Nutq nuqsoniga EGA bolalar bilan logoritmik vositasilardagi mashqlar Reja


Kanon (S.Maykapar, “Kichik pyesa”)


Download 34.83 Kb.
bet8/8
Sana04.08.2023
Hajmi34.83 Kb.
#1665132
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-amaliy mashg\'ulot

Kanon (S.Maykapar, “Kichik pyesa”)
Kanon – to‘xtamasdan davom etadigan harakat, lekin navbat bilan, ya’ni har bir taktda bir bola o‘ng tomondan harakat qiladi, keyin boshqasi, uchinchisi va boshqalar.
Bolalar qo‘llarini oldinda turganning yelkasiga qo‘yib saf tortib turadilar. Birinchi taktda safning boshida turgan qo‘lini yuqoriga ko‘taradi, keyingi taktda orqada turgan qo‘lini ko‘taradi va boshqalar, birinchi qo‘l ko‘tarilganidan keyin boshqasi ham ko‘tariladi, undan so‘ng shu tarzda tushiriladi.
Diqqat-e’tiborli mashqlar (S.Prokofev, “Marsh”)
Bolalar aylana bo‘ylab marsh qilib qadam tashlaydilar. Pedagog signal beradi: “quyonchalar”– bolalar sakraydilar, “qisqichbaqalar”– orqasiga yuradilar, “qushlar”– qo‘llarini yonlariga yoyib yuguradilar, “laylak”– bir oyoqda to‘xtaydi.
Bolalar birinchi, ikkinchi, uchinchilarga mo‘ljallanadilar va quyidagi harakatlarni bajaradilar: birinchilari aylana bo‘ylab o‘ngga yuradilar, ikkinchisi – chapga, uchinchisi joylarida turib karsak chaladailar. Keyin rakamlarini almashtiradilar.
Nutqda prosodik komponentlarni faollashtirish uchun dastavval kuylashdan foydalaniladi. Duduqlanishdagi o‘sha o‘qitish metodikasi.
“Jonli gamma”, “Sirena” kabi maxsus mashqlar o‘tkaziladi. “Jonli gamma” Sakkizta bola “jonli gamma” deb e’lon qilinadi. Klaviaturadagi kabi chapdan o‘ngga, ishtirokchilar bittadan tovush oladilar. Pedagog xuddi bu “jonli gamma”da kichkina ohanglarda o‘ynayotgandek, qo‘llarini quloch otib har bir bolaning chiqishini ko‘rsatib beradi.

Sirena”


Bu mashq tovushning balandligi bilan “qalqumning holati” aloqasini ishlab chiqishga yordam beradi. Falokat yuz bergan joyga yeldek uchib borayotgan tez yordam mashinasini tasavvur qilish kerak. Bu esadigan tovush oqista goqida yuqoriga “chiqadi” yoki xuddi shunday oxista pastga tushadi. [«m»] tovushini past notada ozgina ochilgan jaq va yumilgan lablarda talaffuz qila turib, xuddi sirenadek birdaniga jaqni ochib va lablarni yumilgan holatda ushlab asta-sekin, oqista ancha yuqori notalarga olib ketish kerak. So‘ngra xuddi sirenadek [«m»] tovushi astasekin pastga tushadi va jaglar yaqinlashadi. Bunda uni lablar bilan maqkam ushlash, yuqoriga harakatlanganda jaqni ochishga va pastga harakatlanganda yaqinlashtirishga ulgurish muhim. Sirenaga taqlid qilish kuy bilan yaxshi boglanadi. Oldin ikkita pastki, xuddi nutqdagi kabi [«mm»] tovushi xirgoyi qilinadi, qattiq yumilgan lablar bilan yengil ochilgan jaqlarda ishlab chiqiladi va “m shakli”ni kengaytirib ancha baland tovushga “sirena” bo‘lib o‘tkaziladi. Yuqori notada to‘xtab qolgan “sirena” tovushi bo‘lib yana birinchi tovushga tushadi, bunda jaqlarni ozgina yaqinlashtirish kerak bo‘ladi. So‘ngra pauza va nafas olish, “sirena” keyingi notadan ketadi.
O‘rmon ichida” (P.Kaganova so‘zi, B.Kravchenko musiqasi)
Qo‘shiq aytilishiga harab bolalar personajlarni tasvirlab beradilar va ularning harakatlarini bajaradilar. har bir personaj o‘zining ovozi bilan belgilanadi.
Dizartriyali bolalarda ovoz funksiyalarini me’yorlashtirish uchun artikulyatsion, nafas olish mashqlari va bosh, bo‘yin muskullari uchun harakatlar o‘tkazish zarur. Masalan: “Fil boshini chayqatadi, aqlli fil. U filga o‘z ta’zimini jo‘natadi”. Pedagogning ta’sirli gaplari va kuy ostida bolalar boshlarini chap yelkalariga engashtiradilar, ko‘taradilar, o‘ng yelkalariga engashtiradilar, ko‘taradilar, boshlarini oldinga, ko‘kraklariga engashtiradilar, ko‘taradilar.
Birinchi davrda harakat ko‘nikmalarining asta-sekin shakllanishiga e’tibor karatish muhim. Oldin bolalar uning dinamikasida harakatlar obrazinining yaxlitligini qabul qilishlari uchun pedagog o‘zi qayajon bilan kerakli tempda harakatlarni boshidan oxirigacha bajaradi. Keyin bo‘lib tashlangan harakatlar ancha sekin tempda harakatlarni tashkil etadigan hamma elementlarni tushuntirgan xolda ko‘rsatiladi. Bundan keyin bolalar pedagogning ko‘rsatmalarini eshitib o‘zlari harakatlarni ishlab chiqadilar. U bolalarning e’tiborini ular bajarayotgan harakatlarning to‘g‘riligiga haratadi va ularni raqbatlantiradi. Sekin-asta musiqa hamroxligi kiritiladi, oldin pedagogning tushuntirishlari bilan, keyin bolalar mustaqil musiqa ostida harakatlarni bajaradilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Ayupova M.Y. Logopediya. Darslik. T.: O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati, 2007.

  2. Ayupova M.Y., X.M.Po‘latova. Logopedik ritmika. Darslik. T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2007.

Elektron ta’lim resurslari


  1. http://www.edu.uzO‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sayti.

  2. http:www.uzedu.uzO‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi sayti.

Download 34.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling