Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


 -modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

15 -modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish

Notarius  litsenziyasining  amal  qilishini  tugatish  notariusni  hisobga  olgan

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Adliya  vazirligining,  adliya  boshqarmasining  qarori  bilan

quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

notarius litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etganda;

ushbu  Qonun  15 -moddasining  oltinchi  va  sakkizinchi  qismlarida  nazarda  tutilgan

talablar bajarilmaganda;

notarius  ilmiy,  ijodiy  va  pedagogik  faoliyatdan,  shuningdek  Notarial  palata  va  uning

hududiy  boshqarmalaridagi  faoliyatdan  tashqari  boshqa  haq  to‘lanadigan  lavozimga

tayinlanganda (saylanganda);

notariusning  muomala  layoqati  cheklanganda  yoki  u  belgilangan  tartibda  muomalaga

layoqatsiz deb topilganda;

sudning  notariusni  jinoyat  sodir  etishda  aybdor  deb  topish  haqidagi  ayblov  hukmi

qonuniy kuchga kirganda;

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganda;

notarius oltmish besh yoshga to‘lganda;

notarius  vafot  etganda  yoki  sudning  uni  vafot  etgan  deb  e’lon  qilish  haqidagi  qarori

qonuniy kuchga kirganda.

Litsenziyaning  amal  qilishini  ma’muriy  sud  tomonidan  tugatish  notariusni  hisobga

olgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining murojaatiga

ko‘ra malaka komissiyasining qarori asosida quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

3

1



o‘z vazifalarini olti oy mobaynida uzrli sabablarsiz bajarmaganda;

litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorning g‘ayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;

litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib

turilishiga  olib  kelgan  holatlarni  adliya  organi  tomonidan  belgilangan  muddatda  bartaraf

etmaganda;

notarius  tomonidan  notariat  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  talablari,  Notariuslarning

kasb etikasi qoidalari, notarial harakatlarning siri va notarius qasamyodi muntazam ravishda

yoki  bir  marta  qo‘pol  ravishda  buzilganda,  notariusning  sha’ni  va  qadr-qimmatiga  dog‘

tushiradigan hamda notariatning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etilganda.

Litsenziyaning  amal  qilishini  tugatish  litsenziyaning  amal  qilishini  tugatish  to‘g‘risida

qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi 

Adliya 


vazirligining, 

adliya 


boshqarmasining

litsenziyaning  amal  qilishini  tugatish  to‘g‘risidagi  qarori  ustidan  O‘zbekiston  Respublikasi

Adliya vazirligiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish notarius maqomining tugatilishiga sabab bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  adliya  boshqarmasi  uch  kunlik

muddatda  Notarial  palatani  xususiy  amaliyot  bilan  shug‘ullanuvchi  notariusning  maqomi

tugatilganligi  haqida  xabardor  qiladi,  shuningdek  tegishli  xabarni  ommaviy  axborot

vositalarida  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligining  rasmiy  veb-saytida  e’lon  qiladi.

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius maqomining tugatilishi notariusning Notarial

palataga a’zoligi tugatilishiga sabab bo‘ladi.

Notariusning  vakolatlari  tugatilgan  taqdirda,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Adliya

vazirligi,  adliya  boshqarmasi  notariusning  ish  yurituvidagi  hujjatlarni  boshqa  notariusga

topshirish haqida qaror qabul qiladi, boshqa hujjatlar esa idoraviy notarial arxivga topshiriladi.


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling