Nutq nuqsoniga EGA bolalar bilan logoritmik vositasilardagi mashqlar Reja


Download 34.83 Kb.
bet5/8
Sana04.08.2023
Hajmi34.83 Kb.
#1665132
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-amaliy mashg\'ulot

Passiv gimnastika. “qushcha qanotlarini silkityapti” (Diqqatni, ritmni, qo‘llar harakatini, nafas chiharish davomiyligini, ovozga taqlid qilishni rivojlantiruvchi).
Pedagog boladan keyin turadi, bolaning oyoqlari tovon kengligida (“qushchaning oyoqlari”), qo‘llar kaftlar bilan gavdaga qisilgan (“qushcha” qanotlarini qisib oldi”).
Pedagog bolaning qo‘llarini ko‘taradi va ularni ozgina orqaga uzatib qo‘yadi (“qushcha qanotlarini ko‘tardi”). Pedagog bolaning panjalarini oladi va ularni silkitib qo‘llarni pastga tushiradi. Bolaning qo‘llarini pastga tushirib, u “Kvi-kvi-kvi” deydi.
So‘ngra asta-sekin passiv harakatlardan faollariga o‘tish mumkin. Pedagog bolaning oldida turadi, uning oldida tanish bo‘lgan mashqlarni bajaradi, shu bilan birga unda harakatlarni va “kvi-kvi-kvi” so‘zlarini mustaqil qaytarishga xoqish uyqonadi.
“Qushcha donchalarni cho‘qimoqda”
Diqqatni, ritmni, oyoqni, (“qushcha”) tasavvurini, (“klyu-klyu-klyu”) tovushiga taqlid qilishni rivojlantirish uchun.
Pedagog bolaning yonida turadi, uni cho‘kkalatib o‘tqizib qo‘yadi, boshini sal egiltiradi, undan keyin uning barmoqchalarini olib ikkala tizzasiga “Klyu-klyuklyu”, “Klyu-klyu-klyu” deb taqillatadi. Pedagog bolani o‘rnidan turqizadi, uning oyoqlari yelka kengligida (“qushcha o‘rnidan turdi”). Bola vazifani mustaqil bajaradi. Pedagog kerakli harakatlarni ko‘rsatadi.
Umumiy motorikani rivojlantirish uchun asta-sekin predmetlar bilan mashq va o‘yinlar kiritiladi (chambarak, koptok, shar va to‘qmoqlar bilan). Avallida tasavvurdagi predmetlar bilan harakatlar taklif qilinadi. Masalan, “Koptokcha sakrayapti va yiqilib tushdi”. Tasavvurdagi koptok bilan o‘yinda: “Sakra, sakra, sakra va xop etib yiqilib tushdi” deb yuqoriga irqitiladi, qo‘llar tana bo‘ylab erkin tushadi. Musiqa ritmi almashadi.
“Tasavvurdagi koptok bilan sakra” (“Soddadillik” M.Glinka musiqasi)
Kichkina koptokni yuqoriga o‘ng qo‘l va chap qo‘l kaftlari bilan galma-galdan otishga taqlid qilib, bolalar sakrab-sakrab erkin yo‘nalishda harakat qiladilar. Harakatlar musiqa ohanglari dinamikasi mosligida bajariladi.
Kimning toychoqi tezroq”
Bolalardan 15-20 qadam oraliqda kichkina qildirakli o‘yinchoq toychoqlar arqonga boqlangan, ikkita bola stulda o‘tiradi va qo‘llarida uzunligi 20 sm bo‘lgan tayoqchalarni ushlaydi. Jo‘shqin musiqa ostida arqon tayoqchaga o‘raladi, toychoqlar bolalarga yaqinlashadilar. Kimning toychoqi birinchi kelsa, o‘sha yutadi.

Download 34.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling