Nukus davlat pedagogika instituti
AMALIY MASHG‘ULOTNING TEXNOLOGIK XARITASI
Download 3.96 Mb.
|
-----ORFOGRAFIYA УМК 2020-2021
AMALIY MASHG‘ULOTNING TEXNOLOGIK XARITASI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 2-3 sentyabrdagi 12- chaqiriq 13-sessiyasida yangi alifbo masalasi muhokama qilinib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. „Lotin yozuviga asoslangan uzbek alifbosini joriy etish to‘grisida" gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish tartibi haqida"gi qarori matbuotda berildi. Mazkur qarorga binoan, yangi uzbek alifbosini joriy etish bo‘yicha respublika davlat komissiyasi tashkil qilindi; yangi alifbo asosidagi uzbek tilining asosiy imlo qoidalarini ishlab chiquvchi ishchi guruh tuzildi va 1993 yilning dekabr oyidan ish boshladi. „O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari" ni hozirlash jarayonida alifbodagi ayrim harflarning shakli yuzasidan fikr-mulohazalar paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, yozuv jarayonida texnika vositalaridan kengroq foydalanish, harflar shaklini jahondagi taraqqiy qilgan davlatlar alifbolariga yaqinlashtirish muammolari ham o‘rtaga qo‘yildi. Bu muhim masalalarga ijobiy yondashish uchun alifbodagi ayrim harflarning shaklini isloh qilish zarur bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisyda (1995 yil 6 may) mazkur masalalar yuzasidan axborot eshitildi, Qonun chiqdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi - 11 - „Lotin yozuviga asoslangan uzbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida"gi Oliy Kengash qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘grisida qaror qabul qildi. Bu xujjatlarda uzbek alifbosi 26 harf, 3 ta harflar birikmasidan iborat ekanligi, s, j harflari mustaqil harf belgisi sifatida 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan alifbodan chiqarilganligi, ayrim harflarning shakliga isloh kiritilganligi ko‘rsatilgan; u mumiy ta‘lim maktablarida yangi alifbo asosida ishlash 1995 yil sentyabrdan emas, 1996 yil sentyabrdan 1-sinflarda boshlanishi, yangi alifboga to‘liq o‘tilishi 2005 yilda tugallanishi qayd qilingan. O‘zbek tilidagi 3 xil nutq tovushi (sh,ch,ng) harflar birikmasi bilan quyidagicha ifodalanadi: - sh harf birikmasi sholi, o‘qish kabi so‘zlarda sh tovushi; -ch harf birikmasi cho‘l, ishonch kabi so‘zlarda ch tovushini; ng harf birikmasi ong, tenglik kabi so‘zlardagi til orqa ovozdor burun tovushini ifodalash uchun yoziladi. Bu tovush amaldagi alifboda 1940 yil 8 mayda harf birikmasi - ng bilan ifodalanishi qabul qilingan edi. Demak, harf birikmasi bilan ifodalangan nutq tovushlari uzbek tilida ikki harfni yonma-yon keltirish bilan ko‘rsatiladi. „O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari" loyihasining birinchi turi respublika ziyolilarining Toshkentda 1994 yil 16 apreldagi yiginida muhokama qilindi. (Lotin yozuviga asoslangan uzbek alifbosini joriy etish bo‘yicha respublika davlat komissiyasining raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Xalq ta‘limi vaziri J.G‘.Yo‘ldoshev raisligida o‘tdi.) Imlo qoidalari matbuotda berilgan hamda turli yig‘inlarda bayon qilingan fikrmulohazalarni e‘tiborga olib, ishchi guruh uni qayta ko‘rib chiqdi. Loyihaning uchinchi turi O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Tilshunoslik institutida, Toshkent Davlat universitetida, Toshkent Davlat Nizomiy nomidagi pedagogika institutida, Respublika o‘quv-metodika markazida muhokama qilinib, asosan ma‘qullandi, ayrim mulohazalar bildirildi. „O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari" Respublika davlat komissiyasiga topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995 yil 24 avgustdagi 339-son qarori bilan „O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari" ni tasdiqladi. Asosiy qoidalar „Harflar imlosi", „Asos va qo‘shimchalar imlosi", „Qo‘shib yozish", „Ajratib yozish", „Chiziqcha bilan yozish", „Bosh harflar imlosi" va „Ko‘chirish qoidalari" bo‘limlardagi 82 moddadan tarkib topgan. Download 3.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling