Nukus davlat pedagogika instituti "kelishilgan"
Sodda gap sintaksisi. Bo„laklanish
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Нукус ДПИ 2019 магистратура дастури
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh bo„laklar
- Ikkinchi darajali bo„laklar.
- To„ldiruvchi
Sodda gap sintaksisi. Bo„laklanish. Sintaktik bo‗laklanish.Sintaktik va
morfologik shakllar. Sintaktik aloqaga kirishadigan va sintaktik aloqaga kirishmaydigan sintaktik shakllar. Gap bo‗laklari. Gap bo‗laklarining leksik- grammatik xususiyatlari. Logik bo‗laklar va grammatik bo‗laklar. Gap bo‗laklarining tasnifi. Bosh bo‗laklar va ikkinchi darajali bo‗laklar.Gap bo‗laklari talqiniga turlicha yondashuvlar. Kesim gapning asosiy uyushtiruvchi markazi ekanligi. 85 Bosh bo„laklar. Kesim nutq predmetining belgisini tasdiq yoki inkor yo‗li bilan anglatadigan bo‗lak ekani. Kesim-predikativ markazni tashkil qiluvchi bosh bo‗lak. Kesimlarning morfologik ifodasiga ko‗ra turlari: ot-kesimlar, fel-kesimlar. Kesimning tuzilishiga ko‗ra turlari: sodda kesim, sostavli kesim va murakkab kesim. Mustaqil va nomustaqil kesimlar. Murakkab kesimlar. Bog‗lama. Fel bo‗lmagan so‗zlar bilan birga kelib, kesimni shakllantirish, predikativlikni ko‗rsatish, modallik, zamon, mayl, shaxs- son ma‘nolarini ifodalash uchun qo‗llanishi. Kesimning ega bilan moslashuvi. Ega gapdagi fikr qaratilgan predmetning nomi ekanligi. Ega harakatini bajaruvchi shaxsning nomi yoki kesim ifodalangan holat yoki belgi qarashli predmet nomini bildirishi. Ega va subyekt. Eganing turli so‗z turkumlari bilan ifodalanishi. Eganing qo‗llanmaslik holatlari. Eganing kesim bilan shaxs va songa ko‗ra mos bo‗lishi. Eganing birikmali (yoyiq) kelishi. Egasiz gaplar o‗z logik-grammatik xususiyatiga qarab egali gaplardan farqlanishi. Egasiz gaplarning turlari: shaxsi aniq gaplar, shaxsi noma‘lum gaplar, shaxsi umumlashgan gaplar, shaxssiz gaplar, nominativ gaplar, vokativ gaplar. Bo‗laklarga ajralmaydigan gaplar, ularning mazmunga ko‗ra turlari. Ikkinchi darajali bo„laklar. Ularning gapdagi semantik va leksik-grammatik xususiyatiga ko‗ra tasnifi: aniqlovchi, to‗ldiruvchi, hol. Aniqlovchi predmetning sifati, xususiyati miqdori yoki qarashliligi kabi turli belgilarini anglatuvchi ikkinchi darajali bo‗lak yekanligi. Aniqlovchining gapda konstruktiv bo‗lak bo‗la olmasligi. Aniqlovchining ifodalanishi. Birikmali qo‗llanishi. Aniqlovchining turlari: sifatlovchi aniqlovchi, qaratqich aniqlovchi. Sifatlovchili birikma qismlari bitishuv yo‗li bilan birikib atributiv munosabatini ko‗rsatishi. Qaratqichli birikma qismlari moslashuv yo‗li bilan birikib, atributiv munosabatini ko‗rsatishi. Izohlovchi predmetni boshqacha nom bilan atash uchun qo‗llanadigan aniqlovchining alohida turi ekanligi. Izohlovchining turlari. Izohlovchining turli ma‘no ifodalashi. To„ldiruvchi predikatning obyekt valentligini ifodalaydigan ikkinchi darajali bo‗lak ekanligi. To‗ldiruvchi hokim bo‗lagiga kelishik yordamida va ko‗makchi bilan bog‗lanishi va ularning semantikasi. Mustaqil va nomustaqil to‗ldiruvchi. To‗ldiruvchining turli so‗z turkumlari bilan ifodalanishi. To‗ldiruvchining vositasiz, vositali turlari, har ikki turning ma‘nosi va qo‗llanishidagi o‗ziga xos tomonlari. Funksional va nofunksional to‗ldiruvchilar Hol. Kesimga tobe bo‗lib, harakatning bajarilishidagi turli holatlarni bildiradigan ikkinchi darajali bo‗lak ekanligi. Hol va to‗ldiruvchi. Holning turli so‗z turkumlari bilan ifodalanishi. Holning turlari: ravish holi, o‗rin holi, payt holi, sabab holi, maqsad holi, miqdor-daraja holi. Determinant bo‗laklar. Ularning gap tarkibidagi qo‗llanish xususiyati. Funksional va nofunksional hollar Download 2.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling