Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


-bob. NOTARIUSNING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

3-bob. NOTARIUSNING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI

17-modda. Notariusning huquqlari

Notarius quyidagi huquqlarga ega:

o‘ziga murojaat qilgan barcha shaxslar uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan notarial

harakatlarni  amalga  oshirish,  notarial  harakatni  amalga  oshirish  joyi  qonun  hujjatlarida

belgilab qo‘yilgan hollar bundan mustasno;

bitim  va  arizalarning  loyihalarini  tuzish,  hujjatlarning  nusxalarini  va  ulardan

ko‘chirmalarni  tayyorlash,  shuningdek  notarial  harakatlarning  amalga  oshirilishiga  doir

masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish;

jismoniy  va  yuridik  shaxslardan  notarial  harakatlarni  amalga  oshirish  uchun  zarur

bo‘lgan hujjatlarni talab qilib olish.



Oldingi tahrirga qarang.

davlat  organlari,  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlardan  notarial  harakatlarni

amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash hamda olish;

(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq

beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

jismoniy  va  yuridik  shaxslar  nomidan  tegishli  davlat  organlariga  mol-mulkka  bo‘lgan

huquqlarni  va  hujjatlarni  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazishni  amalga  oshirish  uchun,  shuningdek

hujjatlarning  chet  elda  amal  qilishi  uchun  mazkur  organlar  tomonidan  rasmiylashtirilgan

hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish.

(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq

oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

yuridik  shaxslarning  rahbar  organlari  yig‘ilishlarida  ularning  taklifiga  ko‘ra  ishtirok

etish.

(17-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  11-oktabrdagi  O‘RQ-497-sonli  Qonuniga  asosan

yettinchi  xatboshi  bilan  to‘ldirilgan  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  12.10.2018-y.,

03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling