Notariat to‘G‘risida I bo‘lim. Notariat faoliyatining tashkiliy asoslari


 -modda.  Xususiy  amaliyot  bilan  shug‘ullanuvchi  notarius  faoliyatini  sug‘urta


Download 288.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/90
Sana08.01.2022
Hajmi288.85 Kb.
#244973
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90
Bog'liq
343-I-сон 26.12.1996

19 -modda.  Xususiy  amaliyot  bilan  shug‘ullanuvchi  notarius  faoliyatini  sug‘urta

qilish

Xususiy  amaliyot  bilan  shug‘ullanuvchi  notarius  notarial  faoliyatni  amalga  oshirishda

notariusning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasini tuzishi shart.

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish

shartnomasini tuzmasdan o‘zining majburiyatlarini va notarial harakatlarni amalga oshirishga

haqli emas.

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning notarial harakatni amalga oshirish

uchun  murojaat  qilgan  jismoniy  yoki  yuridik  shaxsga  va  (yoki)  notarial  faoliyatni  amalga

oshirishdagi  uchinchi  shaxslarga  mulkiy  zarar  yetkazilganligi  oqibatida  yuzaga  keladigan

majburiyatlari  bo‘yicha  javobgarligi  xavfi  bilan  bog‘liq  mulkiy  manfaatlar  fuqarolik

javobgarlikni sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta obyektidir.

Qonun  hujjatlariga  zid  notarial  harakatni  amalga  oshirish  natijasida  xususiy  amaliyot

bilan  shug‘ullanuvchi  notariusning  harakatlari  (harakatsizligi)  tufayli  jismoniy  yoki  yuridik

shaxsga  mulkiy  zarar  yetkazilganligining  sudning  qonuniy  kuchga  kirgan  qarori  bilan

belgilangan  yoki  sug‘urta  qiluvchi  tomonidan  tan  olingan  fakti  notariusning  fuqarolik

javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasidir.

Xususiy  amaliyot  bilan  shug‘ullanuvchi  notariusning  fuqarolik  javobgarligini  sug‘urta

qilish  shartnomasi  bo‘yicha  sug‘urta  summasi  quyidagi  eng  kam  miqdordan  kam  bo‘lishi

mumkin emas:

Toshkent,  Nukus  shaharlarida  va  viloyatlarning  ma’muriy  markazlarida  xususiy

amaliyot  bilan  shug‘ullanuvchi  notarius  faoliyatini  tashkil  etish  uchun  —  bazaviy  hisoblash

miqdorining kamida ming baravaridan;

boshqa  aholi  punktlarida  xususiy  amaliyot  bilan  shug‘ullanuvchi  notarius  faoliyatini

tashkil etish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh yuz baravaridan.



(19 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan

kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)

Oldingi tahrirga qarang.

1

1


(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq

chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

Oldingi tahrirga qarang.


Download 288.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling