Nukus davlat pedagogika instituti
MAVZU: XOM AShE VA UNDAN RATsIONAL FOYDALANISh
Download 0.49 Mb.
|
химтехнология лекция узб
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yarim fabrikat
- Kushimcha maxsulot
MAVZU: XOM AShE VA UNDAN RATsIONAL FOYDALANISh.
REJA : 1. Xom ashyo xakida tushuncha. 2. Xom ashyo turlari. a) mneral xom ashyo. b) organik xom ashyo. 3. Xom ashyo zaxiralari, ularni kazib chikarish. 4. Xom ashyo tayyorlash usullari: a) elaklash; b) gravitatsion boyitishsh; v) kuruk usul; g) gidrotsiklon usul; d) elektromagnit usuli; e) flotatsiya usuli; 5)Xom ashyodan kompleks foydalanish va chikindisiz texnologiya. TAYaNCh IBORALAR. Xom ashyo, mineral xom ashyo, organik xom ashyo, rudali xom ashyo, rudasiz xom ashyo, xom ashyo zaxirasi, xom ashyoni kazib chikarish, xom ashening tugilish joyi, xom asheni tayerlash usullari. Xar kanday kimyoviy ishlab chikarishning eng zarur tarkibiy kismlari- xom ashyo, energiya va suvdir. Xom ashyo va energiya kup xollarda ishlab chikarilaetgan maxsulotning tannarxini belgilab beradi. Urtacha xisobda sanoatda xom ashyo uchun sarf tannarxning 60 - 70 % ini, energiya uchun esa 10 % ni tashkil kiladi. Bundan elektrokimyoviy va elektrotermik ishlab chikarishlar mustasno, chunki ularda elektroenergiya muxim asos xisoblanadi. Xom ashyo deb - ishlab chikarish vositalari va iste`mol mollari ishlab chikarish uchun sanoatda ishlatiladigan dastlabki maxsulotga aytiladi. deyiladi. Bunda xom ashyo va dastlabki maxsulotni farklash zarur. Xom ashyoga sanoat kayta ishlashidan utmagan tabbiy materiallar kiradi. Dastlabki maxsulotga esa tabiiy xom ashyo, yarim fabrikat, oralik maxsuloti, ya`ni asosiy materiallar, kushimcha maxsulot va ikkilamchi xom ashyo kiradi. Yarim fabrikat - tabiiy xom ashyoni dastlabki kayta ishlash natijasida xosil bulgan maxsulotdir. Oralik maxsulot- xom ashyo yoki yarimfabrikatdan olingan individual moddalar bulib, ular xuddi shu korxonadagi boshka maxsulotni ishlab chikarish uchun dastlabki material bulib xizmat kilishi mumkin. Kushimcha maxsulot - kushimcha kimyoviy reaktsiyalar natijasida asosiy maxsulot bilan bir vaktda xosil bulgan maxsulotdir. Chikindilar - ishlab chikarishning muayyan etapida ishlatilmaydigan maxsulotdir. Ikkilamchi xom ashe - dastlabki foydalanish vaktini tugatgan,lekin keyingi etapda yana ishlatilishi mumvin bulgan maxsulotlardir. Bu ajratishlar shartli ravishda bulib, masalan : sul`fat kislota shu sanoat uchun oxirgi maxsulot bulib, boshka korxonalar, masalan: rangli metallar, mineral ugitlar, dori darmonlar,bueklar ishlab chikarishda asosiy maxsulot sifatida ishlatiladi. Xom ashyoni kimyo sanoatida turli belgilariga kura sinflash mumkin, ya`ni: a) tarkibiga kura; b) agregat xolatiga kura. Tarkibiga kura xom ashyo 1) mineral organik xom ashyoga bulinadi. Agregat xolatiga kura esa 1) kattik (rudalar, tog jinslari, kattik yokilgi) 2) suyuk (neft`, tuz eritmalari) 3) gazsimon (tabiiy, yuloyachi gazlar va xokazo) Mineral xom ashyoga er katlamining 16 km. chukurlikkacha kismida joylashgan turli tog jinslari kiradi. Xozirgi kungacha mineralogiyada ularning 2500 turi ruyxatga kiritilgan. Mineral xom ashyoni shartli ravishda : 1) rudali 2) rudasiz mineral xom ashyoga bulinadi. Rudali xom ashyoga tarkibida Fe birikmalarini tutgan tog jinslari kiradi. Ular texnik jixatdan sanoatda ishlatilishi mumkin bulgan minerallardir. Rudalar uz tarkibida bir yoki bir nechta metallarni tutgan bulishi mumkin. Masalan : magnitli temirtosh Fe O kizil temirtosh Fe O kungir temirtosh Fe (OH) lar tarkibida fakat Fe tutadi. Kupgina rangli rudalar tarkibiga bir nechta metallar kirib, ularni mis - ruxli, kurgoshin - rux - kumushli, kumush - kurgoshinli minerallar deyiladi. Ularni yana polimetallar xam deyilishi mumkin. Rudasiz minerallar deb, metall bulmagan maxsulotlarni olish uchun xom ashyo bulib xizmat kiladigan minerallarga aytiladi. Masalan: P, S, Cl, mineral, ugitlar, soda, kislota, ishkorlar, tsement, shisha. Rudasiz minerallar xam uz navbatida kuyidagi 4 ta guruxga bulinadi: 1) kurilish materiallari (tuprok, kum, tosh, gisht) 2) kimyoviy mineral xom ashyo ( S, fosforit uni, osh tuzi) 3) industrial xom ashyo (asbest, grafit) 4) kimmatbaxo xom ashyo (zumrad, oltin, malaxit, marmar) Organik xom ashyoni xam uz navbatida 1) kazilma 2) usimlik 3) xayvon xom ashyosiga bulish mumkin. Kazilma xom ashyo - (torf, turli kumirlar, neft`, tabiiy va yonuvchi gazlar) ishlab chikarishda energetik yonilgi sifatida ishlatiladi. Usimlik va xayvon xom ashyosi kishlok, urmon va bilik xujaligi maxsulotlaridir. Ular ishlatilishiga kura ozik - ovkat va texnik xom ashyoga bulinadi. Kimyoviy texnologiyaning muxim yutuklaridan biri ozik - ovkatlardan olinadigan xom ashyo materiallari urnini sun`iy xom ashyo bilan ta`minlash va ozik ovkat maxsulotlarini xam sun`iy yul bilan ishlab chikarishdir. Masalan : kraxmal, shakar, yog va aminokislotalar. Er katlamida kimyoviy elementlar asosan juda tarkok xolda joylashgan. Geologik tadkikotlar natijasida esa muayyan kismlarda elementlarning kontsentratlarini xosil kilinmokda. Kupgina tog jinslari yoki minerallarni ma`lum bir erda kuprok tuplanishi foydali kazilmalarning tugilish joyi deyiladi. Foydali kazilmalarni xom ashe sifatida ishlatilishi uchun kuyidagi talablarga javob berish kerak,ya`ni,xalk xujaligi uchun kiymati, kayta ishlash texnologiyasining rivojlanish darajasi, kontsentratsiyasi, zaxiralari, tarkibiga kiruvchi foydali birikmaning xarakteri, kazib olishning sodda yullari mavjud bulishi kerak. Bu barcha kursatkichlar xalk xujaligi, fan va texnikaning rivojlanishi va talabi bilan uzgarib turadi. Avval uncha ishlatilmagan, kam tarkalgan materiallar xozirda mikroelektronika, radiotexnika, kosmik texnikada keng ishlatilmokda.Xalk xujaligidagi axamiyatini bilish uchun foydali kazilmalarning tugilish joylaridagi zaxiralarini bilish zarur. Foydali kazilmalarni er katlamidan ajratib olish xom ashyoni kazib chikarish deyiladi. Kattik mineral xom ashyoni erning kanday katlamidan kazib chikarilishiga karab ochik turdagi va yopik turdagi kazib chikarishga bulinadi. Ochik turdagiga kazib chikarish usuli bilan oxak,gips, tuprok, kurilish minerallari va boshkalar kazib chikariladi. Yopik turdagi kazib chikarish usuli bilan esa neft`, tabiiy gaz va boshka kazilma minerallar olinadi. Xamma tabiiy xom ashyo kazib olingandan keyin uzida turli kushimchalarni tutadi. Masalan , kattik xom ashyoda tuprok, oxak, temir, sul`fidlar, gazlarda vodorod sul`fid, suyukliklarda suv, tuz eritmalari mavjud buladi. Xom ashyoni kayta ishlashga tayyorlashning kuyidagi usullari mavjud : elaklash,gravitatsion boyitish, gidrotsiklon usul, elektromagnit usuli,kuruk usul va flotatsiya usuli. Elaklash mexanik boyitish usuliga kirib ,buning uchun tog jinslari oldin maydalanadi.Sungra xar xil ulchamdagi elaklardan utkaziladi. Gravitatsion boyitish tog jinslarini eritib chuktirishga asoslangan. Gidrotsiklon usul bilan esa tsiklon apparatlaridan foydalanilgan xolda tog jinslarini ajratib olinadi. Tarkibidagi foydali tarkibiy kismlarini orttirishga yunaltirilgan jarayon boyitish deyiladi.Kuruk usul bilan minerallarni boyitilganda xavoli seperatorlar degan apparatlardan foydalaniladi. Elektromagnit usulida kuruk usuldan fark kilgan xolda elektromagnit seperatorlaridan foydalaniladi. Flotatsiya usuli rudvlvrning xullanilishiga asoslangan bulib, bunda maxsus flotoreagentlardan foydalaniladi. Bu usul uz navbatida ikki turga bulinadi ; termik va kimeviy flotatsiya. Chikindisiz texnologiyali ishlab chikarishning asosini xom ashyoni kayta ishlash tashkil etadi, chunki ishlab chikarish chikindilari - bu ma`lum sabablarga kura ishlatilmagan yoki ishlatilib ulgurilmagan xom ashyoning bir kismidir. Chikindisiz ishlab chikarishni tashkil etishda bir xil xom ashyodan kompleks foydalanishga asoslangan bir nechta ishlab chikarishni kombinatsiyalash katta axamiyatga ega. Masalan , rangli metallurgiya va kimyo zavodlarini birlashmasi, ya`ni rangli metallurgiya va H SO zavodi chikindilaridan H SO olinadi. Chikindisiz ishlab chikarishning yukori kursatkichlariga esa kurilish materiallari ishlab chikarish korxonalari bilan kurilgan birlashmalarda erishish mumkin. Bundan tashkari teritorial sanoat komplekslari xam katta axamiyatga ega. ( TEK ) SAVOL VA TOPShIRIKLAR 1. Xom ashyo nima ? 2. Xom ashyo kanday turlarga bulinadi ? 3. Xom ashyo zaxirasi nima ? 4. Xom ashyo kanday tayyorlanadi ? 5. Xom ashyodan kompleks foydalanish deganda nimani tushunasiz ? Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling