “Navobig' ul-kalim” asarida qanday masalalar yoritilgan?
2. Olim o 'z tiliga egalik qilolmaydigan kishini qanday ta’riflaydi?
3. Qaysi holat xijolatli ahvolga tushib qolishga sabab bo'lishini
aytadi?
4. Zamaxshariy nimaning najotkor qudratni e’tirof etadi?
5. “Navobig'-ul-kalim” asarida tinglash odobi xususida qanday fikr
bildirilgan?
6. Zamaxshariy yozma nutq haqida qanday fikrlami aytadi?
Barcha yo'llar Sharqqa eltadi
Jahon tamadduniga tamal toshlarini qo'ygan azim Sharq bag'rida
bunyod bo'lgan jamiki meors borki, barchasi abadiyatga daxldor.
Inson
kamolotiga asosiy e’tiborini qaratgan buyuk allomalar bu borada qimmatli
fikrlami yozib qoldirishgan. Jumladan,
nutq madaniyati, tilni asrash,
to 'g 'ri so'z fazilati va yolg’on so'zning eng yomon illat ekanligi haqidagi
qarashlar didaktik mazmundagi asarlaming ajralmas qismidir.
Notiqlik,
voizlik, ya’ni va’zxonlik, so'zning ahamiyati, m a’nosi va undan o'rinU
foydalanish borasida ko'p yaxshi fikrlar aytilgan. Ana shu nuqtai nazardan
qaralsa, “Nutq adabi”, “Muomala madaniyati”
nomlari bilan yuritilib
kelgan nutq madaniyati tushunchasi juda qadimdan olimlar, ziyolilaming
diqqatini tortib kelgan.2
Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn
Do'stlaringiz bilan baham: