1928-yilda O'zbekiston SSRning poytaxti Samarqand shahrida chaqirish xususidagi qaror ham mavjud edi. Ammo 1928-yilda va undan keyin ham bu qurultoy tashkil etilmadi va 1973-yildagina Bokuda, endi sof ilmiy anjuman sifatida II Turkologiya qurultoyi chaqirildi. Respublikamiz poytaxti Toshkent esaoradan 52 yilga o'tgach, 1980-yilda III Turkologiya qurultoyiga mezbonlik qildi.
Boku qurultoyi qarorlari, qabul qilingan davriga qiyosan olganda, progressiv qarorlar edi. Ammo, keyinchalik hukmron rejim bu qarorlarning birortasini ham to'la hayotga kechishiga yo'l qo'ymadi.
Umuman olganda, 1926-yilgi Boku Turkologiya qurultoyi turkiy xalqlarning 20-asrdagi madaniy taraqqiyotida o'chmas izlar qoldirildi. Bu anjumanning qarorlari xalq ta'limi, madaniyat va san'atning keyingi taraqqiyotida katta rol o'ynadi.
3.5. YTA BMIQ faoliyati
Boku Turkologiya qurultoyining qarorlariga ko'ra 1927-yilda sobiq SSSRdagi turkiy va turkiy bo'lmagan xalqlarning yozuvini lotinlashtirish yoki ilgari yozuvi bo'lmagan xalqlarga yangi alfavit tuzish ishlarini boshqarib va muvofiqlashtirib turish uchun Yangi Turk alfaviti Butunittifoq Ijroiya Qo'mitasi (YTA BMIQ) tuzildi. YTA BMIQ lotin yozuviga o'tayotgan respublikalar va viloyatlarning vakillari hamda Markaz vakillaridan iborat bo'lgan tashkiliy organ bo'lib, uning raisi etib turkiy xalqlar orasida lotin alfavitini yoyishning azaliy jonkuyari, Boku qurultoyining tashkilotchisi S. Agamali o'g'li saylangan edi. Bu tashkilot 1930-yillarning boshigacha (aniqrog'i –1934) faoliyat ko'rsatdi va sobiq SSSRdagi lotinlashtirish jarayonlarining borishida muayyan rol o'ynadi. YTA BMIQ a'zolari etib O'zbekistondan F.Xo'jayev (rais o'rinbosari) va A. Ikromov (a'zo) saylangan edi.
Ushbu Qo'mitaning faoliyatini maxsus tekshirgan Prof. I. Baldauf uning lotinlashtirish jarayonlarini rejalashtirishda va moliyalashda Markaz-Mintaqalar munosabatlarini ("Zentrum und Peripheria") tartibga solib turgani, Markaziy hukumat tomonidan "lotinlashtirish"ga ajratilgan mablag'lar ushbu tashkilot tomonidan taqsimlanganini yozadi. Masalan, bu qo'mitaning 1926/27-moliya yilidagi bujeti 430.000 rubl bo'lgan. Kelgusi yil esa BMQ "lotinlashtirish" xarajatlari uchun moliya ministrligidan 1.207.000 rubl ajratishni so'ragan1.
YTA BMIQ o'zining yillik plenumlarida (bu plenumlar 1927-, 1928-, 1929-, 193l-, 1932-yillarda o'tkazilgan) otinlashtirish harakatining yutuq va muammolarini muhokama qilib borgan, uning rasmiy nashrlarida alfavitni lotinlashtirishga doir ilmiy-amaliy, uslubiy ishlar e'lon qilingan1.
3.6. O'zbekistonda lotin yozuviga o'tish (1929)
Boku qurultoyi tugaganidanoq O'zbekistonda lotin yozuviga o'tish borasidagi ishlar qizib ketdi. Yuqorida qayd etilganidek Qurultoy qarorlari tavsiya xarateriga ega va bu hujjatlarda lotin yozuviga o'tish muddati va yo'l-yo'riqlari har bir ma'muriy subyekt tarafidan alohida, o'z-o'zicha belgilanadi, deb qayd etilgan bo'lsa-da, ma'muriy-buyruqbozlik tizimi shakllanib kelayotgan Sovet mamlakatida endi hamma narsa Markazning irodasi bilan qilinadigan bo'lgan edi.
1926-yildayoq O'zbekiston MIQning IV sessiyasida arab yozuvidan voz kechish va lotin alfavitiga o'tish haqida dastlabki qaror qabul qilinadi. Respublikada Yangi O'zbek Alifbosi Markaziy Qo'mitasi (YO'A MQ) tuzildi. YO'A MQ tarkibi Y.Oxunboboyev (rais), R.Inog'omov (rais o'rinbosari), Minxo'jayev (rais o'rinb.), A.Ikromov, F.Xo'jayev, Fitrat, Elbek, M.Ramziy kabi mas'il xodimlar hamda olim va ijodkorlardan iborat edi. Bu tashkilotning matbuot organi 20-30-yillarda o'zbek jamoatchiligi orasida mashhur bo'lgan "Alanga" jurnali edi2.
1927-yil may oyida Samarqandda O'rta Osiyo respublikalari va Qozog'istondagi turkiy xalqlar yozuvlari masalasida mintaqaviy kengash bo'lib o'tdi. O'zbekiston va boshqa respublikalar yangi alfavit qo'mitalarining barcha a'zolari ishtirokida o'tkazilgan mazkur kengashda yangi alfavitni tuzish va hayotga joriy etish bo'yicha fikr almashdilar, ammo bu kengashda O'rta Osiyodagi turkiy xalqlar uchun tuzilajak yangi alfavitlarni unifikatsiya qilish masalalari nuhokama qilinmagan yoki qilingan bo'lsa ham tegishli qarorlar qabul qilinmagan shekilli, o'zbek, qozoq, qirg'iz, turkmanlardagi lotin alfavitlarining umumiy taraflari juda oz edi.
Tez orada lotin yozuvi xususidagi tortishmalar uyushtirish, takliflar, munosabatlar bildirish o'z nihoyasiga yetdi. 1929-yil 8-avgustda SSSR MIQ va SSSR XKS o'z hukmi ostidagi turkiy xalqlarni lotin alfavitiga o'tkazish bo'yicha maxsus qaror qabul qildi. Qarorda ta'kiqlanishicha, yangi lotinlashtirilgan alfavitning maxsus madaniy-iqtisodiy ahamiyatini e'tiborga olib… barcha davlat muassasalari va umumittifoq ahamiyatiga molik korxonalar bundan buyon turkiy tillarni qo'llaganda mazkur alfavitdan foydalansinlar hamda eski arab yozuvida nasrlarni to'xtatsinlar"3.
Lotin alfaviti haqida hukumat qarori chiqqanidan keyin unga tayyorgarlik tabiiyki, sovet va partiya organlari qo'liga o'tdi. Sovet Ittifoqida 20-yillar oxiri NEPning ("yangi iqtisodiy siyosat" birikmasining ruscha qisqartmasi) tugatilishi, kolxozlashtirish, "yot unsurlarga qarshi kurash" kabi kampaniyalarning keng avj oldirilishi bilan xarakterlanadi. Mamlakatda totalitar tuzum va davlat terrori qaror topayotgan bu yillarda lotinlashtirish shiorining o'rtaga otilishi, albatta, partiya va sovet organlarining "madaniy turmushdagi bu inqilob"ni bolshevikcha sur'atlar bilan amalga oshirishga yo'naltirdi. Rus tadqiqotchi A Vidrinning to'g'ri qayd etganidek, "ayni shu paytdan boshlab alfavit haqidagi masala maorif va yozuvni takomillashtirish masalasi bo'lishdan chetga chiqdi. Yangi yozuv uchun kurash sahnasiga partiya va hukumat ham chiqdilar. Endi lotinlashtirish va inqilob barrikadaning bir tomonida, aksilinqilob ("контрреволюция")" va arab alifbosi boshqa uning boshqa tomonida ekanligi tushunarli edi. Har bir odam bu masalada o'z o'rni va pozitsiyasini belgilab olishi kerak edi. Endilikda ilmiy qarashlarni davlat siyosati bilan "muvofiqlashtirib olish" lozim. Totalitar davlatning bosimi ostida lotin alfavitining "g'olibona yurishi" boshlanadi"1.
O'zSSR MIKning lotin yozuvini joriy etish haqida qabul qilgan qarorida respublikada yangi yozuvga o'tish 1932 yil oxirida yakunlanishi lozim edi. Ammo "sotsializmni yuqori sur'atlar bilan qurayotgan" bir o'lkada har qanday jarayon tezlik bilan amalga oshishi lozim edi.
1929-yil may oyida Samarqandda respublika yozuv-imlo konferensiyasi o'tkaziladi va bu anjumanda quyidagi yangi alifbe qabul qilinadi:
Harfning shakli nomi Harf anglatadigan tovush
a (a) o
b (be) B
c (che) Ch
ç (j) J
d (de) D
e (e) E
ә (a) ä (tiloldi a)
f (fe) F
g (ge) G
q (qe) Q
h (he) H
i (i) i (tiloldi i)
j (ye) Y
k (ka) K
l (le) l
m (me) m
n (ne) s
ŋ (nge) ng
(g'e) g'
o (o) o'
ө (o') ö (tiloldi)
p (p) g'
f (fe) f
r (re) q
s (se) s
ş (she) sh
t (te) t
u (u) u (tilorqa)
ү (u) ü (tiloldi)
x (xe) xe
z (ze) ze
ž (je) qorishiq j
ь (i) i (tilorqa)
` apostrof belgisi
Alifbedan ko'rinib turibdiki, o'zbek tili unlilarini ifodalash uchun unda 9 ta harf qabul qilingan edi. Qator tadqiqotchilar bu holni mazkur alfavitning afzalliklaridan biri edi, deb hisoblasalar1, boshqalari buni 29-yilgi alfavitning nuqsonlaridan biri deb hisoblaydilar2. Bizningcha, ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar biror millatni alifbesini almashtirishga majbur qilganda yoki yozuvi yo'q xalqqa yozuv yaratilayotganda bu xalq tilining barcha tovushlarini maksimum darajada aks ettirgan alfavit tuzilishi kerak. Yozuv tilning barcha boyliklarini va muhimi, uniong tipologik belgilarini ifoda etishi lozim. Turkiy tillar uchun fonetik qurilish borasidagi asosiy belgi – singarmonizm qonuniyatining mavjudligidir. Bu qonun turkiy til hisoblanmish har qanday tilda eng kamida 8 unlining mavjudiyatini talab qiladi. 29-yilda bunga e'tibor bergan edilar. Ammo ayni shu nuqta keyinchalik ziyolilar orasida bahs-munozaraga sabab bo'ldi. Bir qism ziyolilar, ayniqsa, sovet davrida yetishib chiqqan yosh ziyolilar, alfavitga 9 unli kiritilganligini xato deb hisoblay boshladilar, ularning fikricha, yetakchi o'zbek shevalarida, jumladan, Toshkent va Farg'ona guruhi shevalarida to'qqiz emas, olti unlining mavjudligi (ya'ni o, a (tiloldi), e, u (tiloldi), o' (tiloldi), o (tilorqa keng, lablanmagan) tufayli mazkur hol bu shevada gaplashadigan kishilarga qiyinchilik tug'dirgan3. O'sha paytlari Maorif Xalq komissarining birinchi o'rinbosari bo'lib ishlayotgan Botu ham bu xususdagi tortishuvlarga o'z munosabatini bildirgan: "Bir necha yillik tajribamiz hozirgi to'qqiz cho'zg'i (unli – E.J.) omma uchun so'ng daraja og'irlik keltirishini ko'rsatdi. Albatta, ziyoli, munavvar tabaqa uchun bu u qadar og'ir emas. Lekin biz til va imloni bu tabaqaning monopoliyasi demaymiz, shunday bo'lgandan keyin omma bilan ham hisoblashishga to'g'ri keladi"4.
Bu xususdagi bahslarda E.D.Polivanov kabi olimlar ham ishtirok etib, munozaraga "qizg'inlik" baxsh etgan. Bu olimning yozishicha, "ayb lotin yozuvida emas, adabiy tilga asos bo'ladigan sheva tanlanmas ekan, "singarmonistik orfografiya" talablari saqlanib qolaveradi, to'qqiz unlili lotin alfavitidan foydalanish musulmon grafikasidan ko'proq qiyinchilik tug'diraveradi"5. O'zbek adabiy tili esa 1929-yilga kelib shakllanib ulgurgan edi, uning asosiga nafaqat Toshkent-Farg'ona shevalari balki boshqa shevalar ham asos qilib olingan edi. Shunday bo'lsa-da, bahslar tinmadi, xalq nomidan alfavit va imloga o'zgartirish kiritish talablari jaranglayverdi.
Bizningcha, bu o'rinda siyosiy motivatsiya ham o'z rolini o'ynagan. 1929-yilgi lotin alfaviti Boku qurultoyi qarorlari asosida tayyorlangan va 1929-yilgi Til va imlo konferensiyasida ham singarmonizm va singarmonizmga asoslangan imlo xususida qizg'in bahslar ketgan va anjumanda katta avlod ziyolilar (jadidlar va ularning izchilari)ning takliflari g'olib chiqqan edi. Ammo o'tgan besh yil ichida Ittifoq va o'zbek jamiyatida yuz bergan o'zgarishlar endilikda "millatchilar, panturkistlar" deb nomlangan ziyolilarning tashabbusi bilan tuzilgan yozuv va imloni "sovetlashtirish"ga imkon berar edi.
Nihoyat, 1934-yil yanvarda o'tkazilgan yangi til va imlo qurultoyida alfavit va imlo qayta ko'rib chiqildi hamda ө, γ, ь, x harflari alfavitdan chiqarib tashlandi. Shundan keyin "o'zgartitishlar kiritilgan" o'zbek alfaviti quyidagi 30 harfdan iborat edi:
Harfning shakli nomi Harf anglatadigan tovush
a (a) o
b (be) b
c (che) ch
ç (j) j
d (de) d
e (e) e
f (fe) f
g (ge) g
q (qe) q
h (he) h
i (i) i (tiloldi, tilorqa i)
j (ye) y
k (ka) k
l (le) l
m (me) m
n (ne) s
ŋ (nge) ng
ƣ (g'e) g'
o (o) o'
p (p) g'
f (fe) f
r (re) q
s (se) s
ş (she) sh
t (te) t
u (u) u (tiloldi,tilorqa)
z (ze) ze
ž (je) qorishiq j
` apostrof belgisi
Bu alfavitga ko'ra imlo tamoyillariga ham o'zgartishlar kiritildi. Ammo, nosingarmonistik alfavit va imloga o'tish tozuvdagi kamchiliklarni tugatmadi. Shu sababli 1938-yili alfavitni qayta ko'rib, uni takomillashtirib berish vazifasi yuklangan va A.K. Borovkov,O.Usmon, F.Kamol, B.Avezov kabi mutaxassislardan tashkil topgan komissiya tashkil etildi. Ammo, hali bu komissiya o'z ishini yakunlamasdan turib yangi alfavit islohoti – kiril yozuviga o'tish masalasi ko'tarildi va bu muammo kun tartibidan olib tashlandi.
1934-yilgi alfavit va o'zgarishlaridan keyin vujudga kelgan imlo qiyinchiliklari va chaslkashliklari avtomatik ravishda kiril alfaviti va yangi o'zbek-lotin yozuvida (1993) ham takrorlanib kelayotganini afsus bilan qayd etish kerak.
Barcha turkiy xalqlar qatori o'zbek yozuvining lotinlashtirilishi ijobiy hodisamidi yoki salbiymi, olg'a intilishmi yoki orqaga ketishmi, bu savollarning javobini tarix berajakdir. Ammo bu yozuvning qabuli bilan kishilar o'rtasida savodxonlikning keskin oshgani, kitob, gazeta-jurnal nashr etish hamda ta'lim muassalari faoliyati tubdan yaxshilanganini qayd etish zarur. Jumladan, O'zbekiston SSR tuzilgan 1925-yilda, respublikada jami 831 ta maktab bor edi, 1931-33-yillarda esa 4536 maktab mavjud bo'lib, unda 386.643 ta bola o'qir edi (barcha bolalarninng 75 foizi qamrab olingan). 1931-33-yillarda esa Likbez kurslarida esa 465.875 kishi savodini chiqargan1. Xullas, lotin alfaviti o'z davrining talabi bilan joriy etildi va o'z davrining maqsadlariga xizmat qildi.
Qayd etish kerakki, Sovet Ittifoqida jami 50 dan ziyod milliy tilning yozuvi lotinlashtirilgan edi. Bu yozuvlarning barchasiga tarix juda oz vaqt ajratgan edi, 1930-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab bu yozuvlarga xotima berish boshlandi. Sobiq SSSRdagi rus, ukrain, beloruslar, arman va gruzinlardan boshqa xalqlarning hammasini yangi yozuv islohoti kutib turardi.
XULOSA
O‘zbekistonda 20-asrda amalga oshirilgan yozuv va imlo islohotlari tufayli xalqimiz 3 bora yozuv almashtirishga majbur bo’ldi. Sho’rolar davrida arab yozuvidan lotin yozuviga, so’ngra kiril yozuviga o’tish sof siyosiy sabablarga ko’ra amalga oshirildi hamda madaniyat va umuman mahalliy sivilizatsiyaning eng qiymatli yutuqlari bitilgan yozuvlar xalqning istak va xohishlariga zid ravishda goh “sotsializm qurilishini tezlashtirish”, goh “kommunizm qurilishi talablariga ko’ra” almashtirilaverdi. Eng yomoni har gal yozuv almashganida eski yozuv(lar) qonundan tashqari deb e’lon qilindi va bu yozuvdan foydalanish jiddiy cheklanib qo’yildi.
Mustaqillik yillarida joriy etilgan yangi o’zbek alifbosi mamlakat va xalqning globalizatsiya jarayonlari avj olgan davrdagi ehtiyojlarini qondirish maqsadida qabul qilindi. Qonunning preambulasida haqli ta’kidlanganidek, mazkur qonun, “keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarni inobatga olgan holda respublikaning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratish” uchun qabul qilindi va u bu maqsadga xizmat qilmoqda. Muhimi, qonunning ikkinchi bandida qayd etilganidek, “Lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosini joriy etish bilan birga O‘zbekiston xalqining milliy iftixori bo’lmish bebaho ma’naviy meros bitilgan arab alifbosini va kirillitsani o’rganish ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar saqlab qolinadi”, ya’ni, yangi o’zbek yozuviga o’tish bilan an’anaviy yoki eski yozuvlar qonundan tashqari deb e’lon qilinmagan, balki, aksincha, bu yozuvlarni o’qish-o’rganish va foydalanishni garantiyalash ko’zda tutilgan. Bu qoida ushbu qonunnig jiddiy yutug‘idir.
Xullas, yozuv va imlo islohotlari qandaydir mafkura yoki siyosiy kuchlarning maqsadlariga emas, xalq va jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi lozim, o’shandagina bunday islohotlarni ma’qullash va ijobiy baholash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Y.Abdullayev “Sovg’a” kitobi
2. Mardonqul Boltayev “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi va imlosi” Toshkent 2003 y.
3. B.Mengliyev “Hozirgi o’zbek adabiy tili” Qarshi 2004 y.
4. R.Jo’raqulov “Istiqlol alifbosi”
5. Sh.Rahmatullayev. O’zbek tilining yangi alifbosi
6. Internet ma’lumotlari www.ziyonet.uz
7. www.pedagogikaOldingisahifa
|