Nukus davlat pedagogika instituti
Azotli ugitlar ishlab chikarish
Download 0.49 Mb.
|
химтехнология лекция узб
Azotli ugitlar ishlab chikarish.
Azotli ugitlar tarkibida azot NH+ kationi, NO3- anioni, NH2 -amid xolida uchrashi mumkin. Shunga kura azotli ugitlarni ammiakli (NH3, NH3 li suv va (NH4) 3 SO4), nitratli (Sa va NaNO3), ammiak- nitratli (NH4 NO3) va amidli (karbomid (NH4) 2CO) turlarga ajratish mumkin. Barcha azotli ugitlar suvda eruvchi xisoblanadi, usimliklar tomonidan oson uzlashtiriladi, lekin egin suvlari natijasida oson yuvilib ketishi mumkin. Kupincha N li ugitlar asoslarni kislotalar bilan neytrallash orkali olinadi, bundan tashkari N li ugitlar sintez kilish uchun kimyo sanoatining maxsulotlari va yarim maxsulotlari xisoblangan HNO3, H2 SO4, NH3, CO2, Ca(OH)2 va kimyo sanoatining chikindilaridan foydalaniladi. Keng kullanilaetgan N li ugitlardan suyuk azotli ugitlar, masalan: suyuk NH3, NH3 li suv va ammiakatlar kattik N li ugitlarning NH3 dagi eritmalari (NH4 NO3, Ca(NO3)2, karbomid) dir.Ulardan tashkari (NH4)3(PO4) , karbomid va KCl ning suvdagi eritmalari xam ishlatiladi. Suyuk ugitlar arzon bulishi bilan birga ular tuprokda yaxshi shimiladi. Ular ozik elementlarning yukori kontsentratsiyasini tutadi. Lekin kamchiligi bunday ugitlarni tashish va saklashdadir. Kattik N li ugitlardan eng keng tarkalgani bu - NH4 NO3 - ammiakli selitradir. U portlovchi moddalar tarkibiga xam kiradi. NH4 NO3 tarkibida azot xam ammiakli, xam nitratli formalarda bulib, 35 % mikdorda buladi. Shuning uchun uni turli tuproklar uchun va xar kanday usimliklar uchun foydalanilsa buladi. Lekin NH4 NO3 bir kancha kamchiliklarga ega, uning kristallari suvda yaxshi eriydi va juda gigroskopikdir. Shuning uchun u xavoda tez erib ketadi va yirik agregatlarini xosil kiladi. Bundan tashkari ularni saklash vaktida xarorat va xavo namligining uzgarishi natijasida poliamorf uzgarishlarga uchraydi,ya`ni bir kristall formadan boshkasiga utib ketishi mumkin. Bu esa kristallarning parchalanishiga olib keladi va yaxlit massani xosil kiladi. NH4 NO3 ishlab chikarishning asosiy boskichlariga suyultirilgan HNO3 va NH3 ni neytrallash, xosil bulgan eritmani buglatish va kotishmani granulalash kiradi. Bunda sintez kuyidagi reaktsiya tenglamasi orkali sodir buladi: NH3 + HNO3 = NH4 NO3 + 148 kDj Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling