Nukus davlat pedagogika instituti


MAVZU : KIMYoVIY TEXNOLOGIK SISTEMALAR


Download 0.49 Mb.
bet2/20
Sana27.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1134086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
химтехнология лекция узб

MAVZU : KIMYoVIY TEXNOLOGIK SISTEMALAR
VA ULARNING TIPLARI.


REJA:
1. Kimyoviy texnologik sistema xakida umumiy tushuncha.
2. Kimyoviy texnologik sistemaning sinflanishi:
a) ochik zanjirli kimyoviy texnologik sistema.
b) yopik zanjirli kimyoviy texnologik sistema.
v) kombinirlangan texnologik sistema.
3 Texnologik sistemalarning afzalliklari va kamchiliklari
TAYaNCh IBORALAR:

Texnologik sistema, ochik zanjirli sistema, yopik zanjirli sistema, kombinirlangan sistema.


Kimyoviy texnologik sistema deganda xom ashyodan kayta ishlash natijasida tayyor maxsulot olish uchun fizikaviy va kimyoviy jarayonlarni sodir kiluvchi apparatlar va kurilmalar majmuasi tushuniladi. Kimyoviy texnologik sistema tarkibiga kiruvchi apparat-lardagi jarayonlarning ketma - ket tasviri texnologik sxema deyiladi.


Kimyoviy texnologik sistema va sxemani 3 tipga bulinadi:
1) ochik zanjirli kimyoviy texnologik sistema;
2) epik zanjirli kimyoviy texnologik sistema;
3) kombinirlangan kimeviy texnologik sistema;
Ochik zanjirli kimyoviy texnologik sistema shunday ishlab chikarish jarayonida kullaniladiki, bunda muvozanat shartiga kura reaktsion aralashmadan maxsulot chikmagan xolda xosil bulishining yukori darajasiga erishish mumkin.
Yopik zanjirli kimyoviy texnologik sistema muvozanat shartiga kura maxsulotning chikishi uncha katta bulmagan jarayonlarda sodir etiladi. Bunda maxsulot reaktsion zonadan xar bir utishda chikib turadi va jarayonning tezligi yukori buladi.
Ochik zanjirli sistemalar reaktsiyaga kirishuvchi komponentlar fakat bir marotaba utuvchi apparatlardan tuzilgan. Agar bir reaktorda xosil kilish darajasi uncha yukori bulmasa, u xolda sistemaga shu tipdagi bir xil apparatlardan bir nechtasi kiritiladi.
Epik zanjirli sistema tsiklik sistema deb xam yuritilib, unda esa eng yukori darajaga erishguncha reaktsion aralashmani reaktsiya sodir buladigan apparatga bir emas, bir necha marta kaytarib kiritish kuzda tutiladi.
Masalan: NH3 ni xar ikkala sistemada sintez kilish mumkin.

Ochik zanjirli sistemada ammiak ishlab chikarish sxemasi.



Epik zanjirli sistemada ammiak ishlab chikarish sxemasi.


Tsiklik sistemada sodir buladigan sintezlarga spirtlar, motor yokilgisi va boshka sintezlarni misol kilish mumkin. Bunda fakat bitta tsiklning uzida uncha katta bulmagan darajada chikishga ega buladi, lekin reaktsion aralashma kuzda tutilgan, ya`ni xisoblangan mikdordagi maxsulot tayyor bulguncha apparatda bir necha marta tsirkulyatsiyalanadi. Tsirkulyatsiyalanayotgan aralashmaga bir tsiklda olinadigan tayyor maxsulotning mikdoricha yangi xom ashyodan kushib turiladi.
Bundan tashkari kombinirlangan, ya`ni murakkab texnologik sistemalar xam bulib, ularda reaktsion fazalardan biri bir xil apparatlarda ketma - ket utib boradi, ikkinchi fazada esa tsirkulyatsion sistemada kup marotaba tsirkulyatsiyalanadi. Xozirda ishlab chikarishning asosiy vazifalaridan biri tsiklik kimyoviy texnologik sistemalarni ishlab chikarishdir, chunki ular ochik zanjirlilarga nisbatan ancha ixchamdir.
Shuning uchun ularga kamrok mablag sarflanadi va chikimsiz ishlab chikarishga yakinrokdir. Lekin ba`zi dastlabki maxsulotining mikdori uncha katta bulmagan jarayonlar uchun ochik zanjirli sistemalar kulayrokdir.
Texnologik sistemaning murakkab yoki soddaligi ishlab chikarishda maxsulotning tannarxiga ta`sir kiladi. Sistemada apparatlarning kupligi ishlab chikarishning kurilishiga kuprok mablag talab kiladi, bu esa apparatning remonti uchun sarfni va xizmatdagi ishchilarning shtatini oshiradi. Buning natijasida mexnat unumdorligi kamayadi va maxsulotning tannarxi ortib ketadi. Shuning uchun ishlab chikarish usullarini ishlab chikarishda kichik sistemalarga kuprok axamiyat beriladi, chunki bu sistemalarda kam boskichli jarayonlar olib boriladi.

SAVOL VA TOPShIRIKLAR:


1. Kimyoviy texnologik sistema nima ?


2. Sistemalar kanday turlarda buladi ?
3. Ochik zanjirli sistema deganda nimani tushunasiz ?
4. Yopik zanjirli sistemaning axamiyati bormi ?
5. Kombinirlangan sistemalar nima, uning kanday afzalliklari bor ?



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling