Nutq nuqsoniga EGA bolalar bilan logoritmik vositasilardagi mashqlar Reja


Download 34.83 Kb.
bet1/8
Sana04.08.2023
Hajmi34.83 Kb.
#1665132
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-amaliy mashg\'ulot


Nutq nuqsoniga ega bolalar bilan logoritmik vositasilardagi mashqlar


Reja:

  1. Dizartriyali bolalar uchun logoritmik va musiqali-ritmik vositalar

  2. Afferent impulslashni kuchaytirish


Dizartriyali bolalar uchun logoritmik va musiqali-ritmik vositalar


Dizartriya va boshqa ergashuvchi buzilishlarni (ko‘rishni, eshitishni, epileptik shakldagi tortishib qolishlarni) pedagogik, logopedik va simtomatik davolash logoritmik ta’sir etishni, davolovchi jismoniy tarbiya va musiqaliritmik tarbiyadan iborat majmuani o‘z ichiga oladi. Majmuaning vazifalari quyidagilar:
Bolada harakatlantiruvchi patologik ta’sirni siqib chharish va qat’iy reflektor faoliyatni tartibga solish. Haraktlar uyg‘unligini yaxshilash (asosiy haraktlantiruvchi faoliyat elementlari). Bolaning umumiy harakat faolligini yaxshilash. Bolalarning psixik funksiyalari rivojlanishiga ko‘maklashish: diqqate’tiborni, xotirasini, psixik faoliyatni o‘zi tartibga solishni. Nutq funksiyasini me’yorlashtirishga yordamlashish. Bolaga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish va uning xatti-harakatini tekislash. har qanday genezisdagi dizartriyali bolalar uchun ushbu majmuada davolovchi jismoniy tarbiya katta ahamiyatga ega.
Undan quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:
а) organizmning umumiy tonusini oshirish;
b) muskullar qisharishini bartarf qilish va bo‘qinlarda odatdagi harakatchanlikni saqlanishi;
v) harakatning sifati, kuchi va qajmini tiklanishi;
g) yuqori tonus, kontrakturalar bilan kurashi, muskullar rigidligi va sinkineziyaning kamayishi;
d) soq va kuchsiz muskullarni to‘g‘ri hamdo‘stlik faoliyatining tiklanishi;
ye) qayotiy zarur ko‘nikmalarni rivojlantirish;
j) umurtqa va oyoq suyaklari shakllari o‘zgarishini bartaraf qilish.
Harakatni to‘la va tez tiklanishi shikastlanish muqlatiga, lokallashtirish jarayonining xarakteriga va miyadagi qon aylanishning shikastlanish tarqalganligidagi holatiga, kasalning faolligiga va tiklanish uchun davolash majmuasining samaradorligiga boqliq.
Davolovchi jismoniy tarbiyaning ko‘proq ahamiyatli usullaridan umumiy sog‘lomlashtirish va mustahkamlash ta’sirida davolovchi jismoniy tarbiya ega bo‘ladi. U asab-muskul apparatining qayta tarbiyasini yengillashtiradi, aloqida muskul guruqlariga tanlanib ta’sir etadi, muskullar faoliyatini xilma xil qiladi (bo‘shashtiradi, kuchlantirish darajasi va boshqalar), asta-sekin harakatlarni qiyinlashishiga, ularning aniqligini rivojlantirishga va shu bilan birga ortiqcha harakatlardan xalos qilishga va to‘la qimmatlilarini tiklashga imkon beradi. Davolovchi jismoniy tarbiyada albatta umumiy mustqkamlovchi mashqlar bilan paretik qo‘l-oyoqlar uchun mashqlar mos keladi. Bu harakatlarni yaxshi uyg‘unlashishi va muskullar tonusini tekislash uchun zarur. Bundan tashhari, jismoniy tarbiya mashqlari reperkussiv (aks etgan) ta’sir ko‘rsatadi: sog‘lom qo‘l-oyoqlarni va korpusni mashq jarayoniga doimiy kiritib, butun asab-muskul apparatini tezroq qayta tarbiyalashi mumkin. Sog‘lom muskullar guruqi uchun bo‘lgan mashqlardan davolovchi gimnastikaning har bir mashg‘ulotini boshlash kerak. Paretik qo‘l-oyoqlar uchun maxsus mashqlarni muloaja davomida qo‘p martalab qo‘llaniladi, ular umumiy rivojlantiradigan va nafas olish mashqlari bilan galma-gal bajariladi. Davolovchi gimnastikada faol mashqlar ustun turadi, lekin ular albatta passiv harakatlar bilan to‘ldiriladi. Faol va passiv mashqlarni bajarishda harakatlarning keng ko‘lamiga erishish zarur. Passiv mashqlar kabi faol mashqlarni ham ritmik, osoyishta tempda bajarish kerak. harakatlarning tempi va qajmi muskullar rigidligi darajasiga teskari boqliq bo‘lishi kerak. Uni pasaytirish uchun dastlabki yengillashtirilgan holatni qo‘llash, harakatlar tempi va ko‘lamini chegaralash, passiv harakatlardan foydalanish, muskullarni silkitish va silash, bo‘shashtiradigan mashqlar va boshqalar tavsiya etiladi. Davolovchi gimnastikani o‘tkazayotganda psixoterapiya elementlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

Download 34.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling