Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari
-modda. Notariusning javobgarligi
Download 288.85 Kb. Pdf ko'rish
|
343-I-сон 26.12.1996
19-modda. Notariusning javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang. Notarius o‘z majburiyatlarini buzganligi uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘ladi. Davlat notarial idorasining notariusi tomonidan o‘z majburiyatlarini buzganligi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda davlat tomonidan qoplanadi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius notarial harakatlar orqali qonunni buzganligi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun, agar ushbu moddada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, mulkiy javobgar bo‘ladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta badali (sug‘urta summasi) yoki sug‘urta badali yetarli bo‘lmagan taqdirda notariusning shaxsiy mol- mulki hisobidan, notariusning shaxsiy mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan qoplanadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning mol- mulkiga xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning qasddan sodir etgan xatti- harakatlari natijasida zarar yetkazilganligi sudning qarori bilan tasdiqlangan taqdirda, ushbu zararning o‘rni Notarial palata huzuridagi Kompensatsiya fondi hisobidan qoplanmaydi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar uchun davlat javobgar bo‘lmaydi. (19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 288.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling