4-bob. NOTARIUSLAR FAOLIYATINING MOLIYAVIY VA IJTIMOIY TA’MINOTI
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Notarial harakatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan
boshqa harakatlar uchun haq to‘lash
Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha davlat
boji undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori
bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-iyundagi 109-son “Notarial
ishlarni bajarganlik uchun davlat boji stavkalari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” Qarori.
Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun o‘z ish joyidan boshqa joyga
borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport
xarajatlarining o‘rnini qoplaydi.
Notarius tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha
harakatlar uchun haq undiriladi.
Notarius tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda notarial tartibda
tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlagan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy
hamda texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq to‘lashdan ozod etiladi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan
kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |